1-MARUZA
Mavzu:
Biologiya fanining vazifasi, o’rganiladigan sohalari va uslublari
Reja:
1. Biologiya fani va uning vazifalari hamda sohalari.
2. Biologiya fanining ilmiy-tadqiqot usullari
3. Biologiya faning tarixiy rivojlanishi.
4. Biologiya fani muommolari.
Tayanch iboralar:
Biologiya, genetika, seleksiya, irsiyat, o‘zgaruvchanlik, sitologiya,
botanika, biotexnologiya, organizm, hujayra, gen, tiriklik.
1.Biologiya fani va uning vazifalari
hamda sohalari
Chuqur nazariy bilimga va keng ko‘lamli dunyoqarashga ega bo‘lgan malakali qishloq xo‘jalik
xodimini tayyorlashda biologiya fanining o‘rni o‘ta muximdir, zeroki shu fangina, avvalo hayotning
rivojlanish qonuniyatlari yechimini ko‘rsatib bera oladi.
Biologiya
(
yunoncha
βίος,
bios
, "hayot"; va λόγος,
logos
, "bilim")
hayot
va u bilan bog‘liq
bo’lgan masalalarni o’rganadigan fandir.
U
empirik
fanning
jonli
organizmlarning
tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi,
evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni
saralaydi
, ularning ishlashini,
turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va
atrof-muhit
bilan munosabatlarini tasvirlaydi.
Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi.
Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi
va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu
qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari
amalga oshiriladi.
Biologiya hayotning barcha ko'rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va
funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va tirik tabiat bilan
oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi
qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan
iborat. "Biologiya" terminini bir-biridan mustasno ravishda birinchi boʻlib,
1802-yilda