• Detallarning eskizini tuzish bosqichlari: 1-bosqich.
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/83
    Sana25.11.2023
    Hajmi8,84 Mb.
    #105189
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
     
     
    8.29-rasm
    8.30-rasm 
    8.6. Detallarning eskizlarini tuzish 
    Bir marta foydalanish uchun muhandislik grafikasi asboblarisiz va 
    masshtabga rioya qilmay, lekin buyum o’lchamlarining nisbati saqlangan holda 
    bajarilgan chizma (yoki sxema) eskiz deb ataladi. Eskiz ish chizmadan faqat 
    muhandislik grafikasi asboblari yordamisiz va taqribiy masshtabda chizilganligi 
    bilan farqlanadi. Shuning uchun eskizlar ham tegishli standartlarda belgilangan 
    barcha shartli belgilar va ko’rsatmalarga muvofiq bajariladi. Ko’p hollarda 
    eskizlardan ish chizmalarini tuzishda foydalaniladi. Eskizlar bevosita detalning 
    asliga qarab yoki yangi detallarni, mashina va mexanizmlarni loyihalashda tuziladi. 
    Loyihalash jarayonida eskiz tuzish har bir talabaga, konstruktorga juda katta 
    mahorat, amaliy malaka, chuqur fazoviy tasavvur va ijodiy izchillik kasb etadi. 
    Detallarning eskizi barcha tasvirlari birgalikda uning tuzilishi va elementlarining 
    chizmalari to’g’risida to’la tasavvur bera oladigan, o’lchamlari, izohlovchi 
    yozuvlar va texnik talablar etarli qilib tuzilishi kerak.
    Detallarning eskizini tuzish bosqichlari: 
    1-bosqich. Eskiz tuzishning tayyorgarlik bosqichi. Avval detalning nomi, 
    materiali, yig’ma birgalikdagi ish vaziyati va vazifasi, shuningdek detalning 
    qanday sirtlardan tuzulganligi va uning elementlarining shakli aniqlanadi. So’ngra 
    detalning bosh ko’rinishi, ko’rinishlar soni va kataklariga bo’lingan mm 
    qog’ozning formati aniqlanadi. Format va ramka chiziqlari shuningdek burchak 
    shtampi chiziladi. Shu bilan birinchi bosqich tugaydi.


    143 
    1-bosqichda detalning bosh ko’rinishini tanlash alohida ahamiyatga ega 
    bo’lib, to’g’ri tanlangan bosh ko’rinish, ko’rinishlar, qirqim va kesimlar sonining 
    eng kam bo’lishini ta'minlaydi. Val, vtulka, gilza, g’ildirak, gardish, flanes va 
    shunga o’xshash aylanish sirtlari bilan chegaralangan ko’plab detallar mavjud. 
    Bunday detallar yoki zagotovkalarni tayyorlashda asosan tokarlik yoki shunga 
    o’xshash dastgohlardan foydalaniladi. Bu detallarning tasvirlarini chizmada 
    shunday joylashtirish kerak-ki, bunda detalning o’qi asosiy yozuvga parallel 
    bo’lishi kerak. Bosh ko’rinishning bunday joylashtirilishi, detalni tayyorlashda 
    chizmadan 
    foydalanishni 
    engillashtiradi. 
    Tasvirning 
    ko’rgazmaliligini 
    pasaytiruvchi ko’rinmas kontur chiziqlarining sonini imkon qadar kamaytirish 
    kerak. Shuning uchun qirqim va kesimlarni qo’llashga alohida e’tibor berish kerak. 
    Kerakli tasvirlarni GOST 2.305-68 qoidalari va tavsiyalariga muvofiq tanlash va 
    bajarish kerak. Agar quyidagi shartlarga muvofiq detallarning bosh ko’rinishi 
    tanlansa, shubhasiz yuqorida qayd qilingan mulohazalarga erishiladi:
    - detlaning bosh (old, ya'ni asosiy) ko’rinishi boshqa ko’rinishlarga nisbatan 
    uning tuzilishi va elementlarining shakli to’g’risida to’laroq tasavvur bera oladigan 
    qilib tanlanadi; 
    - detalning bosh ko’rinishi uning ish vaziyatida va ishlov berish stanoklarida 
    joylashish vaziyatlarini e'tiborga olgan holda tanlanadi. Aylanish sirtlaridan tashkil 
    topgan val, o’q, vint, chervyak, vtulka, shuningdek, biriktirish detallarining o’q 
    chiziqlari bosh ko’rinishda asosiy yozuvga parallel qilib olinishi lozim; 
    - detallarning bosh ko’rinishi ko’rinishilar sonining eng kam bo’lishini va 
    qogoz formatidan unumli foydalanishni ham ta'minlashi lozim, ya'ni ko’rinishlar 
    shunday joylashishi kerakki, chizmada ortiqcha ko’zga tashlanadigan ochiq joylar 
    bo’lmasligi va ko’rinishlar oraliqlari o’lchamlar qo’yish uchun yetarli bo’lishi 
    lozim.

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish