8.31-rasm
3.
Varaq formatini tanlash
. Varaq formati GOST 2.301-68 ga asosan, 2-
bosqichda tanlangan ko’rinishlar qanday kattalikka ega bo’lishiga bog’liq holda
tanlanadi. Bizning misolimizda A3 fomatni tanlash tavsiya etilgan. Tasvir kattaligi
va masshtabi barcha elementlarni aks ettirish, hamda zarur o’lchamlar va shartli
belgilar qo’yish imkonini bergan. Ayrim hollarda 1 yoki 2 ta ko’rinishdan iborat
oddiy detallarning eskizini chizish uchun A4 format qo’llaniladi.
4.
Varaqni tayyorlash
. Dastlab A3 format ichida chizma ramkasi qoidaga
binoan format chetlaridan 5 mm, chap tomondan esa varaqni tikish uchun 20 mm
joy qoldirib chizilgan. So’ngra asosiy yozuv ramkasining konturi chizilgan.
5.
Varaqda tasvirlarni joylashtirish
. Tasvirlarning ko’z bilan chamalangan
masshtabi tanlanib, detalning gabarit o’lchamlari nisbati o’rnatilgan. Ushbu
vaziyatda, detalning balandligi A, uning eni B=A, uzunligi esa C=2A deb olingan
146
(8.31-rasm). Shundan so’ng eskizda ingichka chiziqlar bilan, detalning gabarit
o’lchamlaruga teng to’g’ri to’rtburchaklar chizilgan (8.32-rasm, a). To’g’ri
to’rtburchaklar shunday joylashtirilgan-ki, ularning orasi va ramka chetidagi
masofa o’lcham chiziqlari va shartli belgilarni qo’yish, hamda texnik talablarni
joylashtirish uchun etarli bo’lgan. Tasvirlarni joylashtirishni osonlashtirish uchun,
qalin qog’ozdan, o’lchamlari detalning gabarit o’lchamlariga mos qilib
tayyorlangan, to’g’ri to’rtburchaklardan foydalanish ham mumkin. Bunda ushbu
to’rtburchaklarni chizma maydoni bo’ylab harakatlantirilib, tasvirlarning eng qulay
joylashuvini osongina tanlay olamiz.
6.
Detal elementlarini tasvirlash
. To’tburchaklar ichiga ingichka chiziq
bilan detal elementlari tasvirlangan (8.32-rasm, b). Bunda o’lchamlar nisbati
saqlangan, tegishli o’q va markaz chiziqlarini o’tkazgan, proyeksion bog’lanish
ta’minlangan.
7.
Ko’rinishlar, qirqimlar va kesimlarni bajarish
. Ushbu bosqichda barcha
ko’rinishlarda (8.32-rasm, c), 4-bosqichda e’tiborga olinmagan elementlarga
aniqlik kiritilgan (masalan, yumaloqlashlar, faskalar), hamda yordamchi yasash
chiziqlari o’chirilgan. GOST 2.305-68 ga muvofiq qirqim va kesimlar bajarilgan,
so’ngra GOST 2.306-68 bo’yicha materiallarning grafik tasvirlanishi (kesimlarning
shtrixovkasi) berilgan va GOST 2.303-68 bo’yicha chizma chiziqlari yurgizib
chiqilgan.
8.
O’lcham chiziqlari va shartli belgilarni qo’yish
. Yuza xarakterini
(diametr, radius, kvadrat, konuslik, qiyalik, rezba turi va boshqalar) belgilovchi
o’lcham chiziqlari va shartli belgilar GOST 2.307-68 bo’yicha qo’yilgan (8.32-
rasm, c). Bir vaqtning o’zida detal alohida yuzalarining g’adir-budirliklari
aniqlanib shartli belgilari qo’yilgan.
9.
O’lcham sonlarini qo’yish
. O’lchov asboblari yordamida elementlarning
o’lchamlari aniqlangan va eskizda o’lcham sonlari qo’yilgan. Agar detalda rezba
bo’lsa, uning parametrlari aniqlanadi va eskizda rezbaning tegishli belgilanishi
ko’rsatiladi (8.32-rasm, d).
147
10.
Eskizni yakuniy rasmiylashtirish
. Eskizni yakuniy rasmiylashtirishda
asosiy yozuv to’ldirilgan. Zarur yuzalarning o’lchami, shakli va joylashuvining
chekli chetga chiqishlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan; texnik talablar tuzilgan
va tushuntiruv yozuvlari berilgan (8.32-rasm, d). So’ngra eskiz yakuniy
tekshiruvdan o’tkazilgan va zarur aniqlik va tuzatishlar kiritilgan
8.32-rasm
|