• II. bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning umumiy tavsifi
  • Мундарижа




    Download 2.3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/83
    Sana23.12.2022
    Hajmi2.3 Mb.
    #36876
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
    El.Tex.Qur 6, Document-WPS Office, 845b50115c80ead5a9f0dfb0f40cb94a, 365, Фарғона 2012-2016 асосий, 1-mustaqil ish, 2-ЛИГА қайднома, Kucharova Sh Kurs ishi, Ilyosbek
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    22 
    II. bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning umumiy tavsifi 
    II.1. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning tarixiy, falsafiy, 
    ijtimoiy, diniy manbai 
    Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM) tushunchasi yangi 
    bo‗lishiga qaramay, uning o‗zini tarixidan avvalgi davri mavjud. Bu 
    ko‗rilayotgan kategoriyaning oyoqqa turishiga va rivojlanishiga o‗ziga yaqin 
    fanlarga xos ko‗rinishlar, dunyoqarashning ta‘siri sezilarli darajada ahamiyatga 
    egadir.
    Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning manbaini tavsiflash 
    uchun 
    tarixan 
    transformatsiyalangan 
    ―xavf‖, ―tazyiq‖, ―xavfsizlik‖ 
    tushunchalariga insoniyat tarixi davomida ma‘no beruvchi konsepsiyalarini 
    tashxizlash maqsadga muvofiqdir.
    Buni turli tarixiy davrlarda yashagan odamlarning ongida falokatlar, 
    ularning oqibatlarini alohida xususiyatlarini tafsiflash orqali amalga oshirish 
    mumkin. Birinchisi ommaviy qo‗rquv va xavotirlarning jamlanmasini, hamda 
    ularni yengib o‗tishning chora-tadbirlarini o‗z ichiga olsa, ikkinchisi tabiiy 
    muhitning o‗zgarmas elementi sifatida bo‗lgan insonning dunyoqarashi, o‗zaro 
    uzilmas va tig‗iz aloqani tushunishi, tabiiy muxofazalash harakatlarini o‗tkazish 
    zaruriyatini anglash darajasidir. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati 
    (HFXM)ning tushunchasini vujudga kelishiga va sezilarli ta‘sir etishiga 
    xavfsizlik, shu bilan birga atrof-muhit muammosini aks ettiruvchi turli falsafiy 
    va ijtimoiy ta‘limotlari, nazariyalar, konsepsiyalar sabab bo‗ldi.
    Nihoyat, sivilizatsiya, etnoslar, xalqlar, alohida odamlar, ilm, madaniyat, 
    turli inson faoliyati soxalarining rivojlanishiga, turli jamoat formatsiyalarining 
    ijtimoiy tuzilishiga va funksiyalariga sezilarli faktorlardan biri - diniy 
    dunyoqarashdir. Shu sababli, dunyo dinlarining mavqe‘i, aqidasi, me‘yorlari va 
    odatlari hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash muammolari bilan jipslikda olib 
    borish alohida qiziqish yuzaga keltiradi.
    6
     Qadimiy dunyo uchun ―falokatli anglash‖ni shakllantirishga ta‘sir etuvchi
    6
    Дурнев Р.А. Культура безопасности – культура разума и просвещения. Журнал «Основы безопасности жизни», вып. 5, 2006.


    23 
    asosiy faktori bo‗lib, atrofda ro‗y berayotgan tabiiy va antropogen hodisalar (yil 
    faslining o‗zgarishi, insonlarning tug‗ilishi va vafoti, davlatlarning gurkirashi va 
    vayron bo‗lishi)ning davriyligi va bu anglashni tashqi dunyoga (tabiiy ofatlar, 
    dushmanlarni bostirib kelishi va x.k.) yo‗naltirishlari hisoblangan.
    Qadimgi odamlarning o‗ziga, yaqinlariga, oilasiga, qabilasiga, davlatiga
    nisbatan havfsizlik xolatini baholash uchun ishlab chiqilgan tushuntirish 
    chizmalari, ya‘ni avvaldan xis etish va oldini olish funksiyasiga ham ega 
    bo‗lgan. Bu chizmalar asosan falokatlar va ofatlarning sababidan qochish bo‗lsa, 
    eng kam darajadagina – bunday jarayonlarni va hodisalarning vayron qiluvchi 
    ta‘sirini yumshatish chora-tadbirlarini qo‗llash bo‗lgan. Agar, ro‗y bergan yoki 
    berishi mumkin bo‗lgan falokat sababchisi ―xudoning qahri‖ deb tan olinsa, 
    bunda aqlli strategiyasi sifatida xudoni qahriga uchramaslikka harakat qilingan.
    Insonlarning dunyoqarashini o‗zgarishiga shu davrda o‗zini tabiatga 
    bog‗liqligini, u bilan o‗zaro aloqada ekanligini his qilish muhim rol o‗ynagan. 
    Bular afsonalarda, miflarda o‗z aksini topgan. Haqiqatni bilish vositalari va 
    usullari mukammal bo‗lmaganligidan odamlarni fikricha, mavjud dunyo bilan 
    insonlar o‗rtasida vositachi sifatida maxsus, tushunib bo‗lmaydigan, kelajakni 
    bashoratlaydigan g‗ayritabiiy kuchlar dunyoni yaratishi turtki bo‗ldi. Aslini 
    olganda, g‗ayritabiiy kuchlar o‗zini bevosita tashuvchi o‗simliklar, hayvonlar, 
    jonsiz predmetlardan bilan birga, insonlar xarakterini bilish, o‗zini tuta olish
    xususiyatlariga ham ega edilar. Bularning barchasi qadimgi dunyo odamlarining 
    atrofdagi tabiat bilan qondoshlarcha kechinmalarini asoslar edi. Tabiatni bilish 
    jarayonini ilmiy asosga qo‗yishning ilk harakatlarini tartibga solish Misr, Xitoy, 
    Osiyo davlatlari, Arabistonning erta sivilizatsiyasi davriga to‗g‗ri keladi. Turli 
    tabiiy jarayonlarining kechishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ilishi bir 
    tomondan sanoq tizimini rivojlanishiga va mukammalashiga, ikkinchi tomondan 
    u yoki bu tabiiy kataklizmalarni (quyosh, oy tutilishi, vulqonni otilishi, suv 
    toshqinlari, qurg‗oqchilik va b) bostirib kelishini yuqori aniqlikda aytib berish, 
    qishloq xo‗jaligining jarayonini rejali asosga qo‗yish imkonini berdi.
    Bunday hodisalardan yolg‗iz xabardor bo‗lgan xukmdorlar, odamlarni 


    24 
    o‗ziga bo‗ysundirish xolatida ushlab turishga, tabiatning tushuntirib 
    bo‗lmaydigan, bexabar kuchlarini ―boshqarish‖ imkonini bergan.
    Ulug‗ Sharq olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ning merosi bilan 
    faqat Sharq, jumladan O‗rta Osiyo olimlargina emas, balki Yer yuzini juda ko‗p 
    mamlakatlari olimlari shug‗ulanadi. Bizning diyorimiz farzandi Abu Rayhon 
    Beruniy o‗z madaniy va ilmiy merosining jahonshumul ahamiyati bilan o‗zbek 
    elining yoxud O‗rta Osiyo ellarininggina emas, balki jahon xalqlarining butun 
    Yer yuzining manaviy boyligiga aylandi. O‗rta asr Sharq olimlari ichida Abu 
    Rayhon Beruniyning ilmiy merosi alohida o‗rin tutadi. U tarixchi, lingvist, 
    astronom faylasuf sifatida talay ilmiy meros qoldirgan allomadir. Uning 
    geografiya, mineralogiya va farmakalogiya bo‗yicha qoldirgan merosi bu fanlar 
    tarkibidan ajib bir durdona sifatida o‗rin oldi. Olimning matematika va 
    astronomiya sohasidagi ishlari esa jahon tabiatshunosligining rivojiga ulkan 
    hissa bo‗lib qo‗shiladi. Bu davrda Beruniy metallar va qimatbaho minerallar 
    bilan bog‗liq talay qiziqarli ilmiy tajribalarni amalga oshiradi. Uning bu 
    tajribalari natijalari olimning solishtirma ogirliklar haqidagi "Metallar va 
    qimmatbaho ma‘danlarning hajmlari bo‗yicha nisbatlar haqida kitob" risolasidan 
    o‗rin olgan. Shuningdek, bu davrda Beruniy qator astronomik kuzatishlarni, 
    jumladan, Urganchda ekliptikaning osmon ekvatoriga og‗maligini o‗lchashga 
    doir talay kuzatish ishlarini bajaradi. 1016 yili bizgacha yetib kelmagan 
    «Quyosh harakatini aniqlash usuliga doir ko‗rsatma» degan risolasini yozdi.
    Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‗rta asr sharoitida dunyo 
    madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri — 
    Abu Ali ibn Sino (980-1037) bo‗lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan 
    mashhurdir. Ibn Sino iste‘dodli, xotirasi kuchli, zehri o‗tkir bo‗lganligidan o‗z 
    davrida ma‘lum bo‗lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qu‘oni 
    karimni boshdan-oyoq yod o‗qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‗ich matematika, 
    mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‗ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh 
    bo‗lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh 
    al-qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‗rganadi, asta-sekin tabiblik bilan 


