• Ip tashlab tikilishi.
  • Ostki ipning uzilishi.
  • Materiallarning qiyin surilishi.
  • Mashinani tozalash va moylash.
  • Baxyaqatorning sifati pastligi




    Download 2.09 Mb.
    bet10/22
    Sana02.03.2022
    Hajmi2.09 Mb.
    #1969
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
    Baxyaqatorning sifati pastligi. Baxyaqator bo’sh (iplari yaxshi tortilmagan) bo’lsa, tarang yoki kir bo’lsa, shuningdek, agar iplar «gazlamalar ustida chalishsa» yoki «gazlamalar tagida chalishsa», bunday baxyaqatorlar past sifatli hisoblanadi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun ostki va ustki ipni taranglash kerak.
    Ip tashlab tikilishi. Igna bilan mokining o’zaro harakatlarida sozlik buzilsa ip tashlab tikilishi mumkin. Ip tashlab tikilish sabablarini igna mexanizmidan boshlab aniqlash kerak.
    Ustki ipning uzilishi. Quyidagilar ustki ipning uzilishiga sabab bo’lishi mumkin; ipning sifatsizligi, ipning haddan tashqari tarangligi, ipning noto’g’ri taqilishi, igna raqami ip raqamiga mos kelmasligi, ish vaqtida tushmasligi yoki baxyaning tortilib qolishi, mokining haddan ortiq qizib ketishi, ip yo’naltirgichlarning yomon holatdaligi (qirqilganligi, g’adir-budirligi) yoki ip yo’naltirgichlardan ba’zilarining yo’qligi, igna plastinasi teshigida, moki qurilmasida, tepki tagida qurilgan yoki g’adir-budir joylar bo’lishi.
    Ostki ipning uzilishi. Ostki ip kamroq mashina detallariga tegib o’tadigan bo’lganligi uchun uning uzilishi ustki ipga nisbatan ancha kam bo’ladi. Quyidagilar ostki ip uzilishlariga sabab bo’ladi: naychaning devorlari singanligi yoki ezilganligi, ip naychaga bo’sh yoki notekis o’ralganligi, ip noto’g’ri taqilganligi, moki qurilmasi detallarining ostki ip tegadigan joylari chaqaligi yoki g’adir-budirligi.
    Materiallarning qiyin surilishi. Bu kamchilik reyka yoki tepkining yaxshi ishlamasligidan kelib chiqishi mumkin.
    Igna sinishi. Quyidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna xarakat vaqtida bironta noto’g’ri turib qolgan detalga tegib o’tadigan bo’lsa, igna balandligi noto’g’ri (pastroq) o’rnatilgan bo’lsa; tepkida, igna plastinasida, mokida siljishlik bo’lsa yoki ular noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa; igna pastligida materiallar surilsa; tikib bo’lgandan keyin materiallarni tepki tagidan ehtiyotsizlik bilan olinsa.
    Mashinani tozalash va moylash. Tikuv mashinasining mexanizmlarini tozalash, moylash ularning aniq va beto’xtov ishlashini ta’minlaydi. Mashinaning hamma joylarini tozalash va moylashda elektr yuritgichni o’chirib qo’yiladi. Yuritma tasmasi olinadi, igna eng yuqori chekka holatga o’rnatiladi. Tepki ko’tarib qo’yiladi va naycha qalpoqchasi chiqarib olinadi. Avval mashinaning bosh qismidagi kir va gazlama tuklari tozalanib, detallar latta bilan artiladi. So’ngra mashinani ag’darib qo’yib, platforma tagidagi detallar va taglik artiladi. Moylash ishlari tugagandan so’ng mashinani qo’lda aylantirib, asosiy va uning yengil aylanishi tekshirib ko’riladi, ortiqcha moy latta bilan artiladi. Moy bir tekis taqsimlanishi uchun tepkini ko’tarib qo’yib, mashina bir necha soniya salt ishlatiladi. Mashinada ish boshlashdan oldin gazlama parchasida baxyaqator sifati tekshirib ko’riladi.
    Ipni g’altakdan chiqarib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi richagning teshigidan, burchaklikning ikkita teshigidan birin- ketin o’tkaziladi, ip yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkazib, ip taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib olib, o’ngdan chapga tomon igna mexanizmini yopib turadigan shchit tagiga kiritiladi. Keyin ip sim ip yo’naltirgich ilgagidan, ip yo’naltirgichning ikkita teshigidan o’tkaziladi, yuqoridan pastga tomon qo’shimcha taranglik rostlagichi plastinasi tagidan olib o’tib, tikuvchidan narigi tomon yo’naltirib, igna ko’ziga taqiladi.
    Chap chalishtirgich ipini g’altakdan richag, burchaklik teshiklaridan o’tkazib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi vtulkaga, ip yo’naltiruvchi teshikka kiritib, taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip yo’naltiruvchi teshikdan keyin ip yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkaziladi va ip yo’naltirgich teshigiga kiritiladi, o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgich teshigiga va pastdan yuqori tomon ip uzatgich teshiklaridan o’tkaziladi.

    Maxovik g’ildirakni burab chap chalishtirgichni chap chekka holatga keltirib, ipni pintset yordamida chalishtirgichning 3 ta teshigiga taqiladi.
    O’ng chalishtirgich ipi g’altakdan ortdan oldinga tomon richaglarning teshigidan o’tkaziladi, burchaklikning 2 ta teshigidan, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi vtulkadan o’tkazilib, ip yo’naltiruvchi teshikka kiritiladi, taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip yo’naltiruvchi teshikka kiritiladi. Keyin ip ip yo’naltiruvchi vtulkadan, ip yo’naltirgichning teshigidan o’tkaziladi, o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgichning keyingi teshigiga va ip uzatgich teshigiga kiritilib, old tomondan ip yo’naltirgichning teshigidan o’tkaziladi. Maxovik g’ildirakni burib o’ng chalishtirgichni o’ng chekka holatga keltirib, pintset yordamida uning teshigiga ip taqiladi.

    Yo’rmash tikish mashinasiga iplarni taqish (1- g’altak)
    1-ip yo’naltiruvchi richag; 2-burchaklik; 3-ip yo’naltiruvchi vtulka; 4-ip taranglik rostlagichi shaybalari; 5-sim ip yo’naltirgich; 6- ip yo’naltirgich; 7-qo’shimcha taranglik rostlagich plastinasi; 8-igna.
    Ipli g’altak tayanchga o’rnatilib ip yo’naltirgichlar teshigidan hamda taranglash plastinalari orasidan o’tkaziladi. Keyin taranglash prujinasi orqali ip yo’naltirgich atrofidan aylantirilib cheklovchi yo’naltirgich orqali ip tortgich ko’zdan o’tkaziladi. Ip tortgichdan o’tgan ip yo’naltirgichlar orqali old tomondan ignaga o’tkaziladi.
    Naychaga ipni o’rash uchun mashinada maxsus ip o’rash qurilmasi o’rnatilgan. Ip g’altakdan mashina tanasiga o’rnatilgan ip yo’naltirgich orqali naychaga yo’naltiriladi va prujinaga tortiladi. Naycha, richag, siljitilib, o’rash qurilmasiga o’rnatiladi va mashina ishga tushiriladi. Richag tsapfaga o’rnatilgan.
    Naychaga ip o’ralgandan so’ng richag naychadan chetga chiqadi va o’rash mexanizmi to’xtaydi. To’ldirilgan naycha moki qurilmasiga o’rnatiladi.

    72527-101 tikuv mashinasiga ustki ipni taqish qismlari
    1-ip yo’naltirgich; 2-taranglash prujinasi; 3,4,5,6,7-ip yo’naltirgich; 8-taranglash plastinasi; 9-cheklovchi yo’naltirgich; 10-ip tortgich; 11-igna.
    G`altakdan tushgan ipni o’ngdan chapga tomon sim ip yo’naltirgichdan o’tkaziladi, qo’shimcha taranglik rostlagichi shaybalari orasidan o’ngdan chapga asosiy taranglik rostlagichi shaybalari orasidan aylantirib, ip tortgich prujinasining halqasiga kiritiladi va ip yo’naltirgich ilgagining ortiga o’tkaziladi. Keyin ip o’ngdan chapga ip tortgichning qulog’idan ip yo’naltirgich skobasiga kiritiladi, igna yuritgichga mahkamlangan plastinasimon prujina tagidan olib o’tib chapdan o’ngga igna ko’ziga taqiladi.
    Naycha naycha qalpog’iga shunday o’rnatilishi kerakki, ip soat mili harakatiga qarama-qarshi yo’nalishda o’ralgan bo’lishi kerak. Ip naycha qalpog’idagi ariqchadan va taranglash plastinasi ostidan olib o’tilib. Naycha qopqog’i teshigidan o’tkazildi. Ipning tarangligi naycha qopqog’idagi vintni burab rostlanadi.

    CS 1652K-303A yarimavtomati ga ustki ipni taqish qismlari
    1-igna; 2-plastinasimon prujina; 3-igna yuritgich; 4-ip yo’naltirgich skoba; 5-ip tortgich; 6-ip yo’naltirgich ilgak; 7-ip tortgich prujina; 8,9-taranglik rostlagich shaybalari; 10-ip yo’naltirgich
    Ip o’ralgan naychali qurilma mokining markaziy sterjeniga kiritiladi. Moki uchi ignaning eng ostki holatida 1,5-2.0 mm ko’tarilganida ustki halqasini ilib olishi kerak. Agar ostki ip noto’g’ri to’ldirilgan, igna noto’g’ri tanlangan, igna igna yuritgichga noto’g’ri o’rnatilgan bo’lib, moki uchi va igna orasidagi masofa kattalashgan bo’lsa, ostki ipning uzilishi sodir bo’ladi.

    CS 1652K-303A yarimavtomatiga ostki ipni taqish qismlari.
    1-naychali qurilma; 2-markaziy sterjen; 3-ustki ip; 4-igna.


    Download 2.09 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




    Download 2.09 Mb.