• Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari
  • Turizmda marketing vazifalari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va




    Download 1.49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/91
    Sana30.03.2022
    Hajmi1.49 Mb.
    #19114
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
    Bog'liq
    TURIZM MARKETINGI 2009
    Abdulla Qodriy romanlari tahlili, 8-var 1-MI
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari 
    1.1. Fanning maqsadlari va vazifalari 
    1.2. Marketing funksiyalari 
    1.1. Fanning maqsadlari va vazifalari 
     
    Turizmda marketingni tizim sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, albatta uning 
    ma’lum tarkibiy qismlari: maqsadlari, vazifalari va funksiyalarni hisobga olishimiz 
    kerak. Ularning o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro aloqani va o‘zaro ta’sirini ajratib va 
    o‘rganib, turistik korxonaning marketing konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy 
    chegaralarni ko‘rsatish mumkin. (rasm 1.1.). 
    Turizm marketingi maqsadlari – uning yakunida erishadigan narsasidir. 
    Marketingning bosh maqsadi – korxonaning faoliyat yuritish jarayonida foydaning 
    eng yuqori hajmini ta’minlash. Bunda talabni qondirishi maqsadga erishishning omili 
    bo‘ladi. 
    Turizm marketingining asosiy maqsadlari qo‘yidagilardir: 
    1. Talab harakatiga egiluvchan tarzda javob beri shva mavjud resurslarni oqilona 
    ishlatishga binoan aniq turistik mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi 
    ma’qul nisbatni ta’minlash orqali iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish. 
    2. Mahsulot turlanishini rag‘batlantirish, anglash va takomillashtirish hamda 
    yaratiladigan mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish 
    orqali bozor ulushini (qismini) egallab olish. 
    3. Turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda rentabellikning barqaror o‘sishini 
    ta’minlash. 
    Turizmda marketing vazifalari – turistik korxonaning maqsadlariga erishish 
    uchun sharoitlar yaratib berish. Turizm marketing vazifalari odatda turizm sohasi 
    korxonalarining marketing vazifalaridan kelib chiqqan holda ularni oydin qiladi. 
    Marketingning muhim vazifasi imkon boricha firmaning faoliyatida barqarorlikni
    strategik maqsadlarni rivojlanishida va erishishda rejalashtirishga buysinishni 
    ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. 
    Agar xizmatlar sohasida paydo bo‘ladigan xususiy muammolarga e’tibor 
    bermasa, turizm marketingi vazifalarning uchta guruhini ajratish mumkin:
    1. Bozorni, talabni, iste’molchilar didi va xohishini puxta va har tomonlama 
    o‘rganish asosida bozorga chiqish, shu talablarga javob beruvchi tovar va 
    xizmatlarni ishlab chiqarish; 
    2. Xizmatlar ishlab chiqaruvchining bozor izmini oshiruvchi bozor munosabatlarning 
    ijtimoiy – iqtisodiy samarasini oshirishi va ularning eng ma’qul darajasiga 
    erishish, xizmatlar turlanishini doimo kengaytirish, yangi bozorlar (bozor 
    segmentlar) ni faol qidirish, mavjud bo‘lgan bozorlarni kengaytirish. 
    Barcha mavjud bo‘lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar 
    rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste’molchilar va bozorga ta’sir etish, ya’ni 
    ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini 
    yaratish. 


    Analitik 
    Funksiyalari 
    Turizm 
    marketingi tizimi 
    Maqsadlari 
    Iste’molchilar 
    talablarini 
    qondirish 
    Boshqarish 
    Vazifalari 
    Bozorda ulushni 
    egallash 
    Marketing 
    tadqiqotlarini 
    o‘tkazish 
    Bozorni 
    kengaytirish 
    Marketing 
    konsepsiyasini 
    shakllanishi 
    Xizmatlar 
    rentabelligining 
    o‘sishi 

    Download 1.49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




    Download 1.49 Mb.
    Pdf ko'rish