14
mayin, rangi to’q, a’lo darajada mazali. Lavlagining ildizmevasi, yangi, toza, butun,
kasallanmagan,, ho’l tegmagan bo’lishi kerak. Uzilganda o’zida qolgan bandining
uzunligi ko’pi bilan 2 sm. Ildizmevalar
orasida yorilganlari, singanlari, shakli
qing’irlari, bargi noto’g’ri qirqilganlari 5%, dan ortiq bo’lmasligi kerak. Eng katta
ko’ndalang kesimining diametri 5 sm dan 14 sm gacha. Ildizmevasiga yopishib
qolgan tuproq 17% dan oshmasligi kerak.
Sabzi. Xo’raki sabzining ta’mi yaxshi, tarkibida hazmi yengil qand moddalari
(6%), azotli moddalar (1,3%), A provitamini (karotin), vitaminlar (S, Bi, Vg, Be,
RR, E), mineral moddalar (natriy, kaliy, temir) bo’ladi. Sabzida davolik
xususiyatlari ham bor - u yurak-qon tomir sistemasiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi,
kamqon odamlarga foydasi bor. Sabzining o’zagi kichkina, sersuv va nozik etining
rangi yarqiragan navlari eng yaxshi hisoblanadi. Mag’izining
rangi ochroq va
tarkibida hujayrasi ko’p bo’ladi. Ildizmevasining shakli va uzunligiga qarab xo’raki
sabzilar yassi-dumaloq shaklli, uzunligi 3-5 sm
-
Parij
mushak
sabzisi:
ildizmevasi
silindrsimon va konussimon 8-20 sm - o’rtacha
uzun - Geranda, Nantskiy, Shantene va
ildizmevasi urchuqsimon cho’ziq uzunligi 20-
45 sm - Valeriya navlariga bo’linadi
(3-rasm)
.
Sabzining
ildizmevasi yangi, butun, toza,
shakli qing’irmas, rangi bir tekis, shu botanik
navga xos, bandining uzunligi ko’pi bilan 2 sm
bo’lishi kerak. Ildizmevasining eng katta
ko’ndalang kesimidagi diametri bo’ylab
kattaligi 2,5 dan 6 sm gacha. Bir to’plam bir
tekis sabzi orasida 10%
gachasi belgilab
qo’yilgan kattaliklardan 0,5 sm farq qilishi
mumkin. Sabziga yopishgan tuproq 1% dan
oshmasligi kerak.
Rediska. Bu-eng ertagi sabzavot. Sersuv bu ildizmevalar faqat xomligicha
iste’mol qilinadi. Rediska S vitaminining, mineral moddalarning, ayniqsa kaliy va
temir tuzlarining manbai hisoblanadi. Rediska
ildizmevasining tarkibidagi
glyukozidlar bilan efir moylariga bog’liq alohida ta’mi va xidi bo’ladi. Eng yaxshi
ro’zg’orbop-botanik navlari: Saksa, uchi oq pushtiroq kizil, yax sumalak bo’ladi.
Rediskaning ildizmevasi yangi, toza, yosh, eti sersuv mayin, shakli va rangi har xil,
yangi yashil bargli bo’lishi kerak. Eng katta diametri bo’ylab o’lchami 1,5 sm va
undan ortiq cho’ziq navlarining uzunligi 6 sm va undan ortiq bo’ladi.
Turp. Turpning ildizmevasi tarkibida qand (6,2% gacha), azotli (2% gacha) va
mineral (ko’p miqdorda kaliy) moddalar, S vitamini, rediskadagiga nisbatan ko’p
glikozidlar bor, uning achchiqroq-shirin ta’mi, o’ziga xos hidi bo’ladi. Turpning
kuzgi va qishki ro’zg’orbop-botanik navlarining ta’mi
yozgi navlariga qaraganda
achchiqroq bo’ladi. Qishki dumaloq oq, qishki dumaloq qora Odesskiy navlari eng
yaxshi nav hisoblanadi.
3-Rasm.Sabzining
navlari:
1-Parij
mushak sabzi; 2-Geranda; 3-Nantskiy;
4-Shantete; 5-Valeriya.