|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 134/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org2 soat amaliy mashg‘ulot
O‘qish savodxonligini rivojlantirishning maqsadini belgilash hamda vazifalarini aniqlash. O‘quvchilarni kreotiv fikrlashga o‘rgatish. O‘qish savodxonligini oshirish orqali mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
7-mavzu. PISA topshiriqlarining tarkibiy tuzilishi va darajalari. 2 soat amaliy mashg‘ulot
Xalq ta’limi tizimiga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ona tili va adabiyot fani orqali tushunchalar berish va bugunning talablari asosida yangiliklarni joriylantirishga oid tajribalar. PISA - o‘quvchilarni ta’limdagi yutuklarini baxolash xalqaro dasturi testlarini tuzishda e’tibor qaratilgan jihatlar. PIRLS - matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo‘yicha mavjud tushunchalarni amaliyotda mustahkamlash.
MUSTAQIL TA’LIM MAZMUNI. 4 soat mustaqil ta’lim
Modulga oid o‘rganilgan materiallar asosida “O‘qish savodxonligini rivojlantirishning maqsad va vazifalari” hamda “PISA topshiriqlarining tarkibiy tuzilishi va darajalari” mavzularida mustaqil ish bajariladi. O‘quvchilar kreotivligi hamda loyihalar ishlab chiqish asosida malaka ish tayyorlanadi.
3.2 Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi
NAZARIY MASHGULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu. Ona tili va adabiyot fanidan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va metodik qo‘llanmalar mazmunidagi yangiliklar.
Til va adabiyot ta’limiga oid me’yoriy xujjatlar va ularning mazmun-mohiyati. Ona tili va adabiyot fanidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari, ona tili va adabiyot ta’limining maqsadi va vazifalari, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy minimal talablar. O‘quv reja va o‘quv dasturlari, ularning tuzilishi, tarkibiy qismlari.
2-mavzu. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qitish metodlari.
Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari darsda qo‘llaniladigan interfaol metodlar hamda ularning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni. O‘qitish metodlarini takomillashtirish yo‘llari. Oxirgi yillarda nashr etilgan ona tili va adabiyot fanlariga oid darsliklar, manbalar, tilshunos va adabiyotshunos olimlarning asarlari, buyuk allomalar xayoti va faoliyati aks etgan entsiklopediyalar, o‘quv lug‘atlari xakida ma’lumot.
|
| |