|
O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev serv I s mehnat ta’limi pazandachilik asoslariBog'liq pazandachilik asoslari DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya transMineral tuzlar mineral moddalar organizmdagi barcha tuqimalar tarkibiga
kiradi va organizmning xayot faoliyati jarayonida to’xtovsiz sarflanib boradi.
§1.2. ME’YOR ASOSIDA OVQATLANISH
Inson organizmi uchun ovqatlanish rejimi muhim rol o’ynaydi. U kuniga necha
mahal va qancha vaqt oralatib ovqat yeyilishini, sutkalik rasion kaloriyalarining
ovqat mahallari orasida taqsimlanishini o’z ichiga oladi. Kuniga to’rt mahal ovqat
yeyish maqsadga muvofiq, chunki bunda xazm yo’liga tushadigan ovqat miqdori bir
tekis bo’ladi va hazm shiralarining kuchi raso bo’lib, ovqat batamom qayta
ishlanadi. Ovqatni hamisha bir vaqtda yeyish belgili paytda eng faol me’da shirasi
ajralish refleksini hosil qiladi. Kuniga to’rt mahal ovqatlanishda kunlik miqdor, kun
tartibi va o’rganilgan odatga qarab taqsimlab chiqiladi. Ovqat miqdorining
quyidagicha taqsimlanishi ayniqsa maqsadga muvofiq: nonushta-25%, tushlik ovqat
35%, tushdan keyingi ovqat 15%, kechki ovqat 25%. Har qanday holda ham oxirgi
ovqatni uyqudan kamida 2 soat ilgari yeyish kerak. Ovqatning to’g’ri hazm bo’lib
turishida uning harorat rejimi ham muhim. Issiq ovqatning harorati 50-60°C
atrofida, sovuq holicha yeyiladigan taomlar harorati, odatda 10°C dan kam
bo’lmasligi lozim.
Keksa kishilarning ovqatlanishi. 60 va undan kattaroq yoshdagi kishilarda
moddalar almashinuvi jarayoni birmuncha susayib, ayrim oziq moddalarni
singdirish qobiliyati ham o’zgaradi. Ularda, ovqat quvvatlari va qabul qilinadigan
oqsillar, yog’lar hamda uglevodlarga bo’ladigan ehtiyojning o’zgarib qolishi (o’rta
yosh kishilardagiga qaraganda) ham shunga bog’liq.
(1-jadval).
Yoshi
Kalloriyalar
kkal
Oqsillar, g
Yog’lar , g
Uglevod
lar,g
Jami
Jumladan
hayvon
oqsillari
jami
Jumladan
o’simlik
yog’lari
Erkaklar
60-70
2350
80
48
76
27
320
70 dan
katta
2200
75
45
71
25
300
|
| |