Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish




Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/91
Sana30.03.2022
Hajmi1.49 Mb.
#19114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
TURIZM MARKETINGI 2009
Abdulla Qodriy romanlari tahlili, 8-var 1-MI
Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish 
texnologiyasi. 
Marketing jarayoni marketing tadqiqotlar majmuasini amalga oshirish yo‘li 
orqali bozor imkoniyatlarini tahlilidan boshlanadi. Shu tadqiqotlar natijasi 
boshlang‘ich vaziyat (korxona muhiti, salohiyatli iste’molchilari, bozor holatini 
baholash, raqobat darajasi)ning tahlili hamda turistik firmaning kelajakdagi 



faoliyatini) belgilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Aniqlangan bozor imkoniyatlarini korxonaning maqsadlari va resurslari bilan 
solishtirish marketing imkoniyatlarini ifoda etishni ta’minlaydi. 
Eng samarali uzoq muddatli maqsadli bozorlarni tanlash butun bozorga 
marketing harakatlarini sarflamasdan, korxonaga naf keltiradigan haridorlar guruhiga 
xizmat qilish, ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratishni imkonini beradi. 
Eng ma’qul marketing strategiyasini ishlab chiqish tanlab olingan ustivor 
yo‘nalishlarda resurslarni jamlash orqali marketing faoliyatidagi noaniqlik va xavf-
xatar darajasinit kamaytirishga imkon beradi. 
Marketing strategiyasini amalga oshirish quyilgan maqsadlarni va vazifalarni 
amalga oshirishni ta’minlaydigan vositalarni tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi va 
marketing unsurlari – mahsulot, narx, savdo (taqsimlash kanallari) va 
kommunikatsiyalar bo‘ladi. Barcha asosiy unsurlar bo‘yicha umumiy strategiyada 
quyidagi xususiy strategiyalar ishlab chiqariladi: 

mahsulot strategiyasi; 

narx strategiyasi; 

savdo strategiyasi; 

kommunikatsion strategiyasi; 
Marketing boshqarish samarasini ta’minlash uchun uning yordamchi tizimlarini 
ishlab chiqish talab qilinadi: 

marketing tizimini; 

marketingi rejalashtirish; 

marketingni tashkil etish; 

marketing nazorati. 
Marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi o‘z tarkibini ham, 
korxona xususiyatlariga, bozorni egallash darajasiga, qo‘yilgan maqsad va 
vazifalariga hamda bozor sharoitlariga bog‘liq holda ham ayrim bosqichlar tartibini 
o‘zgartirish mumkin. Ammo bu unsurlarning hammasi bir – biriga bog‘liq va ulardan 
bittasi amal qilmasa, tizimning butunligi yo‘qoladi. 
O‘zbekistonda turizm marktetingidan foydalanish va uning samarali 
rivojlanishni ta’minlash uchun bir qator shart-sharoitlar talab qilinadi: 

bozorni xizmatlar bilan imkon boricha ta’minlash (haridor bozorning mavjud 
bo‘lishi); 

haridorlar afzalliklari uchun turistik firmalar o‘rtasidagi chuqur raqobat; 

iste’molchilarning boshqa mavjud tovarlar va xizmtalar to‘g‘risida yaxshi 
axborotga ega bo‘lishi; 

erkin bozor munosabatlari, ya’ni ma’muriy cheklashlarsiz savdo bozorlarni, 
sheriklarni tanlash, narx-navoni o‘rnatish, tijorat ishini va h.k. larni olib borish; 

korxona ichida ma’muriyatning firma maqsadlarini, strategiyalarni, boshqarish 
tuzilishni aniqlash, byudjet moddalariga binoan mablag‘larni taqsimlash 
bo‘yicha erkin faoliyati. 
Birinchi uchta shart-sharoit marketing konsepsiyasining imkoniyatini va undan 
foydalanishni belgilab beradi. Qolgan ikkitasi esa turizm sohasidagi marketing 
konsepsiyasini amalga oshirishning samarasini ko‘zlaydi. 




Download 1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish

Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish