|
O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslariBog'liq pazandachilik asoslari DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans1. Qovurish: a) ochiq qovurish (masalan, kabob pishirish); b) yog’da qovurish
(ko’p yoqqa oz masalliq solib qovurish); v) jazlash (oz yog’da ko’p masalliq solib
qovurish); g) yog’ni (qo’y yoki mol yog’i) eritib jazlash va hokazo.
2. Qaynatish: a) suvda qaynatish; b) sutda qaynatish.
3. Bug’lash: a) qasqonda bug’lash; b) qozonda dimlash.
4. Tandirda pishirish: a) devor tandirda pishirish; b) yer tandirda pishirish; v)
duxovkada pishirish.
5. Murakkab kombinasiya pishirish: a) qovurib qaynatma (qovurma
sho’rva); b) qovurib, dimlash (palov) kabi.
Salatlar asosan, sabzavotlardan tayyorlanib, ularning xili 20 dan ortikdir.
Yaxna ovqatlar go’sht, baliq, tuxum, shuningdek sabzavotlar (oshqovoq, sholg’om
va boshqalar)dan tayyorlanadi. Hasip, qovurilgan yoki qaynatilgan tovuq, qazi kabi
yaxna taomlar issiq hamda sovuq holida iste’mol qilishadi. Umuman yaxna
ovqatlarning turi 100 ga yaqin.
Suyuq ovqatlar, asosan, uch xil usulda pishiriladi: qovurib pishirish, qaynatib
pishirish, sut va qatiq qo’shib pishirish. Suyuq ovqat (sho’rva, suyuq osh, xo’rda,
mastava)larda don, xamir, sabzavot keng qo’llanilgan holda ular go’shtli, go’shtsiz,
sutli, qatiqli qilib tayyorlanadi. Ularning xillari 100 dan ortiq.
Quyuq taomlar, asosan, palov (40 xil), kabob (20 xil), shavla va bo’tqa (30
xil), xamirli ovqat (30 xil), dimlama va bug’lama, qovurma va do’lma (100 xil) dan
iborat bo’lib, taom rasionining eng ko’pini tashkil qiladi.
Xamir taomlar nonlar, somsalar, varaqi, chakchak, o’rama kabilar bo’lib,
7
tandirda, gaz duxovkasida, qozonda (yoqqa qovurib yoki qaynatib) pishiriladi,
ularning xili 130 dan ortiqdir. Shirinliklar qiyom va murabbolar, holva hamda
boshqa qandalat xillarini o’z ichiga olib, 100 dan ortiq turi bor. Hozirgacha o’zbek
taomlarining 500 xili to’plangan
|
| |