YuIK, miokardit va miokardiodistrofiya etiologiya va patogenezi. YuIK bemorlarni ambulator davosi UASh taktikasi. YuIK birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi. Kardiomiopatiyalar klassifikatsisi. Kardiomiopatiyalarda yurak kurinishi o‘zgarishlari. Miokardiodistrofiyada kardiomegaliyalar kurinishlari. Alkogol miokardiodistrofiya klinika va diagnostikasi. Miokardiodistrofiyalarni etiologiyasiga karab standart davo prinsiplari. Miokarditlar klassifikatsiyasi. Miokarditning diagnostik kriteryalari. Miokarditlarni davolash prinsiplari. YuIK,miokardit va miokardiodistrofiyali bemorlarni dispanser nazorati.
8. Tavsiya etilgan adabiyotlar
Asosiy
Ichki kasalliklar, Sharapov U.F. T: Ibn Sino, 2003
Ichki kasalliklar, Bobojanov S. T: Yangi asr avlod, 2008
Vnutrennie bolezni, tom 1 Muxin N.A. M.: GEOTAR - Media,2009
Textbook of Internal Medicine Editor-in-Chief William N. Kelley 1997
Qo‘shimcha
Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar tuplami , Gadaev A.G., T., 2012
Obщaya vrachebnaya praktika, Pod red.F.G.Nazirova, A.G.Gadaeva. M.: GEOTAR-Media, 2009.
Spravochnik vracha obщey praktiki. Dj.Myorta. M.: Praktika, 1998.
Sbornik prakticheskix navыkov dlya vrachey obщey praktiki. Gadaev A., Axmedov X.S. T., 2010.
Umumiy amaliyot vrachlar uchun amaliy kunikmalar tuplami Gadaev A.G., Axmedov X.S., 2010. T.
Terapevticheskiy spravochnik Vashingtonskogo Pod red. M.Vudli M.: Praktika, 2000.
Umumiy amaliyot shifokori uchun kullanma F.G.Nazirov, A.G.Gadaev taxr. M.: GEOTAR-Media, 2007.
Diagnostika bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.
Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.
Differensialnыy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.
Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (1t) Pod red. Martыnova i dr. M.: GEOTAR - Media, 2005:
Internet manbalar:
http://www.lib.uiowa.edu/hardin/md/index.html,http://dir.rusmedserv.c,http://www.medlinks.ru/,
http://elibrary.ru http://www.freebooks4doctors.com/ http://www.medscape.com/ http://www.meducation.net/ http://www.thecochranelibrary.com
Meditsinskie saytы:
Med.-site.narod.ru
www.medlook.ru
www.medbok.ru
Amaliy ko‘nikma №3
Mavzu: «Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar. Umirtqa pog‘onasining ko‘krak qafasi qismi osteoxondrozi, qovurg‘alararo nevralgiyasi, ko‘krak qafachi jarohatlari, o‘rab oluvchi temiratkilar bilan taqqosiy tashxis o‘tkazish. UASh taktikasi. Tor mutaxassiss yoki shifoxonaga yuborishga ko‘rsatma. QVP va OP sharoitida davolash, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya o‘tkazish tamoyillari. Profilaktika tamoyillari. Ishga layoqatlilikni aniqlash. Mavzuni o‘tish tamoyillari»
O‘qitish texnologiyasi
O‘quv vaqti: 6,4 soat
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
|
Oilaviy poliklinika.
O‘quv tematik xona.
EKG xonasi
UASh xonasi.
O‘quv qo‘llanmalar, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalr va testlar to‘plami
Televizor, video apparatura, multimedia
|
O‘quv mashg‘ulot maqsadi: UASh umirtqa pog‘onasi, ko‘krak oldi devori, yelka muskullar, o‘rab oluvchi temiratki patologiyalarida ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni davolashda optimal variantini tanlash, zamonaviy tashxislash va taqqosiy tashxislashga o‘rgatish, shuningdek sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini sharoitida bemorlarni olib borishda UASh ning malakaviy tavsifnoma tamoyillari
|
Pedagogik vazifalar:
1.Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni tashxislashda variantlar savollarini ko‘rib chiqish
2. Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni ko‘rsatib berish
3.Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni taqqosiy tashxislashda davolash ishlarini hal qilish (nomedikamentoz va medikamentoz)
4. Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni UASh ning malakaviy tavsifnoma tamoyillari savollarini xal qilish
5.QVP va OP sharoitida bemorni olib borish tamoyillari.
6.Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi tamoyillari.
7. Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlari bor bemorlarni ishga layoqatligini hal qilish.
|
O‘quv faoliyati natijasi:
Talaba bilishi kerak:
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni paydo bo‘lish mexanizmi.
Ko‘krak qafasidagi og‘riqlarning klinik paydo bo‘lishi.
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni taqqosiy tashxislash.
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni shifoxonaga yuborishga ko‘rsatmalar.
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni medikamentoz dorilar bilan davolash.
Nomedikamentoz davolash usullari.
QVP va OP sharoitida ushbu bemorni kuzatish va monitoring olib borish tamoyillari.
Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika chora tadbirlarini olib borish tamoyillari.
Talaba bajara olishi kerak:
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarli bemorlarni ushbu kasallik bilan bemorlarni shikoyatini va anamnezini taxlillash
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlari bor bemorlarni laborator instrumental tekshirish va klinikasiga ko‘ra taqqosiy tashxis o‘tkazish.
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlari bor bemorlarni ishga layoqatligini aniqlash.
Umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasidagi ko‘krak qafasidagi og‘riqlari bor bemorlarni davolash tamoyillari taktikasi.
Ushbu kasallikni sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha nomedikamentoz davolash bo‘yicha maslahat berish
|
O‘qitish usullari
|
“ Stol o‘rtasida ruchka ”, grafikali organayzer – konseptual jadval, demonstratsiya, video ko‘rish, diskussiya, suhbat, vaziyatli masalalar va testlarni yechish usullari.
|
O‘quv faoliyatini tashkillashtirish shakllari
|
Individual ishlash, kichik guruhlarda, kollektivli, auditorli, auditorlidan tashqari ishlash.
|
O‘qitish manbalari
|
Tarqatma o‘quv materiallari, vizual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiy xaritalar komplekti, jadvallar, stendlar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv materiallar, bemorlar EKG si.
|
Qayta aloqa usullari va manbalari
|
Blis-so‘rovlar, testdan o‘tkazish, o‘quv topshiriqlarni bajarilgan natijalarini prezentatsiyasi, tibbiy xarita to‘ldirilishi, amalaiy ko‘nikmalarni «professional darajada» bajarilishi.
|
Mashg‘ulotning texnologik haritasi
Mavzu: «Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar. Umirtqa pog‘onasining ko‘krak qafasi qismi osteoxondrozi, qovurg‘alararo nevralgiyasi, ko‘krak qafachi jarohatlari, o‘rab oluvchi temiratkilar bilan taqqosiy tashxis o‘tkazish. UASh taktikasi. Tor mutaxassiss yoki shifoxonaga yuborishga ko‘rsatma. QVP va OP sharoitida davolash, dispanser kuzatuv, nazorat va reabilitatsiya o‘tkazish tamoyillari. Profilaktika tamoyillari. Ishga layoqatlilikni aniqlash. Mavzuni o‘tish tamoyillari»
№
|
Amaliy dars bosqichlari
|
Dars shakli
O‘tkazilish joyi
|
Dars davomiyligi
225
|
1
|
Kirish qismi (mavzuni asoslash)
|
|
10
|
2
|
Mavzuni yangi pedagogik interfaol uslublarni qo‘llagan holda muhokama qilish (usul «ari ini»), hamda demonstratsion materiallarni taqdim qilish (tibbiy xaritalar komplektlari, plakatlar, rentgenogrammalar), boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash.
|
So‘rov, muxokama
Dars xonasi, UASh xonasi
|
40
|
3
|
Muxokama natijasini chiqazish
|
|
10
|
4
|
Amaliy qismni amalga oshirish uchun vazifa aniqlash- mutaxassis so‘rovi.
Tibbiy xaritalarni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar va maslahatlarni tushuntirish.
|
Muxokama
UASh xonasi
|
20
|
5
|
Amaliy qismni o‘qituvchi nazorati ostida o‘zlashtirish.
|
Mutaxx. So‘rovi. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy xaritalarni to‘ldirish, muammoli masalalar.
Bemorlarni poliklinikada qabul qilish, uyga chaqiriq vaqtida bemorlarni ko‘rigi.
|
20
|
6
|
Bemor haqidagi axborotlar interpretatsiyasi: shikoyatlar, ko‘rik, perkussiya, auskultatsiya, hamda UQT, UST va biokimyoviy tahlillar va tashhisni shakllantirish.
|
Kasallik tarixi, laborator taxlillar, muammoli masalalar.
|
25
|
7
|
Talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholash.
|
Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni aniqlash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi
|
75
|
8
|
Amaliy dars mavzusi bo‘yicha xulosa qilish, 100 balli tizimda baho qo‘yish va bahoni e’lon qilish. Keyingi darsni uy vazifasi sifatida berish(savollar to‘plami).
|
Axborot, mustaqil ish uchun savollar.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi
|
25
|
2. Motivatsiya
Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida qiyin vazifalardan biri, ko‘krak qafasidagi og‘riqlari bor bemorlarni olib borishda har xil kasalliklardan ajratib olish (umirtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi old devori, yelka muskullari patologiyasi), QVP va ShVP sharoitida UASh ushbu bemorlar savollarini yechishi, davolash va mutahassisga yuborish uchun yo‘llanma berish. Bu holat UASh tayyorlash dasturi mavzulariga kiritilgan.
Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi
Ushbu mavzu bo‘yicha talabalarni o‘qitish anatomiya, gistologiya – embriologiya va sitologiyasi bilan, normal fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya. Topografik anatomiya va operativ jarrohlik. Ichki kasalliklar propedevtikasi, tuberkulez, onkologiya. Rentgenologiya va tibbiy radiologiya. Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlariga asoslangan.
4. O‘qish mazmuni
4.1. Nazariy qism
Nazariy qismda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi:
Umirtqa pog‘onasi kasalliklari. Poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarda ko‘plab uchraydigan sabablardan biri, ko‘krak qafasidagi og‘riqlardir, ya’ni umirtqa pog‘onasining bo‘yin qismi osteoxondrozi, umirtqa pog‘onasi diski churrasi bilan murojaat qiladi. Ushbu kasalliklarda og‘riq to‘mtoq, simillovchi xarakterga ega, ba’zan ko‘krak qafasining har qanday joyiga lokalizatsiya qiladi, ayniqsa to‘sh ortiga. Og‘riqlar chuqir nafas olganda va xarakat qilganda kuchayadi. Umirtqa pog‘onasi va yelka bo‘g‘imlari kasalliklari. Umirtqa pog‘onasi disklar churrasi va orqa miyaga ularning prolapsi, bo‘yin va ko‘krak qafasi qismi osteoxondrozi. Umirtqa pog‘onasi yoki yelka bo‘g‘imi jarohatlari. Umirtqa pog‘onasining birlamchi yoki metastatik o‘smalari.
Umirtqa pog‘onasining chuqur deformatsiyasi (kifoz, skolioz) yoki qovurg‘alar, to‘sh deformatsiyasi, bemor tekshiruvida umirtqa pog‘onasidagi nerv ohirlari va muskul og‘riqlari paydo bo‘lishida, herpes zoster aniqlanishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar kuzatilishiga olib keladi.
Ko‘krak qafasining nafasli harakatida yoki nafas aktida bir tomonlama orqada qolishiga, o‘pka, plevralar shikastlanishi, diafragma yoki qovurg‘alararo muskullar jarohatlari olib keladi.
Ushbu holat bilan ko‘krak qafasi paypaslanganda suyak-muskul apparati va periferik asab tizimi kasalliklarini aniqlash mumkin. Qovurg‘alarni paypaslaganda siniq qovurg‘alarni aniqlash mumkin. To‘sh sohasi va orqa qovurg‘alar tugashini bir vaqtda basib ko‘rish, singan joydagi og‘riq lokalizatsiyasini yoki patologik jarayonni topish samaralidir. Ko‘krak yoki bo‘yin radikulitida boshni qattiq bosib ko‘rilganda, nerv ohirlari sohasida og‘riqlar kuchayadi.
Ko‘krak qafasidagi muskullarni maqsadli paypaslab, qaysi muskul patologiyasi borligini aniqlaydi. Qovurg‘alararo muskul og‘riqlari chuqur nafas olganda, yo‘talganda, to‘satdan burilganda va tana oldinga egilganda og‘riqli bo‘ladi. Ko‘krak qafasi muskullaridagi og‘riqlar, qo‘llarni orqaga uzatganda kuzatiladi va muskullar tonusi aniqlanadi.
Muskul-fassial yoki qovurg‘a-umirtqa og‘riqlari (visseral) quyidagicha xarakterlanadi:
Doimiy lokalizatsiya.
Muskullar guruhi va tana holati zo‘riqishdagi og‘riqlar shartsiz bog‘liqdir.
Surunkali kechishdagi og‘riqlar kam intensivli og‘riqli, “umumiy simptomlar” bo‘lmaydi, balkim o‘tkir jarahatlarda aniq namoyon bo‘ladi.
To‘g‘ri yo‘nalishli paypaslash patologiyani topishda aniqlik beradi, ayrim muskullar guruhi paypaslanganda (chegaralangan) mahalliy og‘riqlar, muskul gipertonusi va triggerli zonalar ko‘pligi aniqlanadi.
Og‘riqlar mahalliy ta’sir ko‘rsatilganda kamayishi yoki yo‘qolishi kuzatiladi (xantallar, garimdorili plastirlar, massaj, akupunktura, elektroforez, og‘riqli infiltratsiyali zonani novokainli, gidrokortizonli blokada qilish).
Radikulyar og‘riq uchun, qovurg‘alararo nevralgiyasi quyidagicha xarakterlanadi.
Kasallikni o‘tkir boshlanishi yoki surunkali kechishida kasallikni to‘satdan qo‘zg‘alishi
Nerv joylashgan zonaga mos joyda og‘riqli lokalizatsiya kuzatilishi.
Umirtqa pog‘onasi harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlar.
Bo‘yin va ko‘krak umirtqasi radikulitidagi nevrologik simptomatikasi.
Nerv tolalarining mahalliy chiqadigan joyidagi to‘satdan mahalliy og‘riqlar bo‘lishi.
