• 2-mavzu.
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/64
    Sana13.05.2023
    Hajmi3.23 Mb.
    #59264
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
    Bog'liq
    transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Nazorat savollari: 
    1. Fanning maqsad va vazifalari.
    2Zamonaviy kompozitsion materiallar. 
    3. Istiqbolli kompozitsion materiallar.
    4. Avtomobillarda ishlatiladigan kimyoviy materiallarning rivojlanishi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    2-mavzu. 
    TRANSPORT 
    VOSITALARIDA 
    ISHLATILADIGAN 
    SMOLALAR. 
    Reja: 
    1. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. 
    2. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar va ularning 
    xossalari. 
    3. Polibutadienli smolalarning xossalari, ulardan olinadigan buym va detallar. 
    4. Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo’llanilish sohalari. 
    Tayanch so‘z va iboralar: Poliefirli smola. Umumiy maqsadlarga 
    ishlatiladigan poliefirli smola. Elastik va bikr poliefirli smolalar. Atmosfera va 
    kimyoviy ta'sirga chidamli smolalar. Vinilkarbonli smolalar. Polibutanli smolalar. 
    Epoksid smolalar. 
     
    Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. XX 
    asrning boshlarida sanoatda, jumladan texnika sohasida smolalar asosida olingan 
    materiallardan foydalanila boshlandi. O’tgan asrning 30-yillarida amerikalik olim 
    K.Ellis tomonidan to’yinmagan poliefirli smolalar asosida erimaydigan qattiq 
    material ishlab chiqarish g’oyasi taklif etilgan. Bunda poliefirli smolaga perekisli 
    initsiator qo’shish taklif etilgan edi. Keyinchalik Ellis tomonidan to’yinmagan 
    poliefirli smolaga vinilatsetat yoki stirol kabi monomerlarni qo’shish natijasida
    yanada qimmatli materiallar ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Smolalarga 
    manomerlarni qo’shish ularning qovushoqligini kamaytiradi. Buning natijasida 
    suyultirilgan smolaga turli xil initsiatorlarni aralashtirish osonlashadi.
    To’yinmagan poliefirli smolalar turli xil xususiyatlarga ega. Xona haroratida 
    suyuq smola uzoq vaqt (bir necha oy, hatto bir necha yil) qotmasligi mumkin. Lekin, 
    unga perekisli initsiator qo’shilganda u bir necha daqiqa ichida qattiq holatga o’tadi. 
    Bunda hech qanday chiqinda ajralib chiqmaydi. Smolani qattiq holatga o’tishida 
    issiqlik ajralib chiqadi. 
    Poliefirli smolalar turli xil buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi, jumladan, 
    qurilish panellari, avtomobillar va samolyotlarning detallari va boshqalar. Bunday 
    buyumlarni ishlab chiqarishda asosan sinchlovchi to’ldiruvchi poliefirli smolalardan 
    foydalaniladi. Sinchlanmagan smolalardan esa turli xil tugmalar, su’niy mramir, 
    kuzov shpatlyovkasi va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
    To’yinmagan poliefirli smolalarning quyidagi turlari mavjud: umumiy 
    maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalar; elastik poliefirli smolalar; bikr 
    poliefirli smolalar; kam cho’kindili poliefirli smolalar; atmosfera ta`siriga chidamli 
    poliefirli smolalar; kimyoviy ta`sirlarga chidamli poliefirli smolalar; issiqlik ta`siriga 
    chidamli poliefirli smolalar. 
    Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalardan paddonlar, suv 
    saqlash uchun idishlar, suyuqlik bilan ishlatiladigan tizimlar uchun detallar ishlab 
    chiqarishda foydalaniladi. Elastik poliefirli smolalardan ko’proq mebel , turli xil 
    tugmalar, yog’och materiallariga rez ba ochish uchun qoliplar tayyorlashda 
    foydalaniladi. Bikr poliefirli smolalardan zarb ta`siriga chidamli bo’lgan buyumlar: 
    himoya niqoblari (shlemlari), avtomobillar va samolyotlar detallari ishlab chiqariladi. 
    Kam cho’kindili poliefirli smolalardan avtomobillar va elektr jihozlari detallari 
    tayyorlashda foydalaniladi. Atmosfera ta`siriga chidamli smolalardan qoplamalar, 


    tashqi panellar ishlab chiqariladi. Kimyoviy ta`sirlarga chidamli smolalardan ishqorli 
    va kislotali muhitlarda ishlatiladigan sig’imlar, trubalar va boshqa detallar ishlab 
    chiqariladi. Issiqlik ta`siriga chidamli smolalardan elektr jihozlari detallari, panellari, 
    harbiy kemalarning korpuslarini tayyorlashda foydalaniladi.
    Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar. Vinilkarbon
    kislotasining murakkab diefirlari (VKMD) asosidagi smolalar termoreaktiv polimer 
    hisoblanadi. Bunday smolalar toza holda (ya`ni, qo’shimchalarsiz) va boshqa 
    ingredientlar bilan aralashma holida ham ishlatiladi. Dastlabki VKMDlar o’tgan 
    asrning 50-yillarida laboratoriya sharoitida olingan bo’lsada, faqat 1965 yildagina 
    «Shell kemikal» firmasi tomonidan dastlabki «epokril smolasi» markasidagi smola 
    ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bu smolalarning kimyoviy turg’unligi juda ham 
    Yuqori bo’lib, bu jihatida eng sifatli poliefirli smolalardan ham yaxshi 
    xususiyatlarga ega bo’lgan. 1966 yilda «Dau kemikal» firmasi tomonidan «Derakan»
    markali smola ishlab chiqarilgan va bu smolalardan qoplamalar hosil qilishda 
    foydalanilgan. 1977 yildan boshlab esa, «Interpastik» va «Reychxold» firmalari 
    tomonidan mos ravishda «Koretsin» va «Korrolit» nomli VKMDlar ishlab chiqarila 
    boshlangan. 
    Hozirda Yuqorida nomlari keltirilgan firmalar texnologiyasi asosida Epokril-12, 
    Epokril-370, Koretsin VE-8100, Koretsin VE-8300, Derakan 411-S-50, Derakan 
    510A40, Korrolit 31-345 kabi markada VKMDlar ishlab chiqarilmoqda. 
    VKMDlarni 90-150
    0
    S haroratlarda ishlatish mumkin. Ularni cho’zilishdagi 
    mustahkamlik chegarasi 75-85 MPa, buralishdagi mustahkamli chegarasi 120-135 
    MPa.
    Ishlab chiqariladigan VKMDlarning asosiy qismi kimyoviy ta`sirlarga chidamli 
    bo’lgan trubalar va sig’imlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
    Polibutadienli smolalar. Polibutadienli smolalar - bu Yuqori molekulyar 
    uglevodorodli termoreaktiv smolalardir. Ularning elektrik xususiyatlari Yuqori 
    darajada, kimyoviy ta`sirlarga chidamliligi yaxshi, issiqlik ta`siriga yetarli darajada 
    chidamli, namni kam shimadi va initsiatorlar ishtirokdia tezda qotadi. Polibutadienli 
    smolalar xususiyatlarini bu darajada yaxshiligi ularni turli xil maqsadlarda ishlatishga 
    imkon beradi. Polibutadienli smolalardan asosan qoplamalar, yelimlar va 
    elektroizolyatsion kompaundlar tayyorlashda foydalaniladi. 
    1955 yilda «Buton» nomli polibutadienli smola ishlab chiqarilgan. Keyingi 
    yillada «Nisso-RV», «Dienit», «Rikon» kabi smolalar ishlab chiqarilmoqda. 
    Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo`llanilish sohalari. Epoksidli 
    smolalar-makromolekulasida 
    epoksid guruhi bo’lgan sintetik smolalardir.
    Epixlorgidrinning fenollar, aminlar va boshqa moddalar bilan o’zaro ta`sirlashishidan 
    hosil bo’ladi. Epoksidli smolalar ishqorlar, Yuvuvchi moddalar, oksidlovchilar va 
    ko’pgina anorganik kislotalar ta`siriga chidamli, Yuqori mustahkamlikka, yaxshi 
    elektroizolyatsiya xossalariga ega, kam kirishadi, yaxshi yopishadi. Epoksidli 
    smolalar ko’pchilik tolasimon kompozitlar uchun eng yaxshi bog’lovchi 
    materiallardan biridir. Turli xil kompozitsion materiallar va konstruktsion detallar 
    ishlab chiqarishda epoksid smolalardan keng foydalaniladi. Ulardan germetiklovchi 
    kompaundlar, press-kukunlar va yelimlar tayyorlashda ham foydalaniladi. 
    Ta`mirlash korxonalarida detallarni tiklashda ko’pincha epoksid smolalardan 
    foydalaniladi. Ularni xona haroratida uzoq muddat saqlash mumkin. Suyuq smolaga 
    qotirgich (u qo’shilganda polimer qotadi) va plastik xossalar beruvchi moddalar 


    (plastifikatorlar) qo’shiladi. Q`orishmalar 150-200 g dan qilib tayyorlanadi. Ularni 
    tayyorlangandan keyin 20-30 minut ichida ishlatib Yuborish kerak. Epoksid smolalar 
    bir-biridan molekulyar tuzilishi, massasi bilan, ular asosida tayyorlangan tarkiblar esa 
    to’ldirgichlarning turi hamda miqdori bilan farq qiladi. 
    Bir-biriga yaxshi moslangan metall sirtlarini biriktirish uchun to’ldirgichsiz 
    tarkiblardan foydalanish mumkin. Agar cho’yan yoki po’lat buyumlardagi darzlarni 
    ta`mirlash zarur bo’lsa, to’ldirgich sifatida temir kukunini yoki tsement qo’shilgan 
    epoksidli smoladan foydalanish lozim. AlYuminiy detallarni ta`mirlashda alYuminiy 
    to’ldirgichli smolalar ishlatiladi. Ularni qizdirmasdan sovuq holatda ta`mirlash ham 
    mumkin, lekin tarkib darzni yaxshi to’ldirishi va unga ilashishi uchun, smola 
    surtishdan oldin detalni 60-80 
    0
    S gacha qizdirish tavsiya etiladi. Yuqori 
    mustahkamlikka erishish uchun ta`mirlashni Yuqori haroratda o’tkazish zarur. 
    Ta`mirlangan joy qotgandan so’ng unga mexanik ishlov beriladi. 
    Dala sharoitida epoksid smolalar asosida ta`mirlash uchun material va asboblar 
    to’plami (aptechkalar) ishlab chiqarilgan. Tarkibdan ozgina miqdorda (1-5 g) 
    tayyorlash uchun idishlarga solingan smolalardan foydalanish mumkin. To’plamda 
    bunday idishdan ikkita bo’ladi, birida smola, plastifikator va to’ldirgich, boshqasida 
    esa qotirgich bo’ladi.
    1.1-jadval. Epoksidli tarkiblar va ularni ishlatilishi 

    Download 3.23 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




    Download 3.23 Mb.
    Pdf ko'rish