• 4-dars.
  • 8 va 9-dars
  • Mom darslik doc




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/62
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #43711
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
    Bog'liq
    “Бошланғич синфларда математика
    Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
    3-dars. Detsimetr. «Detsimetr va santimetr» uzunlik birliklari va ular 
    orasidagi bog‘lanish bilan tanishtirish raqamlashni o‘qitishda yordam 
    beradi, aksincha raqamlash bilimlari bu uzunlik birliklarini yaxshi tushun-
    ishga yordam beradi. Shuningdek, sodda va murakkab ismli sonlar haqida 
    tushuncha beriladi. 
    4-dars. Og‘zaki raqamlash va dastlabki uch darsda hosil qilingan bilim 
    va malakalarni mustahkamlash. 
    5-dars. 2-o‘nlikdagi sonlarni yozma raqamlash: sonlarni raqam bilan 
    ifodalash usuli va sonlarni o‘qish. Bu yerda o‘quvchilar diqqatini yangi 
    sonlarni raqamlash uchun yangi raqamlar kiritish talab qilinmasligini, balki 
    o‘ngdan chapga qarab o‘qishda birinchi o‘rinda birliklarni, ikkinchi o‘rinda 
    o‘nliklarni yozishni kelishib olishni uqtirish kerak. Bu bilan o‘rinlariga 
    qarab raqamlarning qiymatini o‘zgarishini o‘rgatish mumkin.
    6-dars. 2-o‘nlik sonlarini o‘qishi va yozishi uchun mashqlar bajarish. 
    Oldingi darslardan olingan bilimlar mustahkamlanadi. Bu yerda sonlarni
    mustahkamlashga doir mashqlar juda ham foydalidir. 
    Masalan, «to‘g‘ri taqqoslash hosil qilish uchun tanlangan belgini 
    qo‘ying: 13...14, tanlangan sonlarni qo‘ying: 15>...,11<...,12<..., (1-o‘nlik, 6 
    birlik>...,2 o‘nlik... 1 o‘nlik 2 birlik...)». 
    7-dars. Raqamlash bilimlariga asoslangan holda qo‘shish va ayirishni
    bajarish. Agar oldingi darslarda 13+1, 14-1, 10+2, 17-7, 17-10 kabi 
    ifodalarning qiymatlarini og‘zaki topgan bo‘lsalar, endi bunday misollarni 
    yechishni yozma bajarishga erishadilar. 
    8 va 9-darslar. 2-o‘nlik sonlarini og‘zaki va yozma raqamlagan bilim-
    larini mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish 
    10-dars. 2-o‘nlik sonlarini raqamlash haqida bilim, malaka va 
    ko‘nikmalarni tekshirish. 
    Bunday tizimdagi darslar bir-biri bilan bog‘langan, bir g‘oyaga bir-
    lashtirilgan, bu darslarning har biri tushunchalarni shakllantirish umumuy 
    masalalarining bir qismini hal kilgan bo‘ladi. O‘quvchilarga hosil qilingan 
    bilimlar bu bilimlarni mustahkamlashga taalluqli turli xil masalalarni bajar-
    ishga tatbiq qilinadi. 
    3. Matematika o‘qitishda mustaqil ishlar. 
    Matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va 
    matematikaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - o‘quvchilar
    bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir. 
    Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga
    tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va 
    malakalarni mustahkamlashda, shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda 
    amalga oshiriladi.
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    37 
    Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin:
    1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga: 1) 
    darsda yechilgan misol va masalaga o‘xshash, shartlari ham bir xil, lekin 
    shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil
    bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o‘tilgan 
    mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) 
    doskada topshiriqlar bajarish va h.k. 
    2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari. 
    Uy ishlari - o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka
    ishlarni tashkil qilish shakllaridan iboratdir. 
    Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim. 
    1) uyga berilgan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos 
    bo‘lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq turi bo‘lib, uni 
    aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi 
    doskada ko‘rsatma berishi lozim. 
    2) uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak. 
    3) uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30-40 
    % idan oshmasligi lozim. 
    4) har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak. 
    5) uy vazifasining ko‘rinishi, bajarilishi, talablari turli-tuman bo‘lishi lozim. 
    6) uy ishini yakka bajartirishga erishish lozim. 
    Nazorat savollari 
    1. O‘quvchilarni mustaqil ishlari deyilganda nimani tushunasiz? 
    2. Mustaqil ishning asosiy turlarini ayting. 
    3. Dars va darsdan tashqari mustaqil ishlar qanday tashkil etiladi deyil-
    ganda nimalarni tushunasiz? 
    4. Mustaqil ishlashda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish ayting. 

    Download 0.6 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish