Oltin fond 2021, 1-son




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana22.10.2022
Hajmi3.91 Mb.
#27802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
OLTIN FOND 

 
 
 
 
 
2021, 1-son 
 
 
21 
nima bo‗ldi? Ha, seni ham tushunsa bo‗ladi. O‗zi oxirgi paytlarda anavi mishiqi 
Sobitjon rosa taltayib ketdi. Tunov kuni adabiyot darsida she‘r yozdim deb, ustozidan 
ikkita ―5‖ baho olgan edi. ―Mehrjon‖ bayramida mevalarning shifobaxsh xususiyati 
haqida gapirib, turli xil shirinliklar o‗rniga o‗zimizning bog‗imizda yetishtirilgan 
shifobaxsh mevalarimizni tanovul qilaylik, aziz ne‘matlarning qadriga yetaylik, deb 
direktordan maqtov eshitdi. Endi ikki kundan buyon ertalab hammadan oldin 
uyqudan turishini aytib, g‗azabini qo‗zg‗aydi. Uning bir ta‘zirini berib qo‗yish kerak. 
Ana, olifta, maktab darvozasidan chiqib kelyapti. Hozir boplab jag‗iga bir musht 
tushirishning ayni payti.
Qo‗lini musht qilib, oldinga shaxdam odimlaganda Zafar joyida toshday qotdi. 
Yomonlik hech qachon murodiga yetmagan! Uning qo‗llari tugilganicha qolaverdi. 
Eh, Zafar, undan ko‗ra Sobitjonga havas qilsang bo‗lardi.
―Yo‗q, unga baribir havas qilmayman!‖ Zafar direktorning mashinasining 
changida qo‗llarini musht qilgancha qolaverdi. Mashina ichida ketayotgan Sobitjonni 
o‗ylarkan, ichini nimadir ayovsiz timdalardi. ―Nega, uni direktor mashinasiga 
mindirib ketdi?‖ 
Uyiga chigal o‗ylar qurshovida qanday yetib kelganini bilmay qolgan Zafarni 
darvoza oldida turgan ayolning shang‗illagan ovozi o‗ziga keltirdi: 
— Keldingmi, yaramas, nega, ko‗chada itimga, dalada molimga, bog‗da bolimga, 
maktabda o‗g‗limga, xullas o‗z holimga qo‗ymaysan, maqsading nima? Ayolning 
quruq cho‗pdek qo‗llari yuziga kelib tushganda onasiga ko‗zi tushdi-yu, aftidagi 
emas, ichki og‗riqdan ingrab yubordi.
―Bechora onam, yelkalari tushib, mening dastimdan yuzi yerga qaradi, menga 
tanbeh bergani so‗zlari ham tugagan: tili lol. Onaizoriga rahmat emas, la‘nat olib 
kelgan bolani nima deb atash mumkin? Oyijon, meni kechiring...‖
Oradan uch oy o‗tdi. Yerga oppoq qor tushdi. Oppoq palto kiygan daraxtlar 
shamollab qolishdan qo‗rqqanday hurpayib ko‗rinadi. Hademay maktabda yangi 
yilni kutib olish tadbiri bo‗lib o‗tadi. Zafarlarning sinf rahbarining aytishicha tadbirda 
5-―A‖ sinf ajoyib ―syurpriz‖ tayyorlaganmish. Qiziq, nima ekan u?



Download 3.91 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish