Muhandislik va kompyuter grafikasi




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/83
Sana25.11.2023
Hajmi8,84 Mb.
#105189
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
3. 
Yog’och 
9. 
Tabiiy grunt 
4. 
Tabiiy tosh 
10. 
To’kilgan grunt 
va 
shunga 
o’xshash 
materiallar 

Beton 
11. 
To’r va to’qima 
materiallar 

Teriladigan 
keramik va silikat 
materiallar 
12. 
Temir-beton 
aralashmasi 
 
9.BOB. BIRIKMALARNI CHIZMADA TASVIRLANISHI 
9.1. Birikish usullari. Shponkali birikmalar 
9.1.1. Rezbali birikmalar. 
Ma’lum-ki, texnologik mashina va jihozlar ularni tashkil etuvchi 
detallarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Ammo bu oddiy yig’indi emas, balki 
texnologik mashina va jihozlarning belgilangan vazifalarni bajarishlarini 
ta’minlash maqsadida ularni tashkil qiluvchi detallarning ma’lum bir talablar, 
usullar va vositalar asosida biriktirilishidan hosil bo’lgan yig’indi hisoblanadi. 
Biriktirish talablari asosan texnologik bilimlar asosida amalga oshiriladi. Ammo 
texnologik mashina va jihozlarning chizmalarini o’qish, ularning chizmalarini 
tayyorlash va ularni loyihalash jarayonida ularni tashkil etuvchi detallarni 
biriktirish visitalari (biriktirish detallari) va usullarini bilish talab qilinadi. 
Detallarni yig’ish jarayonida hosil bo’ladigan birikish usullari 
ajraladigan va 
ajralmaydigan 
bo’ladi. Agar biriktirilgan detallarni buzmasadan va ularga shikast 
yetkazmasdan bir necha bor qayta ajratib-yig’ish imkoni bo’lsa, bunday birikmalar 
ajraladigan
 
birikmalar
deyiladi. Ajraladigan birikmalar 
qo’zg’aluvchan
va 
qo’zg’almas
turlarga bo’linadi. O’z-o’zidan kelib chiqadi-ki, qo’zg’aluvchan 
birikmalar ma’lum bir texnologik operasiyalarni bajarish maqsadida detallarning 


151 
birgalikda, lekin geometrik bog’lanish orqali qo’zg’alishga asoslangan birikish 
demakdir. Bularga misol qilib 
shponkali, shitsali 
va 
prijinali
birikmalarni keltirish 
mumkin. Qo’zg’almas birikmalar esa ishlash jarayonida o’zaro qo’zg’almas 
bo’ladi. Bularga misol qilib 
rezbali
va 
podshipnikli
birikmalarni keltirish mumkin. 
Ajraladigan birikish usullariga asoslanib birikish vositalari sifatida 
geometrik 
bog’lanish elementlari (o’yiqlar, yuzalar va detallar) va mahkamlash detallari 
ishlatiladi. Ajraladigan birikmalar texnologik mashina va jihozlarni ishlatish 
(ekcpluatatsiya qilish) va ta’mirlashda katta ahamiyatga ega. Agar biriktirilgan 
detallarni qayta ajratish natijasida ularga shikast yetsa yoki buzilsa bunday 
birikmalar 
ajralmaydigan birikmalar
deyiladi. Bularda ham qo’zg’qluvchanlik va 
qo’zg’almaslik terminlarini ishlatish mumkil, lekin aksariyat ajralmaydigan 
birikmalar qo’zg’almas bo’lib, ular asosan texnologik mashina va jihozlarning 
mustahkamligini ta’minlashni ko’zda tutadi. Ajralmaydigan birikish vositalari 
sifatida 
texnologik vositalar 
(
kavshar, yelim va payvand choklar
) va detallar 
(
parchin mix va h.k.z
.) ni aytish mumkin. Shu asosda payvandli, parchinli va 
boshqa birikmalarni misol keltirish mumkin. Quyida birikmalarning ayrim turlari 
va elementlari bilan tanishib, ularning chizmalarini o’qish, tayyorlash va ulardan 
foydalanishni ko’rib chiqamiz. 
Rezbali birikma 
- ikki va undan ortiq detalni qo’zg’almas ajraladigan 
biriktirish usulida yig’ish hisoblanadi. Ma’lumki, rezba keskichning aylanish 
sirtiga ega detalning ichki yoki tashqi sirtida vintsimon harakati (aylanma va 
ilgarilanma harakatning qo’shiluvi) asosida o’yiq kesish natijasida hosil bo’ladi. 
Uning hosil bo’lish jarayoniga asoslanib uning nomi ruscha “
нарезать
” – kesmoq 
so’zidan olingan (inglizchada esa “
thread
” – “ip o’rami shaklidagi chiziqli o’yiq” 
ma’nosidan kelib chiqadi). Vint chiziqning hosil bo’lishiga asoslanib rezbalar faqat 
ba’zi aylanish sirtlarida: asosan silindr sirtida, ayrim hollarda esa konus, sfera, bir 
pallali giperboloid va paraboloid sirtlarida ham ochiladi (9.1-rasm). 


