|
Materiallarni kesimda grafik belgilashMateriallarni kesimda grafik belgilash
O’zDST 2.306-2003 stanandarti chizmalarda buyumlarning kesim yuzalarini
ularning materialiga qarab belgilashni talab etadi. Qurilish va sanoat
korxonalarining barcha tarmoqlari chizmalarida tasvirlangan materiallarning kesim
yuzalari uning turiga qarab, O’zDST talab va qoidalariga muvofiq, grafik
ko’rinishda belgilanadi. Kesim yuzasining grafik belgisi chizmani o’qishni
engillashtiradi, detal materialining turini aniqlashga yordam beradi.
Materiallarni kesim yuzasini shtrixlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
1) Kesim yuzasini shtrixlash chiziqlari kontur chizig’iga yoki asosiy
yozuvga nisbatan 45°, 30°, 60° qiyalatib o’tkaziladi.
2) Parallel’ shtrixlash chiziqlari orasidagi masofa 1÷10 mm oralig’ida
olinadi.
3) Bir chizmaning o’zidagi barcha qirqim va kesimlarning shtrix chiziqlari
oralig’idagi masofa bir xil bo’lishi ta’minlanishi lozim.
4) Yonma-yon joylashgan ikki turli detalning kesimlari bir-biriga qarama-
qarshi yo’nalishda shtrixlanadi.
5) Ikki turli detal uchinchi bir detal bilan yondashadigan bo’lsa, shtrixlar
orasidagi oraliq o’zgartiriladi yoki bir detal kesimining shtrixlash chizig’i
ikkinchisiga nisbatan siljitib bajariladi.
Materiallarning grafik belgilanishi
№
Materialning
nomlanishi
Materialning grafik
belgilanishi
№
Materialning
nomlanishi
Materialning
grafik
belgilanishi
1.
Metallar va qattiq
qotishmalar
7.
Shisha va boshqa
shaffof
materiallar
2.
Presslangan
va
metallmas
materiallar
8.
Suyuqliklar
|
| |