• Yoruglikning sinishi
  • Prizmada yoruglikning sinishi
  • Yorug‘Iikning sinish jarayoni




    Download 1 Mb.
    bet22/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Yorug‘Iikning sinish jarayoni


    Optika qonuniyatlari yorug'lik nurining to‘g‘ri chiziqli tarqa- lishi, tola muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashuvi va izotroplik xususiyati — muhitda barcha yo'nalishlarda yorug'likning bir xil tarqalishiga (shisha bir turdagi va izotropli muhit hisoblanadi) asoslangan. Bu qonuniyatlarga yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar talluqli.
    Yorug'lik bir materialdan boshqasiga o‘tganda uning tarqalish tezligi o'zgaradi, ya’ni to'lqin nazariyasi nuqtayi nazaridan bu harakat yo‘nalishining o'zgarishiga olib keladi. Bu hodisa — yorug'likning to‘g‘ri yo‘nalishdan og‘ishi sinish
    deb ataladi.
    Sinish hodisasini misollarda ko'rib chiqamiz.
    Sinish hodisasiga baliq ovlashda ham duch kelinadi. Suv ostidagi baliqni ko‘rganimizda, uning haqiqiy joylashuvini emas, balki unga yaqin joylashuvini kohamiz (2.9-rasm).
    Agar baliqqa pastga vertikal qarasak, yorug‘likning sinishi ro‘y bermaydi va baliqning asl joylashgan joyini ko‘ramiz. Agar unga burchak ostidan qarasak, sinish hisobiga asl joylashgan joyini ko‘rmaymiz, bunda baliq nazaramizdagi ko‘rinishdan chuqurroqda joylashgan bo'ladi [2].





    Haqiqiy
    joyiashuv






      1. rasm. Yorug'likning sinishi

    54
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Sinish hodisasini prizmada ham ko‘rlsh mumkin (2.10-rasm).







    2.10-rasm. Prizmada yorug'likning sinishi


    Prizmaga oq yorug‘lik tushirilganda, prizma bu yorug'likni sindiradi va kamalakning turli ranglariga ajraladi. Qizil rang eng kuchli og‘adi va kichik tarqalish tezligiga ega. Sinish prizma kirishida bo‘lganidek, chiqishida ham hosil bo'ladi [2].
    Optik toladan signallarning uzatilishida ham yuqorida ко‘rib chiqilgan sinish hodisasi ro‘y beradi. Bu quyida batafsil tushin- tirilgan.



        1. Download 1 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




    Download 1 Mb.