Kronsirkul –detallarning tashqi yuza o’lchamlarini o’lchash uchun  qo’llaniladi




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/83
Sana25.11.2023
Hajmi8,84 Mb.
#105189
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
 
Kronsirkul
–detallarning tashqi yuza o’lchamlarini o’lchash uchun 
qo’llaniladi.
 
Nutromer
–detallarning ichki yuza o’lchamlarini o’lchash uchun qo’llaniladi. 
Kronserkul va nutromer bilan detal o’lchamlarini to’g’ri hamda aniq 
o’lchash uchun ularning oyoqlari o’lchanadigan sirtlarga tegib turishi va mazkur 
sirt yuzalaridan erkin o’tishi zarur (8.1-rasm, a). Shu holatida kronserkul va 
nutromer oyoqchalarining vaziyatlarini o’zgartirmay lineykaga qo’ybi 
o’lchamlarning son qiymatlari mm larda aniqlanadi (8.1-rasm, c, d). Detal 
devorlari va tubining qalinligini lineykalar hamda nutromer yordamida aniqlash 
8.1-rasm, e da ko’rsatilgan. Bunda l dan l
1
ni ayirib detal tubining, h dan h
1
ni 
ayirib devorining qalinlik o’lchamlari c aniqlanadi. Bu o’lchash asboblari oddiy 
bo’lib, yuqori aniqlik talab qilmaydigan va o’quv yurtlarida eskiz tuzishda 
foydalanadigan detallarning o’lchamlarini o’lchash uchun ishlatiladi. Ishlab 
chiqarishda esa aniqlik darajalari yuqori bo’lgan o’lchash asboblari ishlatiladi. 


128 
 
8.1-rasm 
 
Shtangentsirkul
-detallarning 
tashqi 
va 
ichki 
yuzalari, 
hamda 
chuqurliklarining o’lchamlarini o’lchash uchun qo’llaniladi (8.2-rasm, a, b). 
Shtangentsirkul millimetrli lineyka shtanga 1, shtanga bo’ylab erkin suriladigan 
ramka 3 va ramkaga mahkamlangan (shtanga pazida erkin siljiydigan) uzunlik 
o’lchagich turtkidan iborat. Vint 2 dan foydalanib ramkani xoxlagan vaziyatda 
shtangaga mahkamlab qo’yish mumkin. Shtanga va ramka chap tomonlaridan 
ikkitadan yuqorigi va pastki jag’lar bilan tugallangan. Pastgi jag’lar yordamida esa 
ichki o’lchamlar o’lchanadi. O’lchamlarni shtangentsirkul yordamida aniqlashda 
o’lcham sonining butun qiymati shtanga lineykasidan mm ning o’ndan (yoki 
yuzdan) bir ulushlari nonius shkalasi olinadi. 0,1 aniqlikdagi shtangensirkulning 
shkalasi uzunligi 9 mm yoki 18 mm li bo’lib, har biri 0,9 mm yoki 1,9 mm ga teng 
10 ta bo’linmaga ega bo’ladi. Shunday qilib, nonius shkalasining har bir 
bo’linmasi shtanga lineykasining 1 mm yoki 2 mm dan 0,1 mm ga qisqa bo’ladi. 
Shuning uchun shtangentsirkul jag’larini 0,1 mmga sursak (ochsak), boshqacha 
qilib aytganda 0,1 mm qalinlikda o’lchayotgan bo’lsak, nonius shkalasining faqat 
birinchi bo’linma chizig’i asosiy lineyka chizig’iga (1 mm yoki 2 mmga) to’g’ri 
keladi. Shunga o’xshash qalinlik o’lchami 0,2 mm bo’lsa, noniusning faqat 
ikkinchi bo’linma chizig’i, qalinlik 0,3 mm bo’lganda noniusning faqat uchinchi 
bo’linma chizig’i shtanga lineykasi chiziqlarining birontasiga to’g’ri kelib koladi. 


129 
Agar shtangensirkulda qiymati butun son bo’lgan o’lcham o’lchansa, noniusning 0 
va 10 bo’linma chiziqlari lineyka chiziqlari to’g’ri kelib keladi. Shunday qilib, 
shtangensirkul yordamida birorta o’lcham aniqlanganda o’lcham sonining butun 
qiymati (noniusning boshlang’ich 0 bo’linma chizig’iga) shtanga lineykasidan 
olinadi (8.2-rasm, c). Agar noniusning 0 va 10 bo’linma chiziqlari asosiy lineyka 
chiziqlariga - 4 asosiy lineyka chizig’iga to’g’ri kelsa, o’lcham qiymati butun 
songa noniusning mazkur chiziq nomerini 0,1 ga ko’paytirib qo’shilgan 
yigindisiga, ya'ni 18+0,4=18,4 mm ga teng.
 
8.2-rasm 
Mikrometrning
skobasi 7 da joylashgan baraban 3 aylanganda mikrometrik 
vint 2 baraban o’qi bo’ylab suriladi, uning toretsi bilan tovon l orasiga 
o’lchanadigan detal joylashtiriladi. Mikrometrik vintining qadami 0,5 mm ga teng, 
barabanning chap tomonidagi konussimon sirti 60 ga teng bo’linmaga ega. 
Shuning uchun barabanning bir bo’linmaga burilishi vintning 0,01 mm surilishiga 
to’g’ri keladi. Tana (stebel) 5 da 0,5 mm oraliqda o’lchamlarni aniqlash shkalasi 
o’yilgan. O’lchash vaqtida kuch o’zgarmas bo’lishini ta'minlash uchun baraban 
shaqildoq 4 yordammida buriladi, shuningdek, mikrometrik vintning vaziyatini 
o’zgartirmay saqlashga mahkamlovchi moslama 6 dan foydalinadi (8.3-rasm, a).
Reysmas
-detallarning egri chiziqli konturining shakli va o’lchamlarini 
aniqlash uchun, uning nuqtalarining koordindtalarini aniqlashda qo’llaniladi (8.3-
rasm, b). 
Shtangenreysmas
–noniusli reysmas bo’lib detallarning tashqi yuzalarining 
o’lchamlarini o’lchash uchun qo’llaniladi (8.3-rasm, c). 


130 
 
8.3-rasm 
Radiusomer
–yumaloqlanish va galtellarning radiuslarini o’lchash uchun 
qo’llaniladi (8.4-rasm, a). 
Rezbomer
–detallardagi rezbaning profili va qadamini o’lchashda qo’llaniladi 
(8.4-rasm, b). 
Uglomer
–detaldagi burchaklarni o’lchash uchun (8.4-rasm, c). 

Download 8,84 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kronsirkul –detallarning tashqi yuza o’lchamlarini o’lchash uchun  qo’llaniladi

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish