|
Tadqiqotlarida
|
bet | 11/12 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #142179 |
Bog'liq 12-mavzu MT-1T= X . K . M
Ushbu formula asosida natijaga uchta omil ta’sir, qilganligini ko‘ramiz. Omilli tahlilning asosiy vazifasi natijaning shu har bir omil evaziga o‘zgarishini topishdan iboratdir. Zanjirli almashtirish usulidan foydalanadigan bo‘lsak rejadagi natijani har bir omil evaziga qayta hisoblab olish lozim. Bu uchun quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
Tovar oboroti hajmining xodimlarning ro‘yxatdagi soni o‘zgarishi
evaziga o‘zgarganligini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Tx = Tx -To = (X1 . Ko . Mo) - (Xo . Xo . Mo)
Bunda Tx - tovar oborotining xodimlarning ro‘yhatdagi sonining
o‘zgarishi ta’sirida o‘zgargan qismi.
Tovar oborotining ikkinchi omil, ya’ni xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha ish kunining o‘zgarganligi evaziga o‘zgarishini ( Tk ) topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Tk = Tk - Tx = (X1 . K1 .M0 ) - (X1. K0 . M0)
Natijaning uchinchi omil - mehnat unumdorligining ta’siri evaziga
o‘zgarishini topish uchun quyidagi formuladan:
Tm = T1 - Tk = (X1 .K1 . M1) - (X1 . K1 . Mo)
|
Bu uchta omilning ta’siri tovar oborotining umumiy farqiga ( T) teng bo‘lishi kerak:
T = Tx Tk Tm
|
Nisbiy miqdorlardan
foydalanish usuli
|
Bu usul ham omilli tahlilda keng qo‘llaniladi, chunki amalda mutloq
raqamlar bilan birgalikda nisbiy miqdorlarning qo‘llanilishi ham tez uchrab turadilar.
Nisbiy miqdordan foydalanish usulining mohiyati natijaga omillar ta’sirini aniqlashda ularning nisbiy o‘zgarishi natijaning nisbiy o‘zgarishidagi ulushida ifodalanishidir. Masalan, ishlab chiqarish korxonasi yalpi mahsuloti hajmi (M), ishchilar soni (I) va ularning mehnat unumdorligi darajasiga (MU) bog‘liq. Bu quyidagi formulada ifodalandi :
|
|
| |