• Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va funt sterling tanlandi.
  • Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y)




    Download 70.34 Kb.
    bet6/16
    Sana07.11.2023
    Hajmi70.34 Kb.
    #95237
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org
    1-25 бетгача Искандаров, Hfx exam, 123, 2-ameliy VI (qq), Global muammolar - Vikipediya, Fizikadan ekspert xulosasi. 6.1, Ven diagramması, BEST PRACTICE MANUAL HVAC CHILLERS, Kitob 3241 uzsmart.uz, Inklyuziv talim siyosati, A1 yenı sözlükler, FIZIKAVIY (OBYEKTIV) FOTOMETRIYA, cho\'g\'lanma chiroq tuzilishi, 7 - Mavzu (1)
    Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta tizimi
    1922 yilda o`tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi. Bu 
    tizim - oltin andozasiga taalluqli bo`lib, uning yangi ko`rinishi «oltin qo`yilma
    andozasi» hisoblanadi. Oltin qo`yilma andozasi amal qilgan sharoitda, 
    muomaladagi pullar yoki qisman, yoki to`liq qog`oz pullar edi. Huquqiy jihatdan,
    mazkur qog`oz pullarni hohlagan paytda emission bankdan oltinga 
    almashtirish mumkin bo`lgan. Amalda esa, ushbu pullarning ma`lum qismini shu
    yo`l bilan almashtirish mumkin bo`lgan. Emission bank, albatta, pulni to`liq 
    ta`minlash uchun zarur bo`lgan oltinni saqlashi shart emas edi. Belgilangan
    ta`minot (oltin) qanchalik oz bo`lsa, davlatning qo`shimcha qog`oz pullarni 
    chiqarish imkoniyati shunchalik ko`p bo`lgan. Shu sababli, muomaladagi
    qog`oz pul miqdori saqlanadigan metall pul miqdoridan yuqori bo`lgan. Oltinga 


    almashinadigan valyutalar sifatida dollar, frantsuz franki va funt sterling 

    tanlandi.
    Genuya valyuta tizimi atigi 1929 yilgacha amalda bo`ldi. Ushbu tizimning 
    parokandalikka uchrashiga asosiy sabab, urushdan keyingi inflyatsiya ta`sirida
    valyuta pariteti norealligining o`sib borishi bo`ldi. Aksariyat mamlakatlarda 
    inflyatsiya sur`atlarining turli darajada bo`lishi, xalqaro narxlarga bog`liqlikda
    nomutanosiblikning kuchayishiga olib keldi. Masalan, 1925 yilda funt sterling 
    dollarga nisbatan 44 foizdan past bo`lmagan baholanishga ega bo`lgan. Ko`pgina
    mamlakatlarda, iqtisodiyotning ichki va tashqi sohalarida dollar orqali 
    muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Bitta
    valyutaning almashinuv kursining pasayishi, boshqalarining ham qayta 
    baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni tiklash maqsadida, almashuv kursi
    ko`tarilgan mamlakatlarda ham inflyatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan 
    devalvatsiya barcha asosiy valyutalarga ta`sir etdi.
    Ikki jahon urushi oralig`ida xalqaro pul tizimi barqarorligini buzilishiga 
    sabab bo`lgan omillar, faqatgina inflyatsiya va devalvatsiya emas edi. 1931
    yildan boshlab, butun jahon iqtisodiyotini falaj ahvolga solib qo`ygan inqiroz 
    tufayli, valyuta nazorati joriy qilindi. Asosiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq,


    joriy to`lovlarni amalga oshirishga yetarli xorijiy valyuta zahirasini ta`minlash,


    nazorat qilishning asosiy vazifasi edi. 
    Buning uchun, hukumatlar xorijiy valyutaning importi va eksporti ustidan
    nazoratni amalga oshirishlariga to`g`ri keldi. Haqiqatda, tizim uchta valyuta 
    blokiga ajraldi: dollar, funt streng va frank hududli. Bular Ikkinchi jahon
    urushigacha amal qildi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, frank hududi, Afrikaning 
    frantsuz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarida evro muomalaga chiqqunga qadar
    faoliyat yuritdi. 



    Download 70.34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 70.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y)

    Download 70.34 Kb.