8.26-rasm
Diametr va kvadrat belgilari o’lchamlar qiymati oldiga qo’yiladi. Bunda
diametrlarning o’lcham chiziqlarni aylanalr markazidan bir oz o’tkazib yozib
qo’yish mumkin. Sterjen va teshiklarga o’yilgan rezbalarga 8.27-rasmda
ko’rsatilgandek o’lchamlar qo’yiladi. 8.28-rasmda chekli chetga chiqishlar bilan
o’lcham qo’yish ko’rsatilgan. Detallarning erkin va tutashtiriladigan
o’lchamlaridan tashqari ularning yig’ma birliklariga o’rnatish va bog’lash
o’lchamlari ko’rsatiladi. Yig’ma birliklarning gabarit o’lchamlari ulardagi ayrim
detallarning ishlash jarayonida eng chetga chiqish vaziyatlarini hisobga olgan
holda qo’yiladi.
141
8.27-rasm
8.28-rasm
Detallarining shakily ko’rinish va elementlari.
Mashina detallarining
chizmalari asosiy konstruktorlik hujjati bo’lib, ularda detallarni yasash uchun zarur
bo’lgan hama o’lchamlar va ma'lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Mashina
detallarining chizmalarini tuzish uchun detallarning eng ko’p uchraydigan
elementlarini, yuzalarining gadir-budirlik belgilarini o’lcham va chizmalarining
chetga
chiqishlarini,
texnik
talablarning
mazmuni,
materiallarning
belgilanishlarini, o’lcham asboblarini va usularini, shuningdek, o’lcham
qo’yishlarni va mashina detallarining eskizi hamda ish chizmalarini tuzishni va
boshqa ma'lumotlarni bilish zarur. Mashina detallarini loyihalash juda ko’p texnik
ma'lumotlarni bilishni talab qiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Bunda
detallarning
mustahkamligini,
chidamliligini,
yasalish
texnologiyasining
soddaligini, yig’ish va ajratish qulayligini, yengil bo’lishini va shunga o’xshash
qulayliklarni ta'minlash kerak. Shuningdek, mashina detallari elementlarining
chizmalarini loyihalashda ularni oddiy va qulay geometrik sirtlar bilan chegaralab
olish katta ahamiyatga egadir. Shunday sirtlar bilan detal elementlari chegaralab
olinsa, har qanday murakkab shaklli detallarni osonlik bilan loyihalash mumkin.
Mashina detallarining eskizini yoki ish chizmasini tuzish uchun uni analiz qilib,
fikran oddiy geometrik elementlarga yoki ularning qismiga ajaratiladi. 8.29-rasmda
tyaga bir uchining analizi ko’rsatilgan. Tyaga quyidagi geometrik elementlarning:
to’g’ri doiraviy silindr-1, doiraviy kesik konus-2, to’g’ri to’rtburchak asosli
prizma-3 va silindrik teshikli ikki prizma-4 dan iborat. 8.30-rasm, a-c larda
mashina detallarida ko’p uchraydigan elementlarining nomi va tasviri ko’rsatilgan.
Detallar yuzalarining gadir-budiriligiga oid terminlar, klassifikatsiyalar va
142
belgilanishlar hamda sanoat tarmoqlari buyumlarining chizmalarida gadir-
budirliklar belgilanishlarni qo’yish qoidalari GOST 2789-73 va GOST 2.309-68 da
belgilangan.
|