8.8-rasm 8.9-rasm
133
Qoplamalarning shartli ifodalari GOST 7991-68 va GOST 9825-73 ga
muvofiq chizmaning texnik talablarida ko'rsatiladi. Detallarning termik ishlov
beriladigan yoki qoplash lozim bo'lgan yuzalari (yaqqol ko'rinadigan tasvirida)
yo’g’on shtrix-punktir chiziq bilan (taxminan yuza konturidan 1 mm masofada)
yurgizib chiziladi (8.11-rasm). Termik ishlov berish natijasida erishiladigan
chuqurlik h va Rokvel shkalasi bo'yicha qattiqligi (masalan, HRC 45….50)
chiqarish chizig’ining tokchasiga yoziladi.
8.10-rasm
8.11-rasm
8.4. Detallarda dopusk va o’tqazishlar, ularning chizmada belgilanishi
Ko'plab va seriyalab ishlab chiqariladigan hozirgi zamon mashinasozligi va
asbobsizligi detallari o'zaro almashinuvchanlik printsipi asosida yasaladi, yani
ishlab chiqarilgan bir partiyadagi bir xil detallarning istalgan uzeli mexanizm va
mashinalarga o’rnatilganda o'z o'rniga qo’shimcha ishlov bermay va moslamay
yig’iladi. Loyihash natijasida aniqlanib va GOST 6636-69 ga muvofiq o'ziga yaqin
bo’lgan katta qiymatga yaxlitlab olingan asosiy o’lcham nominal o’lcham deb
ataladi. Detallarning o’zaro almashinuvchanligini ta'minlash uchun ularni
chizmalarda ko’rsatilgan nominal o’lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish zarur.
Biroq ishlov berishda detalning birorta ham o’lchami nominal o'lchamiga teng
bo’la olmaydi. Bunga stanok, kesuvchi asbob va o’lchov asboblarining noaniqligi,
keskich uchining eyilishi, keskich bilan detalning kesuvchi kuchlar ta'sirida
deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha sabablar bo’ladi. Shuning uchun,
detallarning o’zaro almashinuvchanligini ta'minlash maqsadida, ularning asosiy
134
o’lchamlariga (nominal o’lchamlar) texnologik va texnik mulohazalar asosida eng
katta va eng kichik chekli o’lchamlar belgilanadi (8.12-rasm).
Detallarni bevosita o’lchash natijasida (o’lchash asbobining aniqligi bilan)
olingan o’lcham haqiqiy o’lcham deb ataladi. Haqiqiy o’lchamning nominal
o’lchamga nisbatan ikki chekli qiymati chekli o’lcham deb, ularning kattasi eng
katta chekli o’lcham, kichik qiymati esa, eng kichik chekli o’lcham deb ataladi.
Eng katta chekli o’lcham bilan nominal o’lcham orasidagi algebraik ayirma
yuqorigi chekli chetga chiqish deb, eng kichik chekli o’lcham bilan nominal
o’lcham orasidagi algebraik ayirma pastki chekli chetga chiqish deb ataladi. Bu
chekli chetga chiqishlar musbat (+), manfiy (-), ishorali va nolga teng bo’lishi
mumkin. Chekli o’lcham oraliqlaridagi o’lchamlar qiymati dopusk maydoni va eng
katta va eng kichik chekli o’lchamlar orasidagi ayirma o’lcham dopuski deb
ataladi. Chekli chetga chiqishlar va dopusklar mikrometrlar hisobida (1
mkm=0,001 mm) o’lchanadi. 8.13-rasmda tasvirlangan detal kichik pog’onasining
nominal o’lchami 40 mm, eng katta chekli o’lcham (40+0,05) 40,05 mmga, eng
kichik chekli o’lchami (40-0,02) 39,98 mm ga teng.
Shu
detal
o’rta
pogonasining nominal o’lchami 50 mm bo’lsa eng katta chekli o’lchami (50-0,02)
49,98 mm ga, eng kichik chekli o’lchami esa (50-0,04) 49,96 mm ga teng bo’ladi.
Detal toresiga (yon tomoni) o’yilgan teshik diametrining nominal o’lchami 55 mm
ga eng katta chekli o’lchami 55,017 mmga va eng kichik chekli o’lchami esa 55,00
mm ga teng.
Har qanday uzel, mexanizm va mashina detallari o’zaro birikmada bo’lib,
biri ikkinchisiga kirgan (joylashgan) yoki o’tkazilgan bo’ladi. Birikmadagi
qamrovchi va qamraluvchi detallarning tutash sirtalri tegishlicha qamrovchi va
qamraluvchi sirtlarga bo’linadi (8.14-rasm).
GOST ga muvofiq qamrovchi sirt shartli ravishda teshik, qamraluvchi sirt
esa val deb ataladi. Teshik va val uchun umumiy bo’lgan va birikmani tashkil
qiluvchi nominal o’lcham birikmaning nominal o’lchami deb ataladi. Birikmadagi
detallar tutash yuzalarining haqiqiy o’lchamlari orasidagi farq bo’lganligidan ular
bir-biriga nisbatan erkin harakatlanishi yoki xuddi bitta detaldek mahkam birikishi
135
mumkin. Birikma detallarining tutash sirtlarida hosil bo’lgan zazor yoki taranglik
qiymati bilan aniqlanadigan harakteri o’tqazish deb ataladi. Teshik bilan val
o’lchamlari orasidagi musbat ayirma zazor, val bilan orasidagi manfiy ayirmaga
esa taranglik deyiladi (8.15-rasm). Zazor biriktirilgan detallarning bir - biriga
nisbatan erkin qo’zg’aluvchanlik darajasini, taranglik esa ularning qozg’almaslik
darajasini harakterlaydi. GOST 7713-62 ga muvofiq o’tqazishlar uch gruppaga:
taranglik bilan, o’tadigan qilib va zazor bilan o’tqazishlarga bo’linadi. Taranglik
bilan o’tqazishda biriktirma detallarining bir-biriga nisbatan qo’zg’almasligini
tutash yuzalarning (sirtlarning) tarang holatda bo’lishi bilan ta'minlanadi.
Taranglik bilan o’tqazishda detallar presslash va teshikli detalni qizdirish usuli
bilan yigiladi. Taranglik bilan o’tqazishlar uch turga bo’linadi: qizdirib o’tqazish,
presslab o’tqazish va yengil presslab o’tqazishlar. O’tadigan o’tqazishda birikma
detallari yig’ilganda zazor bo’lishi ham, taranglik bo’lishi ham mumkin.
Shuningdek, birikma zazor bilan taranglik o’rtasidagi holatda ham (ya'ni tutash
sirtlar jips) o’tkazilgan bo’lishi mumkin. Bu o’tqazishga qo’zg’almaydigan
o’tqazish G, tig’iz o’tqazish T, tarang o’tqazish N va jips o’tqazish P lar kiradi.
Zazor
bilan
o’tqazishda
birikma
detallarining
bir-biriga
nisbatan
qo’zg’aluvchanligini ta'minlovchi zazor bo’lishi garantiyalangan bo’ladi. Zazor
bilan o’tqazish quyidagi olti turga bo’lingan: sirpanuvchan S, qo’zgaluvchan D,
harakatlanuvchi X, yengil harakatlanuvchan Y, bemalol (keng) harakatlanuvchan B
va issiqlayin haraktlanuvchan IX o’tqazishlar. Eng katta va eng kichik zazorlar
orasidagi yoki eng katta va eng kichik tarangliklar orasidagi (tegishlicha zazor yoki
taranglik bilan o’tqazishda) farq o’tqazish dopuski deyiladi. O’tadigan
o’tqazishlarda o’tqazish dopuski eng katta taranglik va eng katta zazor yigindisi
bilan aniqlanadi.
Hisoblash va tajriba asosida ma'lum qonuniyat bilan tuzulgan va
standartlashtirilgan dopusklar hamda o’tqazishlar dopusklar sistemasini tashkil
qiladi. Dopusklar sistemasi: sistema asosiga ko’ra teshik sistemasi va val
sistemasiga; dopusklarning qiymatlariga ko’ra aniqlik klasslariga; zazorlar va
tarangliklarning qiymatiga ko’ra o’tqazishlar qatoriga bo’linadi. Teshik
136
sistemasida aniqlik klassi bir xil bo’lgan barcha o’tqazishlar uchun teshikning
chekli chetga chiqishi o’zgarmas bo’lib, o’tqazishlar faqat valning chekli chetga
chiqish o’lchamlarini o’zgartirish hisobiga erishiladi. Bunday teshik asosiy teshik
deyiladi. Teshik sistemasida teshikning pastki chekli chetga chiqishi nolga teng
bo’lib, birikmaning nominal o’lchami teshikning eng kichik chekli o’lchami
hisoblanadi.
8.12-rasm
8.13-rasm
8.14-rasm
8.15-rasm
|