oshishi bilan ikki aylanma erkinlik darajasi qo’zg’aladi. Va nihoyat keyingi harorat
oshishida molekulalarning tebranma erkinlik darajalari qo’zg’aladi. Tebranishlarda
potensial va kinetik energiya mavjudligi sababli,
(9.6) formula bilan hisoblashda
tebranma erkinlik darajasi ikki marta hisobga olinishi kerak. Qo’shimcha tebranma
erkinlik darajasi natijasida, molyar issiqlik sig’imi yana bir bor universal gaz
doimiysi
R qiymatiga ortadi. Chiziqli molekula masalan
CO
2
to’rtta tebranma
erkinlik darajasiga ega (1-rasm). Tebranishlarning
ikkita normal moddasi
molekulyar o’q bo’ylab va boshqa ikkitasi molekulyar o’qqa perpendikulyar
amalga oshadi.
CO
2
molekulaning qayishayotgan tebranishlari xona haroratida
qo’zg’aladi va shuning uchun xona haroratida hisobga olinishi kerak.
Tajribani o’tkazish bo’yicha ba’zi tavsiyalar.
(15) tenglama bo’yicha, idishning hajmi qanchalik katta bo’lsa, po’lat
zoldirning ossillyatsiya davri shunchalik katta bo’ladi. Boshqa tarafdan, tajriba
aniqligi
ossillyatsion davr T ni aniqlash aniqligi bilan belgilanib, bu davr
(16)
tenglamadagi kvadrat ildizdan topiladi. Shuning uchun, mazkur tajribada aspirator
(so’rib oluvchi qurilma) qo’llaniladi. Po’lat zoldirning ossillyasiyasi soni shisha
trubkaning va po’lat zoldirning tozaligiga juda kuchli bog’liq. Har bir tajribadan
oldin 9.
2-rasmda ko’rsatilganidek, ipga bog’langan
yumshoq mato yoki teri
parchasi bilan shisha trubkani diqqat bilan tozalash kerak. Shisha trubkani
yumshoq mato parchasi bilan tozalashda tozalovchi vositalardan foydalaning.
2-rasm
Eslatma: Asbobdan foydalanilmagan vaqtda, presizion shisha trubkani toza
saqlash maqsadida, uni rezina qopqoq bilan berkiting.
Tajriba qurilmasini yig’ish va ishni bajarish tartibi:
- shisha trubkani 2-rasmda keltirilganidek tozalang;
- po’lat zoldirni tozalang. Chunki faqat presizision shisha trubkani va po’lat
zoldirni tozalashgina zoldirning yaxshi ossillyasiyasiga olib keladi;
- shisha trubkani rezina tiqinga o’rnating. Siz rezina tiqinning oldingi
tarafidan jipslagich halqadan foydalanishingiz va buni soddagina oddiy qog’oz
bilan amalga oshirish mumkin (3-rasm);
3-rasm
-
aspiratorning pastki teshigi berk ekanligiga amin bo’ling;
-
presizision shisha trubkali rezina tiqinni aspiratorning yuqorigi teshigiga
perpendikulyar
qilib joylashtiring;
-
agar endi zoldir shisha trubkaga kiritilsa, u idishdagi havo hajmi
shakllantirgan havo yostig’ida garmonik tebranishlar bajaradi. Ishqalanish
energiyasiga yo’qotishlar muqqarar bo’lgani uchun tebranishlar so’nadi;
-
bir necha marta (masalan,
20 ta) tebranishlar davrini o’lchang;
-
barometr ko’rsatishi bo’yicha bosim qiymatini yozib oling;
-
1 l hajmli plastik
menzurkadan foydalangan holda, idishni suv bilan
to’ldirib, aspiratorning hajmini aniqlang;
-
olingan natijalarni ishchi formulaga qo’yib, adiabata ko’rsatgichini
hiosblang;
-
o’lchashdagi absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblang hamda olingan
natijalarni 9.2-jadvalga kirting;
Tajribani o’tkazish uchun qo’shimcha ma’umotlar:
-
tajribani boshlashdan oldin, po’lat zoldirga tegmay,
presizision shisha
trubkaning yuqorigi uchini kaft bilan berkitish va rezina tiqinli presizision shisha
trubkani
4-rasmda keltirilganidek qilib. aspiratordan ajratish kerak;
-
trubkaga ozgina havo miqdorini kiritish orqali, presizision shisha
trubkaning yuqorigi uchiga po’lat zoldir o’tishi uchun imkon yaratish kerak;
-
yana qaytadan presizision shisha trubkaning yuqorigi uchini kaft bilan
berkitib, rezinali tiqin bilan uni aspiratorga o’rnating;
-
tajribani boshlash uchun presizision shisha trubkadan qo’llingizni oling;
4-rasm. Tajribani boshlashning sxematik namoyishi
5-rasm. Sterjenli magnitdan ixtiyoriy holatdan
x tajribani boshlashda qanday
foydalanishning sxematik namoyishi
-
presizision shisha trubkadagi po’lat zoldirning muvozanat balandligi (1-
rasm) bosimga bog’liq. Agar atmosfera bosimi juda kichik bo’lsa, po’lat zoldir
presizision shisha trubkadan aspiratorga tushib ketishi mumkin. Zoldirning
aspiratorga tushib ketishini oldini olish hamda
tajribani boshlashda mos
balandlikni tanlash uchun sterjenli magnitdan foydalanish mumkin (5-rasm).
2-jadval
№ m (kg) V (10
-6
m
3
)
S (10
-3
m
2
)
P (10
5
Pa)
T (K)
k
Δ
k
𝜺 (%)
1
2
3
4
5
O’rt