• 1. Aromatik uglevodorodlar va ularning xossalari.
  • Aromatik uglevodorodlarni xossalari
  • Suyuqlanish temperaturasi, 0 C Chaknash temperaturasi, 0 C.
  • O'zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0,56 Mb.
    bet7/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #159055
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
    Bog'liq
    OMKT (Amaliy mashg\'ulot)
    2-lab, 4-лекция, O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-www.fayllar.org
    AMALIY MASHG’ULOT № 3
    AROMATIK UGLEVODORODLAR
    Mashgulot rejasi:
    1. Aromatik uglevodorodlar va ularning xossalari
    2. Aromatik uglevodorodlar olishda qo`llaniladigan reaksiyalar.
    3. Toshko`mirni kokslash natijasida xosil bo`ladigan aromatik birikmalar
    4. Aromatik uglevodorodlarni ajratish va tozalash.
    5. Aromatik uglevodorodlarni izomerlash va dealkillash reaksiyalari bilan olish.


    1. Aromatik uglevodorodlar va ularning xossalari. Organik sintez sanoatida aromatik uglevodorodlar olefinlardan so`ng ikkinchi urinni egallaydi. Tabiiy manbalardan olinadigan aromatik uglevodorodlar orasida benzol, ksilollar katta axamiyatga ega. Ba`zi bir aromatik birikmalarni fizik-kimyoviy kursatkichlari bilan tanishamiz (5-jadval).
    5-jadval
    Aromatik uglevodorodlarni xossalari

    Uglevodorod nomi

    Kaynash temperaturasi,0C.
    R=0,1 M Pa

    Suyuqlanish temperaturasi, 0C

    Chaknash temperaturasi, 0C.

    Benzol

    80,1

    +5,5

    -14

    Toluol (metil, benzol)

    110,6

    -95,0

    +5

    o-ksilol (1,2-dimetilbenzol)

    144,4

    -25,2

    +29

    m-ksilol (1,3-dimetilbenzol)

    139,1

    -47,9

    +29

    n-ksilol (1,4-demitilbenzol)

    138,3

    +13,3

    +29

    Psevdokumol (1,2,4 trietilbenzol)

    169,3

    -43,8

    -

    Durol (1,2,4,5,-tetrametilbenzol)

    196,8

    +79,2

    -

    Naftalin

    218,0

    +80,3

    -

    5-jadvaldan kurinib turibdiki, ksilol izomerlarining kaynash temperaturasi bir-biriga yakin, ularni kisman rektifikasiya yo`li bilan ajratish mumkin. Uch va tetrametilbenzollar xam xudi shundek. n-ksilol va durol boshqa izomerlarga nisbatan yuqori temperaturada suyuqlanadi, shuning uchun ularni aralashmalardan kayta kristallizasiya u suli bilan ajratiladi. Bu usul naftalinni ajratish uchun xam qo`llaniladi.


    Aromatik uglevodorodlar qutbli erituvchilardan dietilenglikol, fenolda yaxshi eriydi. Ular qattiq sorbentlarga (aktivlangan ko`mir, silikagel) yaxshi yutiladi. Ushbu xossalari xisobiga aromatik uglevodorodlarni sanoatda ekstraksiya, ekstraktiv xaydash va adsorbsiya yo`li bilan ajratish mumkin. 1-jadvaldan ko`rinishi buyicha aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollarni chaknash temperaturasi ancha past, shuning uchun ularni alanglanishi oson. Aromatik uglevodorodlar boshqa uglevodorodlar sinfiga nisbatan zararli xisoblanadi. Qonni zaxarlash xususiyatiga ega.
    Aromatik uglevodorodlarni olish man`bai neft maxslotlarini piroliz va riforming jarayoni va toshko`mirni kokslashdir.
    2. Riforming jarayoni, xaydalgan benzinni oktan sonini oshirish va aromatik uglevodorodlar olish uchun qo`llaniladi. Katalitik kreking jarayonida alyumosilikat katalizatorlar qo`llanilsa, katalitik riformingda esa bir funksiyali katalizatorlar qo`llaniladi. Ular orasida govaksimon alyuminiy oksidga shimdirilgan platina katalizatori platformingda muxim axamiyatga ega, oxirgi vaqtlarda esa kislota turidagi tashuvchiga shimdirilgan platinoreniy katalizatorlari qo`llanilmokda. Ushbu ikki jarayon 470-5400C da bosim ostida, vodorod ishtirokida olib boriladi. Aromatik uglevodorodlar katalitik riforming sharoitida izomerlanish va dealkillash reaksiyalariga uchraydi. Bosim ortishi bilan Ushbu reaksiyalar tezlashadi.
    Katalitik riforming jarayonida sodir bo`layotgan kimyoviy o`zgarishlar katalizatorning bifunktsionallik xususiyati bilan bog’liq. Kislota markazlarida, asosan izomerlanish reaksiyalari sodir bo`lishi xisobiga parafinlar izoparafinlarga, besh xalkali naftenlar siklogeksan gomologlariga aylanadi. Boshqa tomondan olganda, Rt yoki Rt + Re metallida bir kator gomolitik uzgarishlar rivojlanadi, ular orasida olti xalkali naftenlarni degidrirlash reaksiyasi muxim axamiyatga ega.

    Olti xalkali naftenlar dastlab siklogeksan va uning gomologlariga aylanadi, keyingi degidrirlash natijasida aromatik uglevodorodlar xosil bo`ladi:

    Siklik birikmalar xosil bo`lishida parafinlarni degidrosiklanish reaksiyasi muxim urinni egallaydi.

    Beshta C atomidan tashkil topgan izoparafinlar xam aromatlashish xususiyatiga ega.

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0,56 Mb.