Detallarni o'lchash asboblari va usullari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/83
Sana25.11.2023
Hajmi8,84 Mb.
#105189
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
8.2. Detallarni o'lchash asboblari va usullari 
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlarning chizmalarida va texnik talablarida 
belgilangan o’lchamlarni va sifatlarni ta'minlash, shuningdek, brak chiqishining 
oldini olish uchun barcha sanoat korxonalarida o’lchash asboblari yordamida 
texnik nazorat amalga oshiriladi. Buyumlarining o’lchamlari normal temperaturada 
(20°C) bir o'lchovli yoki universal asboblar yordamida o’lchanadi. Bir o’lchovli 
o'lchash asboblari ko’plab va seriyalab ishlab chiqariladigan detallar ayrim 
yuzalarining o’lchamlarini nazorat qilish-o’lchash uchun ishlatiladi. Masalan val 
diametrining o'lchami chekli kalibr-skoba yordamida, teshik diametrining o’lchami 
esa chekli kalibr-probka bilan o'lchanadi. Bunda kalibrlarning o’tuvchi tomoni (ha
teshikdan o’tishi yoki valga sig’ishi, o’tmaydigan tomoni (Yo`q) esa teshikdan 
o'tmasligi yoki valga sigmasligi lozim. Aks holda detalning o’lchangan yuzasi 
noto’g’ri ishlangan bo’ladi va brak hisoblanadi. Universal o'lchash asboblari ishlab 
chiqarilayotgan buyumlarning, shuningdek eskizlari tuziladigan delallarning 
barcha chiziqli va burchak o’lchamlarini o’lchash uchun ishlatiladi. Universal 
o'lchash asboblariga po’lat lineyka va ruletkalar, kronsirkul, nutromer, burchak 
o'lchagich, shtangensirkul, mikrometr, reysmus va shtangenreysmular, rezbali va 
radiusli shablonlar to’plami va boshqalar kiradi. Detallarning o'lchamlarini 
o’lchash uchun o’lchash asboblaridan foydalanishni va o'lchashda qo’llanadigan 
usullarni bilish lozim. 
O’lchash
– bu fizik kattalikni, tajriba orqali, maxsus texnik 
vositalar yordamida aniqlashdir. Mashinasozlikda o’lchov aniqligi 0,1...0,001 mm 
hisoblanadi. Turli konstruksiyadan iborat o’lchov asboblari mavjud bo’lib, 


127 
o’lchash aniqligiga qarab 2 guruhga bo’linadi. Birinchi guruh asboblari 0,5...1,0 
mm aniqlikda o’lchaydi. Ikkinchi guruh asboblari 0,1...0,02 mm aniqlikda 
o’lchaydi. 
 
Metall chizg’ich
-o’lchanayotgan kattalikni bevosita aniqlaydi. Ular 150 mm 
dan 1000 mm gacha bo'ladi (8.1-rasm, a) Katta uzunliklarni o’lchash uchun 
qayrilma lineykalar va egiluvchan po’lat lentalar ishlatiladi. Ular 2 metrli va katta 
o'lchashli uzunliklarda ishlab chiqariladi. Po’lat lineyka va ruletka bilan o’lchash 
aniqligi olchovchining mahoratiga bog’lik bo’lib u 0,5÷1 mm ni tashkil qiladi. 8.1-
rasm, b da po’lat lineyka yordamida diametrlari teng va turlicha bo’lgan 
teshiklarning o’qlari orasidagi masofalarni o’lchash ko’rsatilgan. Agar 
teshiklarning diametrlari teng bo’lsa, o’qlar oralig`iga teng bo’lgan mn masofa 
o’lchanadi. Aks holda, teshiklar teshiklar diametri nutromer bilan ulchanib, 
lineykada o’lchangan ek masofaga teshiklar radiuslarining qiymatlarini qo’shib, 
ikki teshik o’qlari orasidagi masofa aniqlanadi. 8.1-rasm, f da pog`onali detal 
uzunligi lineyka va uchburchakliklar yordamida o’lchash ko’rsatilgan.

Download 8,84 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Detallarni o'lchash asboblari va usullari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish