|
Mavzu bo’yicha geometrik modellashtirishga oid materiallarMavzu bo’yicha geometrik modellashtirishga oid materiallar
Ma’lum-ki, detallarning eskizlari nafdaqat tayyor buyumning o’ziga qarab,
balki yangidan loyihalanayotgan buyumlar uchun ham tuziladi. Ayniqsa yangi
loyiha intellektual mulk sifatida ishlab chiqilganda yning ahamiyati yanada
seziladi. Chunki, bunda eskiz soda, tushunarli va buyumni tayyorlash uchun etarli
ma’lumotlarni berishi talab qilinadi. Bunday vaqtlarda loyihani geometrik
modellashtirish asosida ishlab chiqish qulay hisoblanadi. Masalan, yer haydash
plugi ag’dargichining asosiy detail hisoblanadigan korpusning yangi loyihasi
148
eskizini olib qaraylik. Loyihaning g’oyasi quyidagicha: An’anaviy korpusning
ishchi yuzasi sifatida, “ag’darish” texnologik operasiyasini bajarishi uchun,
yoyilmaydigan sirt - silindroid olingan, bu esa korpusni tayyorlash
texnologiyasining murakkabligiga sabab bo’ladi. Agar ishchi sirt sifatida
yoyiladigan sirt - silindr olinsa korpusni tayyorlash texnologiyasini soddalasadi,
lekin bunda korpusning “ag’darish” texnologik operasiyasini bajarish sifati
pasayadi. Yechim sifatida “ag’darish” texnologik operasiyasini bajara oladigan
yoyiladigan - silindr va konus sirtlari kombinatsiyasidan foydalanish taklif
qilingan. Bu geometrk kombinatsiyalangan korpusning eskizini tuzish uchun talab
qilingan ma’lumotlarni bera oladigan geometrik modellardan (а-sketch eskizi, b-
proyeksion eskiz, с-model eskizi) foydalanilgan (8.33-rasm)
1
. Bu usuldan turli
texnologik mashina va jihozlarni yaratishda foydalanish yaxshi samara beradi.
a)
b)
c)
8.33-rasm. Yangidan loyihalangan detal eskizlari.
1
Jo’rayev T.X. Корпус плуга. Патент на полезную модель. FAP № 00897.
|
| |