Diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash




Download 0.63 Mb.
bet13/18
Sana25.03.2017
Hajmi0.63 Mb.
#2200
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash. Tireotoksik buqoqda operatsiyalarni endotraxeal narkoz ostida boshqariluvchi sun'iy nafas olish yo‘li bilan bajargan ma'qulroq, bunda bemor osoyishta sharoitda operatsiya qilinadi, ruhiy shikastlarning oldi olinadi, barqaror arterial bosim va normal nafas olish ta'minlanadi. Tireotoksikozning og‘ir turlarida, ayniqsa asab buzilishi chuqur kechayotganda, bemorni operatsiya xonasiga uxlagan holda olib kirilishi, bemor uchun katta ahamiyatga ega.

Diffuz toksik buqoqda, qalqonsimon bezni O.V. Niko­laev taklif etgan usul bo‘yicha - subtotal subfassial strumektomiya amaliyotini bajarish - eng radikal usullardan biri hisoblanadi. Bunda bez to‘qimasining traxeya oldidagi har bir bo‘lagidan ≈ 4-8 grammgacha kattalikdagi qismi qoldiri-ladi. Qolgan ko‘chilik usullar (Drachinskaya, Breydo usullari va b.), ushbu operatsiyaning takomillashtirilgan turlaridan bo‘lib, bez to‘qimasidan qaerda va qancha qoldirilishi bilangina farqlanadi. Jarrohlik amaliyoti jaroyonida qon ketish xavfi bo‘lganda, avvalo qalqonsimon bez arteriyalari Koxer usuli bo‘yicha bog‘lanishi, so‘ngra mo‘ljallangan operatsiya bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Buqoqning tugunli va aralash turlarida ilgari ”enukleatsiya” (tugunni to‘qimadan sidirib olish) operatsiyasi bajarilib kelinar edi. Operatsiyadan keyingi davrda, bu toifa bemorlarning ba'zilarida tugun yonidagi bez to‘qimasida joylashgan, ko‘zga ko‘rinmaydigan (mayda) tugunchalarning keyin-chalik rivojlanib, kasallik retsidivi (qaytalanishi) ni yuzaga keltirishi mumkinligi aniqlandi. Buni hisobga olgan holda, keyingi yillarda qalqonsimon bez tugunini yon to‘qimalari bilan Mikulich usuli bo‘yicha rezeksiya qilish operatsiyasini qo‘llash, yaxshi natijalar bermoqda.

Odatda, bu bemorlarda: operatsiya davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (intraoperatsion) asoratlar, operatsiyadan keyingi davrda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (postoperatsion) ertangi va kechki asoratlar tafovutlanadi.

Intraoperatsion asoratlar: qon ketishi, qaytuvchi nervlar zararlanishi, havo emboliyasi, paraqalqonsimon bezlarning shikastlanishi. Ikkala qaytuvchi nervlar zararlanganda bemorda o‘tkir asfiksiya holati yuz berishi mumkin, bunda traxeyani zudlik bilan intubatsiya qilish yoki traxeostomiya bemorni qutqarib qolishi mumkin.

Operatsiyadan keyingi erta davrda yuz beradigan xavfli asoratlardan biri - tireotoksik krizning rivojlanishi hisoblanadi. Tireotoksik krizning ilk belgilari: tana haroratining 40º gacha va undan yuqoriga tez fursatda ko‘tarilishi, tobora ortib boruvchi taxikardiyaning boshlanishi Arterial qon bosimi avvaliga ortadi, keyin esa pasayadi, bemorda ruhiy (psixik) buzilishlar kuzatiladi. Uning rivojlanishida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatining operatsion stressga bog‘liq holda, uning yetishmovchili muhim o‘rin tutadi. Krizni davo­lash detoksikatsion muolaja bilan birga, buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligiga qarshi muolaja olib borish lozim bo‘ladi.

Paratireoid tetaniya, rezeksiya qilingan qalqonsimon bez bilan birga yoki atipik joylashgan paraqalqonsimon bezlar operatsiya jaroyonida olib tashlanganda, yoinki ular gematoma yoki shish bilan ezilganda, paraqalqonsi-mon bezlar yetishmovchiligi tarzida yuzaga keladi. Bemor qo‘l mushaklarida tetanik talvasa rivojlanadi, yurak mushaklari ishi keskin buziladi, yuz niqobsimon qiyofaga kirib, zo‘rma-zo‘raki jilmayish paydo bo‘ladi, bemor og‘zi “baliq og‘zi”ga o‘xshab qoladi. Talvasalar oyoqlarga tarqaladi, tonik xarakterga kiradi, og‘riydi. Paresteziya yuz beradi, oyoq-qo‘llar muzlashi, tovushning bo‘g‘ilishi, “doya qo‘li” belgisining kelib chiqishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda o‘lim sodir bo‘ladi. Paratireoid tetaniyani davolash masala-larida to‘xtalganda, organizmni qonda yetishmayotgan kalsiy preparatlari bilan yetarli darajada to‘yintirishning muhimligini qayd etish lozim.

Traxeomalyasiya. Uzoq muddat mavjud bo‘lgan buqoqda, ayniqsa uning retrosternal (to‘sh suyagi ortida) joylashuvida, buqoq bo‘lgan bezning traxeyani doimiy ezib turishi oqibatida, traxeya xalqalarida degenerativ o‘zgarishlar yuzaga kelib, ularning yupqalashishiga olib keladi (traxeoma-lyasiya). Buqoq olib tashlangandan keyin, traxeyadan intubatsion nay chiqarilgach yoki operatsiyadan keyingi ilk davrda, traxeya yumshab qolgan kismida buralish yoki devorlari bir-biriga yopishib, bo‘shlig‘i torayib qolishi mumkin. Bu holatda, bemorda o‘tkir asfiksiya rivojlanadi va bemorga shoshilinch traxeostomiya qo‘yilmasa yoki sun'iy nafas olishga o‘tkazilmasa, bemor o‘limga mahkum bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bezning traxeya devoriga o‘sib kirgan rak o‘smasi (saraton) olib tashlanganda ham traxeomalyasiya yuz berishi mumkinligini yodda tutish zarur.