UASh taktikasi. Ambulator davo. Umirtqa pog‘onasini immobilizatsiya qilish (qattiq to‘shakli yotoq), issiq qilish, analgetiklar – og‘riqlarni bartaraf qilishda, davolashning asosiy triada usulidan foydalanish. Mahalliy-ta’sirlash usulini qo‘llash – sillash. Manual terapiya. Umirtqani tortish, massaj, davolash fizkultura, fizioterapevtik muolajalar, blokada keng qo‘llaniladi. Sanator krort davolash kasallikni profilaktika qilishda va davolashda asosiy rol o‘ynaydi. To‘liq konservativ davolashga (3-4 oy) qaramay og‘riq davomiylik intensivligi kuchaysa, bemorga shifoxonada davolanish taklif qiladi. Falajlanuvchi ishiaslarda, umirtqa diskining churrasi sababli ot yoyi siqilishidagi bosim sababli operatsiyalarga mutloq ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
O‘rab oluvchi temiratki varicella- zoster suvchechak bilan kasallangan bemorlar orqa miya gangliyalarida virusni bo‘lishi va virus reaktivligi natijasida kasallik rivojlanadi. Virus reaktivatsiyasi sabablari noaniq bo‘lib, immun tanqis holatlarda ya’ni, masalan, leykoz va limfomalar, umirtqa pog‘onasida nurli davo olganda, umirtqa pog‘ona va orqa miya o‘smasida kuzatiladi. Kasallik har xil yoshda kuzatiladi, hattoki homiladorlik vaqtida homila ichidaligida virus varicella- zoster yuqsa ko‘krak yoshdagi bolalarda ham kasallik kuzatiladi. Kasallikni klinik belgilariga asoslanib tashxis qo‘yiladi.
Klinikasi: Kasallik shikastlangan gangliyalar innervatsiya zonalaridagi giperesteziya va nerv oxirlaridagi og‘riqlar bilan boshlanadi. Kasallikning bir necha kunidan keyin, orqa miya nerv ohirlarining bitta yoki ikkita innervatsiya zonalarida toshmalar paydo bo‘ladi. Toshmalar infiltrativ va giperemiyali sohalarda avval papulalar paydo bo‘ladi. Ushbu papulalar vezikulalarga va pufaklarga aylanadi, ular esa o‘z navbatida pustulaga aylanadi. Keyinchalik qatqaloq paydo bo‘lib, kasallikning 10-14 – kunlari ko‘chib tushadi va o‘zidan gipopigmentatsiya qoldiradi. Shikastlanish asosan bir tomonlama bo‘ladi. Tananing har qanday joyi shikastlanishi mumkin. Lekin toshmalar qovurg‘alararo va uch shoxli nerv innervatsiyasi zonasi bo‘yicha lokalizatsiya qiladi. Periferik limfa bezlarining kattalashi kuzatiladi. Asoratlari: 1. Ko‘p kuzatiladigan: postgerpetik nevralgiya (70-80% bemorlarda bir yil ichida o‘tib ketadi, qolgan bemorlarda yillar davom etadi), blefarit, keratit, uveit. 2. Kamroq kuzatiladigan- periferik muskullar falaji. 3. Juda kam xollarda- meningoensifalit kuzatilishi mumkin.
Davolash: Mahalliy: Mahalliy dori vositalarini ko‘p ishlatish ikkilamchi bakterial infeksiya rivojlanishiga olib kelishini bemorlarga tushuntirish kerak. Kalaminli salfetkalarni ishlatganda og‘riq kamayadi, lekin ularni olish og‘riqlidir, shuning uchun og‘riqlarni kamaytirish uchun sovuq salfetkalar ishlatiladi. Plenka xosil qiladigan mentolli dorilar o‘ta samaralidir. Mahalliy asiklovir malhami ishlatsa bo‘ladi.
Umumiy davo: Aspirin, parasetamol, yoki kodeinli parasetamol buyuriladi. Asiklovirni ichishga (800 mg kuniga 5 marta 7 kun, dorini kasallikni 72 soatdan kech bo‘lmagan vaqtda, toshma toshishi bilan qabul qilinishi kerak) buyuriladi, bu kasallikni davomiyligini va atrofdagilarga yuqish hafini kamaytiradi. Asiklovir o‘rniga ba’zan kortikosteroidlar qabul qilinadi (prednizolon ichishga- 1-hafta – 50 mg/sut, 2-hafta – 25 mg/sut, 3-ya hafta – 12,5 mg/sut).