    25 
    ham shug‗ullanadi. U o‗zidan avval o‗tgan Sharq mutafakkirlar asarlarini chuqur 
    o‗rganish bilan birga, Qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan 
    Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriy asarlarini ham 
    qunt bilan o‗rgandi. Real hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug‗ullanish 
    insongagina xosdir. Ibn Sino «Risolatun fi taqsim al-mavjudot» asaida butun 
    borliqni tarkibiy qismlarga bo‗lib, birma-bir sanaydi va ularga ta‘rif berib o‗tadi. 
    Vujudi vojib, vujudi mumkin, substansiya, aksidensiya, materiya, shakl, aql, 
    unsur, jism, quvvat, sezish, mineral, hayvon, nutq, lison kabi kategoriyalar bu 
    risolada qisqacha ta‘riflanadi. 
    Atrofdagi tabiiy haqqoniyatni ilmiy rivojlanish taraqqiyoti (eradan avvalgi 
    VIII asr – V asr) antik davrga to‗g‗ri keldi. Shundan boshlab, tabiatga ko‗r-
    ko‗rona bo‗ysunishdan voz kechish boshlandi. Bu xolat uni o‗rganishning 
    bevosita moddiy foyda ko‗rishga mo‗ljallanmagan yangi yo‗nalishlarini paydo 
    bo‗lishida aks etdi. Birinchi o‗ringa insonlarni qarama-qarshisiz dunyoni qayta 
    yaratishga intilishi va o‗z o‗rnini his etish qo‗yildi. Qadimiy mutafakkirlar 
    aqlini egallagan asosiy muammolardan biri, insonlarni tabiat bilan o‗zaro 
    munosabatlarining muammolaridir. Qadimiy grek tarixchisi Gerodot (484–425 
    e.a y) insonlarning xarakterini shakllanishi va u yoki bu siyosiy tuzumni 
    o‗rnatilish jarayoni tabiiy faktorlarning (ob-havoni o‗zgarishi, yer tuzulishining 
    xususiyatlari va x.k ) ta‘siri bilan bog‗langan. Qadimiy grek tabibi Gippokrat 
    (460–377 yy) kasalni davolashda organizmni individual xususiyati, tabiat bilan 
    o‗zaro munosabati e‘tiborga olinib, davolash kerakligini uqtirgan edi. Uning 
    fikricha, tashqi muxitning faktorlari (ob-havoni o‗zgarishi, suv va yer 
    tuzulishining xususiyatlari, davlat qonunlari va x.k ) insonlarning tanasi va 
    ruxiy xossalarining shakllanishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Iqlim
    Gippokratning fikricha, asosan milliy xarakterning xususiyatlariga ta‘sir 
    ko‗rsatadi.
    XI asrning mashhur shoiri, faylasufi, matematigi va astronomi Umar 
    Xayyom (1048-1124) dunyoga mashxur ruboyilar muallifi olim sifatida 
    astronomiya sohasidagi faoliyati diqqatga sazovor bo‗lib, u mazkur sohadagi 