Operatsiyadan keyin yuz beradigan gipotireoz qalqonsimon bez faoliyatining yetishmovchiligidan, ya'ni qalqonsimon bez butunlay olib tashlanganda rivojlanadi. Bu asorat, umumiy 6ehollik, uyquchanlik, doimiy charchoq sezish, loqaydlik, bemorlar harakatining sustlashishi tarzida na-moyon bo‘ladi. Bemor tanasining terisi quruq, ajin bosgan, biroz shishgan bo‘ladi. Uning sochlari to‘kila boshlaydi, oyoq-qo‘llarida og‘riq paydo bo‘ladi, jinsiy faoliyati sustlashadi. Bunda bemor terisi ostiga tireoidin yoki qalqonsimon bezning boshqa preparatlari tayinlanadi. Hozirgi davrda, mikroxirurgiya texnikasining rivojlanganligi tufayli, bemorlarga bez transplantatsiyasini qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Taassufki, bu ope-ratsiyalar vaqtincha naf beradi, amalda esa asosan o‘rnini bosuvchi muolaja qilinib boriladi.

Qalqonsimon bezda bajarilayotgan operatsiya vaqtida qaytuvchi nervning shikastlanishi, ko‘p uchraydigan asoratlardan biridir. Bu xavf, pastki qalqonsimon arteriyalarning qaytuvchi nervlar bilan o‘zaro anatomik bog‘liq bo‘lganida, ularni bog‘lash vujudga kelganda yuz beradi. Nerv bir yoki ikki tomonlama shikastlanishi mumkin. Keyingi holda asorat fojiaga aylanadi, chunki jarroh darhol traxeostomiya yoki traxeya intubatsiyasi o‘tkazmasa, asfiksiya holati yuzaga kelib, bemor operatsion stolda qolishi mumkin.

Nervning bir tomonlama shikastlanishi, operatsiyadan keyingi davrda tovush yorig‘i boylamlarining bir to­monlama parezini yuzaga keltiradi va bu holatda tovushning buzilishi kuzatiladi (afo­niya). Vrach-foneator tomonidan tegishli muolaja qilingach, odatda 1-5 oy orasida parez yo‘qola-di. Ba'zan esa, muolaja kerakli natija bermaydi va bemorda tovushning buzilishi doimiy saqlanib qoladi.

Havo emboliyasi. Bo‘yin venalari ochilganda yoki buqoqda bez kesilganda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan, g‘oyat kam uchraydigan asorat sanaladi. Odatda havo emboliyasi nomsiz, o‘mrov osti, ichki bo‘yinturuq venalari, miyaning venoz sinuslari shikastlanganda paydo bo‘ladi. Venaga havo kirganligi sezilmay qoladi, biroq emboliya belgilari: sianoz, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, nafas maromi (ritmi) ning buzilishi yoki uning to‘xtashi, xatarli asoratdan darak beradi. Davolash. Traxeyani intubatsiya qilish va sun'iy nafas oldirish, qon quyish, yurak massaji, yurakning o‘ng qorinchasini punksiya qilib, havo bilan aralashgan qonni evakuatsiya qilishdan iborat.

Asfiksiya qator sabablar bilan izohlanadi: markaziy nerv sistemasida bo‘ladigan asoratlar, traxeyaning jarohatlanishi, traxeomalyasiya, gematoma ta'sirida bosilishi, qaytuvchi nervlar shikasti va boshqalar.

Traxeyaning jarohatlanishi – operatsiya jaroyonida kamdan-kam bo‘ladi-gan asorat bo‘lib, xavfli asoratlardan sanaladi. Shikast o‘z vaqtida payqab qolinsa, xavf-xatar bo‘lmaydi, traxeyaga atravmatik nina bilan chok qo‘yiladi, mushaklari plastika qilinadi, zarurat bo‘lsa traxeostomiya bajarilib, traxeyaga naycha o‘rnatiladi.

Jarohatdan qon ketishi va gematomalar. Odatda operatsiyadan keyingi 1, 2 - kunlarda kuzatiladi, hamda bu asorat ko‘pincha qonning bo‘yin a'zolari va to‘qimalariga shimilishi yoki gematoma paydo bo‘lishi bilan o‘tadi. Bunday hollarda, qon oqishi gemostazning ishonchli emasligini, bog‘langan iplarning sirpanib tushishi, mo‘rt yoki yupqa tomirlarda bog‘langan iplarning sitilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu holatda, barcha bemorlarda jarohat ochiladi va keng taftish qilinib, zaruriy choralar qo‘llaniladi. Ayni vaqtda, gemotransfuziya va shokning oldini oluvchi muolajalar qilinadi.

Qolgan asoratlar, boshqa operatsiyalarda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlardir. Ularga shok, zotiljam, jarohatning yiringlashi kiradi. Bu asoratlar qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda kam uchraydi, shu tufayli, ular ustida fikr yuritmaymiz. Qalqonsimon bez operatsiyasida og‘riq-sizlantirish usulini to‘g‘ri tanlash, aseptika va antiseptika qoidalariga qat'iy amal qilish, hamda operatsiyaning hamma bosqichlarini qunt bilan ado etish yaxshi natija garovidir.




Download 0.63 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diffuz toksik buqoqni xirurgik davolash

Download 0.63 Mb.