|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali
|
bet | 9/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 20,61 Mb. | | #248411 |
Bog'liq Abdullayeva Nilufar Diplom ishi v1.2.3 Masalaning qo'yilishi
Ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda birinchi navbatda EEG signallarini qayta ishlash asosida robotni boshqarish tizimini ishlab chiqish bosqichlari va usullarini o’rganib chiqish kerak. Bunday tizimlarni strukturasi, ishlash uslubi, boshqarishni yangicha yondashuvlarini aniqlash va unlardan andoza olish kerak. EEG signallarini qayta ishlash asosida robotni boshqarish tizimini ishlab chiqish usullarini tahlil qilish, ularning ijobiy tomonlarini aniqlash, boshqa tizimlardan ustunliklarini aniqlash va eng foydali xususiyatlarini aniqlab ularni ushbu bitiruv malakaviy ishida qo’llash kerak.
EEG sensorlari orqali inson fikrlarini o'qishga yordam beradigan signallar olinadi. Keyinchalik, bu sensorlar orqali olingan ma'lumotlar robot boshqarish tizimi tomonidan qabul qilingan holda, dastlabki o'zgarishlar va taxlil ishlarni bajarish uchun analiz qilinadi.
Olingan natijalarni tahlil qilishda insonning fikrlarini aniq bilib olish uchun undan ortiqcha chastotalar olib tashlash uchun filterlash amalga oshiriladi. Buning natijasida robot inson fikrlarini o’qishidagi xatoliklar kamaytiriladi. Tahlil jarayoni kompyuter algoritmlari orqali amalga oshiriladi. Bu olingan EEG ma’lumotlaridan aniq ma’lumotlar olishga yordam beradi.
Robotning modelini yaratilishi kerak. Ushbu model robot bajarishi kerak bo’lgan vazifalar uchun mos bo’lishi hamda qurilmalar joylashuvi va ishlashi uchun qulay bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda robotning strukturasini ham tuzish kerak. Bu struktura robot qismlari hech bir qiyinchiliklarsiz o’zaro birikishini va ulanishlarni ta’minlashi kerak. Model hamda struktusa bugungi davr talablariga javob bergan holda tayyorlanishi kerak.
Miya-kompyuter interfeysi miyadagi signallarga ta’sir o’tkazish va uni yozib olish usulidir. Ushbu bitiruv malakaviy ishida miya signallarini yozib olish talab etiladi. Bu signallar ularni qayta ishlab, robot boshqaruv tizimida qo’llash uchun olinadi. Inson biron bir harakatni bajarayotganda yoki fikrlash jarayonida bu signallarning o’zgarishini kuzatish mumkin.
15-rasm. EEG signalini yozib olish uchun Ultracortex MARK IV qurilmasi.
Ushbu tajribani bajarishda EEG signallarini olish uchun elektrodlar o’rnatilgan Ultracortex MARK IV bosh kiyimi mavjud. Ushbu bosh kiyimiga ikkita old va ikkita orqa tomonda jami to’rtta elektrod joylashtirildi. Ushbu elektrodlar kerakli signallarni olish uchun xizmat qiladi.
Signal olish uchun mosh terisiga elektrodlarni o’rnatishdan oldin elektrodlar o’rnatiladigan joylarni tuzli eritma bilan artiladi. Bu elektrodlar va inson bosh terisi orasidagi aloqani sifatini yaxshilashda yordam beradi.
UART (Universal Asynchronous Receiver/Transmitter) orqali noutbook bilan bog’lanadigan ADS platasi signallarni olish va uni mikrokontrollerga ulash uchun zarur bo’lgan barcha sxemalarga ega.
16-rasm. ADS platasi.
17-rasm. Quloqqa o’rnatiladigan sensor.
Qisqichlar EEG qurilmasi yoki uskunasiga bog'langan holda, ular elektrik impulslarini quloqning yumshoq sohasi orqali olish uchun ishlatiladi. Tana potensialini mos yozuvlar signali sifatida beradi va bu to’rtta elektrod signaliga mos yozuvlar vazifasini bajaradi.
Eksperiment o’tkazish jarayonida obyekt 10 Gerts chastotasida o’chib-yonadigan chiroqlarga qaraydi. Bu jarayonda obyektdan EEG signallari yozib olinadi. Obyekt avvaliga ko’zlarini bir necha martta lipillatadi. Keyin obyektga o’chib yonuvchi chiroq ko’rsatiladi. Chiroq sifatida noutbook ekranidan foydalanildi.
18-rasm. 10 Gerts chastotasida o’chib-yonadigan chiroqlar.
Jarayon bir necha soniya davom etadi. Olingan signal ma’lumotlari quyidagicha:
19-rasm. To’rtta elektrodlardan olingan EEG signallari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali
|