152 
9.1-rasm. 
Vint chiziq va rezba R qadam bilan farklanadi. Qadam deb yasovchi bir 
marta o’q atrofida aylanganda undagi A nuqtaning bosib o’tgan yo’liga yoki 
qo’shni o’ramlarning yasovchi bo’ylab yurgan masofasiga aytiladi. 
Rezbalar: 1) profilning shakli bo’yicha: uchburchakli, trapetsiodal, tirak, 
yumaloq, to’g’ri burchakli, kvadrat; 2) sirti bo’yicha: silindrik, konus va h.k.z.; 3) 
joylashishi bo’yicha: ichki va tashqi; 4) kirimlar soni bo’yicha: bir kirimli va ko’p 
kirimli; 5) vint chizigining yo’nalishi bo’yicha: o’ng va chap bo’lishi mumkin 
.
Rezba quyidagicha tasvirlanadi: 
a) 
sterjenda 
- rezbani 
tashqi diametri 
bo’ylab asosiy tutash chiziqlar bilan va 
ichki diametri bo’ylab ingichka tutash chiziqlar bilan. 
b) 
teshikda
- rezbani 
ichki diametri 
buylab asosiy tutash chiziqlar bilan va
tashqi diametri bo’ylab - ingichka tutash chiziqlar bilan. 
9.2-rasm 
9.3-rasm 
Sterjen o’qiga paralel bo’lgan tekislikka proektsiyalab olingan tasvirlarda 
rezbani ichki diametri bo’ylab ingichka tutash chiziqni rezbani chikishisiz xamma 
uzunligi bo’ylab chiziladi, sterjen o’qiga perpendikulyar bo’lgan tekislikka 


153 
proektsiyalab olingan ko’rinishlarda esa, rezbani ichki diametri bo’ylab aylananing 
taxminan ¾ qismiga teng ixtiyoriy joyidan ajratilgan yoy o’tqaziladi (9.2-rasm). 
Teshik o’qiga paralel bo’lgan qirqimlarda ingichka tutash chiziqni rezbani 
tashqi diametri buylab rezbani xamma uzunligi bo’yicha o’tqaziladi, teshik o’qiga 
perpendikulyar bo’lgan tekislikka proektsiyalab olingan tasvirlarda rezbani tashqi 
diametri buylab aylananing taxminan ¾ qismiga teng bo’lgan ixtiyoriy joyida 
ajratilgan yoy o’tqaziladi (9.3-rasm). 
Rezbani tasvirlashda ingichka tutash chiziq asosiy chiziqdan 0,8 mm dan 
kam bo’lmagan va rezba qadamining kattaligidan ko’p bo’lmagan masofada 
o’tqaziladi. Ko’rinmaydigan qilib ko’rsatiladigan rezbani tashqi va ichki diametri 
bo’yicha bir qalinlikdagi shtrix chiziqlar bilan tasvirlanadi (9.4-rasm). Sterjen va 
teshikdagi rezbada rezba chegarasini belgilovchi chiziq, rezbani to’liq profilining 
oxirida o’tqaziladi (chiqish boshlanishidan oldin). Rezbaning chegarasi asosiy 
tutash chiziq bilan tasvirlanadi va rezbaning tashqi diametrigacha o’tqaziladi. 
Rezba ko’rinmas qilib tasvirlanganida esa shtrixli chiziq bilan tasvirlanadi (9.5-
rasm). 
9.4-rasm 
9.5-rasm 

Download 8,84 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish