• «Sharq Aristoteli» - «Muallimi Soniy» - «Ikkinchi muallim» (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar.
  • O’zbekiston Respublikasi Xalq




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
    Abu Nasr Farobiy – о‘rta asr sharqining mashhur mutaffakiri, qadimgi 
    Yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. Farobiy 
    qadimgi Yunon ilmining chuqur bilimdoni bо‘lgan, uning Sharqda tarqalishi va 
    rivojiga katta xissa qо‘shgani tufayli uni – «Sharq Aristoteli» - «Muallimi Soniy» 
    - «Ikkinchi muallim» (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar. 
    Farobiy ta’lim – tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim tarbiyaning 
    muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zuruligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi 
    haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-soatdatga erishuv tо‘g‘risida», 
    «Al maxnolari» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari о‘z ifodasini topgan. 
    Farobiy «Baxt-saodatga erishuv tо‘g‘risida» asarida bilimlarni о‘rganish 
    tartibi haqida fikr bayon etgan uning ta’kidlanishicha, avval bо‘lishi zarur bо‘lgan 
    ilm о‘rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni о‘rgangach, tabiiy bilimlarni, 
    tabiiy jismlarni tuzilishi, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni о‘rganish lozim. 
    Undan sо‘ng, umuman, jonli tabiat о‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm 
    о‘rganqiladi, deydi. 
    Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim 
    degan sо‘z insonga о‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-
    nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni yegallash uchun zarur bо‘lgan xul normalarni 
    va amaliy malakalarini о‘rgatishdir, deydi olim. 


    29 
    Farobiy о‘z asarlarida axloiy fazilatlarga tо‘xtalib о‘z fikrlarini bayon etadi. 
    Axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va mulohazali bо‘lish, vijdonlilik, 
    kamtarlik, kо‘pchilik ma’rifatini yuqori qо‘yish, xayot, ma’naviy yuksaklikka 
    intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi 
    har bir insonning bilimli, ma’rifatli bо‘lishidir. Shuning uchun Farobiy ahloq 
    tushunchasiga qalb bilan uzviy bog‘liq xolda tafakkurga asoslangan ahloq asosida 
    qaraydi. 
    Farobiyning talim-tarbiya yо‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari 
    ham qimmatlidir. U insonda gо‘zal fazilatlar ikki yо‘l – ta’lim va tarbiya yо‘li 
    bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va 
    amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon 
    bо‘ladi. Farobiy ta’limda barcha fanlarni nazariy asoslari о‘rganilsa, tarbiyada 
    ma’naviy ahloqiy qoidalar, odob meyorlari о‘rganiladi. Kasb – hunarga oid 
    malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. 
    Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish 
    metodlarini ilgari surgan. Har ikki usul ham insonni har kamol tamoyilga yetkazish 
    maqsadini kо‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari hozircha о‘z 
    ahamiyatini saqlab kelmoda. Abu Rayhon Beruniy – jahon fanining taraqqiyotiga 
    g‘oyat ulkan xissa qо‘shgan zо‘r iste’dod egasi va tadqiqotchi edi. Uning о‘lmas 
    ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir. 
    Beruniyning yirik asarlariga «Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «О‘tmish 
    yodgorliklari», «Skaydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan 
    asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bо‘lishiga e’tibor 
    beradi. Beruniy yozadi: «Bizning maqsadimiz о‘quvchini toliqtirib qо‘ymaslikdir. 
    Hadeb bir narsani о‘qiy berish zerikarli bо‘ladi. Agar о‘quvchi bir masaladan 
    boshqa bir masalaga о‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek 
    bо‘ladi, bir bog‘dan о‘tar-о‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Keyin uning hammani 
    kо‘rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash yо‘llari, 
    usullari haqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir.
    О‘quvchiga bilim berishda:



    Download 2.4 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish