• Foydali maslahatlar
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Kabachki. Shakli uzunchoq, rangi sutsimon oq, eti 
    mayin-yumshoq bo’ladi. Ovqat tarzida ikra qilinadigan
    qiymalanadigan, dimlanadigan va qovuriladigan g’o’ra 
    kabachki ishlatiladi. 
    Patissonlar. Tup o’sadigan qovoqning bunday turi 
    chetlari kungira talinka shaklida 
    (5-rasm)
    , rangi esa sutsimon oq bo’ladi. Yosh 
    patissonlarning ta’mi salgina karsillab turadigan yoqimli bo’ladi, ular suvda 
    pishirilgan, qovurilgan yoki marinadlangan holda iste’mol qilinadi. 
    5-Rasm. Patisson 


    17 
    Foydali maslahatlar
     
     
    §1.4. MEVALARNING OZUQAVIY AHAMIYATI VA QIYMATI 
     
    Mevalar (ho’l mevalar). Bir necha asosiy gruppaga bo’linadi. Urug’li mevalar 
    - olma, nok, behi va boshqalar; danakli mevalar - o’rik, shaftoli, gilos, olxo’ri, olcha 
    va boshqalar; subtropik hamda tropik mevalar - anor, anjir, xurmo, ananas va 
    boshqalar; sitrus mevalar - apelsin, limon, mandarin va boshqalar. Mevalar 
    qimmatbaho oziq-ovqat mahsuloti. Ularda tez hazm bo’ladigan va organizm uchun 
    kerakli uglevodlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza), organik kislotalar (olma, limon, 
    vino kislotalar). S, R vitaminlari va boshkalar, mineral tuzlar (kaliy, temir, kalsiy, 
    fosfor tuzlari va boshqalar), pektin, oshlovchi, bo’yovchi, xushbo’y moddalar bor. S 
    vitamini limon, apelsin, olmalarda ko’p; sabzavotlar bilan bir qatorda ular 
    organizmni ushbu vitaminlar bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. O’rik, 
    olxo’ri mevalari tarkibida karotin, sitrus o’simliklari mevalarida vitamin R ko’p. 
    Mevalardagi turli foydali moddalarning birikkan holda bo’lishi ularning oziqlik, 
    parhezlik, shifobaxshlik xususiyatini oshiradi. U yoki bu moddalarning miqdori 
    meva turiga qarab keskin o’zgaradi. Masalan, uzum, anjir, xurmo, o’rik, shaftoli, 
    gilos, olcha, olxuri, olma, behi, apelsin, mandarin tarkibida qand moddasi ko’p 
    bo’ladi. Limon, olxuri, olcha, o’rik, qulupnay, malina va boshqalarning ko’pgina 
    navlari organik kislotalarga boy. Organik kislotalar ovqat hazm bo’lish jarayoni 
    uchun zarur bo’lgan kislota muvozanatini ta’minlaydi. Bu shuning uchun ham 
    zarurki, iste’mol qilinadigan ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlarida kislotalar yo’q 
    darajada bo’ladi.

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslari

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish