139
Qirqimlarda detallardagi teshik va berk teshiklarning o’lchamlari 8.23-
rasm,
a da ko’rsatilgandek qo’yiladi. Agar bu detalning faqat ustidan ko’rinishi
chizmada tasvirlangan bo’lsa, uning yuqoridagi elementlarining o’lchamlari 8.23-
rasm,
b da ko’rsatilgandek qo’yiladi.
8.21-rasm
8.22-rasm
8.23-rasm
Detallardagi faskalarning o’lchamlari teng bo’lsa, ularning o’lchamlari bir
marta qo’yilib (bundan simmetrik faskalar istisno), faskalar soni ko’rsatilgan
bo’ladi (8.24-rasm,
a). Agar faskaning burchagi
45° dan boshqacha bo’lsa,
uning
o’lchami shu chizmada ko’rsatilgandek chiziqli va burchak o’lchamlari bilan
ko’rsatiladi.
8.24-rasm
140
O’lchamlari teng bo’lib, bir-biridan bir xil masofada yotuvchi o’yiqlar yoki
chiqiqlar va teshiklarning oraliq o’lchamlari 8.24-rasm,
b da ko’rsatilgandek
qo’yiladi, ya'ni hama oraliq o’lchamlari qo’yilmay, faqat bitta qo’shni
element
orasidagi o’lcham va eng chetki elementlar orasidagi o’lcham oraliqlar soni bilan
oraliq o’lchami qiymatining ko’paytmasi ko’rinishida qo’yiladi.
Agar bunday
elementlar to’g’ri chiziq bo’ylab joylashmay, biror aylana bo’yicha
joylashgan
bo’lsa, bu elementlarning faqat soni 8.25-rasmda ko’rsatilgandek qo’yiladi (
4 tesh.
d7).
Agar detallarda bir xil elementlardan tashqari boshqa elementlari ham
bo’lsa, ularning barcha o’lchamlari shu elementlarning chizmalari to’laroq
tasvirlangan ko’rinishida qo’yiladi. Silindrik va kvadrat sirtlarning o’lchamlari
8.26-rasmda ko’rsatilgandek qo’yiladi.
8.25-rasm