    26 
    yutuqlarni Marv va Isfaxon rasadxonalarida ishlab yurgan paytlarida qo‗lga 
    kiritdi. Olim o‗z astronomik kuzatishlari asosida "Malikshohning astronomik 
    jadvallari" ("Malikshoh ziji") ni yozdi. "Malikshoh ziji"ning bir nusxasi Parij 
    Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Bu "ziji" da Quyosh, Oy va boshqa 
    sayyoralarning harakatiga hamda ularga tegishli ma‘lumotlaridan tashqari, yana 
    yuzga 
    yaqin 
    ravshan 
    yulduzlarning 
    koordinatalari 
    keltirilgan. 
    Sharq allomalarini ichida qadimgi Xitoy faylaso‗fi Konfusiy aloxida o‗rin 
    tutadi. Faylaso‗f ilmini asosiy shavqi odamlar oqimini ta‘na qilishdan, jamiyat
    va davlatning ideal (shu jumladan xavfsiz) parametrlarini izlashdan iborat 
    bo‗lgan. Uning fikricha, sotsiumni ratsional tuzilmasining asosi bo‗lib, quyidagi 
    ahloqiy kategoriyalar va boyliklar bo‗lishi kerak: boshqalarni xuddi o‗zini 
    hurmat qilgandek hurmat qilishi uchun ishlash kerak, bizlarga qanday muomala 
    qilishlarini xoxlasak, ularga shunday muomala qilish kerak – ana shu hayotning 
    to‗g‗ri yo‗li, haqiqiy ahloqi hisoblanadi. Bu kategoriyalar va boyliklar o‗z 
    navbatida jamiyat va davlatda hamohanglik topishda umumiy ahloqiy
    marosimlarga birlashadi. ―Qachonki istaklar toza va sevgi bilan sug‗orilgan 
    bo‗lsa, yuragimiz haqqoniy va to‗g‗ri bo‗ladi. Qachonki yuragimiz haqqoniy va 
    to‗g‗ri bo‗lsagina, odam to‗g‗rilanadi va yaxshi bo‗la boshlaydi. Qachonki , 
    odam to‗g‗rilansa va yaxshi bo‗la boshlasa, oilada tartib o‗rnatiladi. Qachonki
    oilada tartib o‗rnatilsa, unda davlat obodonlashadi. Qachonki davlat 
    obodonlashsa, butun bashariyatda tinchlik va totuvlik bo‗ladi‖.
    Konfusiy kerakli darajada tabiat bilan o‗zaro munosabatlarni qayta ishlab 
    chiqqan. Uning aytishicha, insoniyat uzoq vaqt mavjud bo‗lishi uchun tiriq 
    mavjudodlarga, tabiatga, tabiiy boyliklarga jamiyat ratsional munosabatda 
    bo‗lishi kerak. O‗sha davrdayoq insoniyatni tabiiy boyliklardan xaddan ziyod
    foydalanishdan chegaralanishga ogohlantirgan.
    O‗rta asrdagi insonlarning ―falokatli ongi‖ni shakllantiruvchi umrining 
    qisqaligi (ko‗p miqdorda epidemiyalar, bolalar o‗limining kattaligi, qaxatchilik, 
    ocharchilik, qonto‗kar urushlar oqibatida), o‗sha davridagi diniy aqidaparastlik 
    (qiyomat qoyim yaqinligi,) asosiy faktorlar bo‗lib hisoblangan. O‗sha davr 


    27 
    mobaynida ekologik nazariya deyarli rivojlanmadi. Jamiyat bilan tabiatdagi 
    o‗zaro munosabat yolg‗iz Quryoni Karim va Injil tomonidan talqin qilinib, unda 
    xudo barcha yerlarni undagi mavjudotlar bilan birga odamlarga to‗liq va tanho 
    egalik qilishga berganligi aytilgan edi.
    Vaziyat qayta yaratilish davrida o‗zgardi, bu xolat o‗rta asr olimlari
    Buyuk Albert va Rodjer Bekonlarning asarlarida yozib ko‗rsatilagan. Nemis 
    olimi Buyuk Albert (1206–1280) qalamiga tabiiy ilmiy traktatlar mansubdir. 
    ―Alkimyo‖, ―Metallar va minerallar‖ haqidagi asarlarida iqlimni joylarning 
    geografik kengligiga, dengiz sathidan qanday balandlikda joylashganiga, tog‗ va 
    vodiylarni yer qimirlashi va toshqinlar natijasida yuzaga kelishi bilan
    bog‗liqligi haqida fikrlar keltirgan.
    Ingliz faylaso‗fi va tabiatshunos olimi Rodjer Bekon (1214–1294) 
    organizmni yashashida quyoshning rolini ta‘kidladi, konkret yashash joylaridagi 
    iqlimiy shartlarni va organik jismlarning xolatini o‗zaro bog‗liqligiga e‘tiborini 
    qaratdi, shu bilan birga inson ham barcha mavjudotlar singari iqlim ta‘siriga 
    moilligini, ya‘ni iqlimning o‗zgarishi inson tanasini va xarakterini o‗zgarishiga 
    ta‘sir ko‗rsatishini ta‘kidladi.
    Mirzo Ulug‗bek (1394-1449)ning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari 
    shunchalik aniq va ilmiy isbotlanganki, u asrlar osha astronomiya ilmida 
    dasturilamal vazifasini o‗tab keldi. Mirzo Ulug‗bek asarlarida ilm inson 
    ma‘naviyatining asosi ekanini ta‘kidladi. 

    Download 2.3 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




    Download 2.3 Mb.
    Pdf ko'rish