Umirtqa pog‘onasi ning ko‘krak qismi osteoxondrozi, qovurg‘alararo nevralgiyasi, ko‘krak qafasi jarohatlari, o‘rab oluvchi temiratkining taqqosiy tashxislash
Kasallik turlari
|
Etiofaktorlar
|
Og‘riqlar xarakteri
|
Og‘riqlar paydo bo‘lish mexanizmi
|
Klinik simptomlari
|
Umirtqa pog‘onasining ko‘krak qismi osteoxondrozi
|
Yoshi, gipodinamiklik.
|
Og‘riq to‘mtoq, sanchuvchan va ko‘krak qafasining turli qismlariga lokalizatsiya qilishi
|
Umirtqa pog‘onasi disklari, tog‘aylari shikastlanadi, natijada umirtqa pog‘onalar oralig‘i torayib, u yerdan o‘tadigan orqa miya nerv oxirlarining siqilishi kuzatiladi.
|
Vegetativ irritativli sindrom, reflektorli va kompressionli genezli
|
Qovurg‘alararonevralgiya
|
Sovuq qotishdan yalig‘lanish jarayoni rivojlanadi
|
Lokal og‘riqlar, sanchuvchan xarakterli, bosib ko‘rilganda og‘riq kuchayadi.
|
Nerv ohirlarining yallig‘lanishi.
|
Og‘riqlar yallig‘lanish jarayoniga bog‘liq, bosib ko‘rilganda og‘riqlar kuchayadi
|
O‘rab oluvchi temiratki
|
Sovuq qotishda virius sababli kelib chiqadi
|
Toshma toshadigan joyda kuydiruvchi og‘riq kuzatiladi
|
Bu kasallik suvchechakning latentli virusi faollashi natijasida kelib chiqadi.
|
Yallig‘lanish orqa miya nerv ohirlarida va umirtqa pog‘onasi gangliyalarida, shuningdek isitma ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya, nerv yo‘nalishi bo‘yicha ekzantema va sezuvchanlik oshishi, 3-4 kunlardan keyin toshmalar toshishi kuzatiladi.
|
Ko‘krak qafasi jarohatlari
|
Turli xil jarohatlar
|
Yurak sohasida yoki jarohat olgan sohada similovchi og‘riqlar bo‘lishi
|
Jarohat natijasida qovurg‘alararo nervlarning ta’sirlanishi yoki siqilishi
|
Haraktda yoki tegib ketganda og‘riqlar kuzatilishi
|
UASh taktikasi
UASh birinchi navbatda yurak patologiyalarini inkor qilishi shart: O‘MI, nostabil stenokardiya, o‘tkir ko‘krak qafasi jarohatlari, o‘rab oluvchi temiratki va b. shoshilinch birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shoshilinch shifoxonaga yuborish talab qiladi.
Zarurat bo‘lsa nevropatolog maslahatiga yuborish kerak. Poliklinika sharoitida toifa xizmatiga asoslanib umirtqa polg‘onasining ko‘krak qismi osteoxondrozi nerv oxirlari sindromi, yaqqol namoyon bo‘lmagan qo‘zg‘alishi bilan, qovurg‘alararo nevralgiyasini tashxislash va davolash.
«AYLANA STOL» USULINI QO‘LLASh
Maqsad: mavzuni muxokama kilishda xamma talabalarni ukuv jarayoniga jalb kilib, talaba bilimini nazorat kilish mumkin. Usulning asosiy sharti: kogozga yozilgan shartlarni, aylantirish. Xar bir talaba uz variantiga tugri keladigan javobni yozib, kogozni keyingi ishtirokchiga uzatib yuboradi. Muxokama kilinganda notugri javoblar chizib tashlanadi, bu esa talabani dars sungida baxolashga kulaylik yaratadi. Bilimlarni nazorat kilish ogzaki va yozma shaklda olib borish mumkin.
Masalan: osteoxondrozni davolashda ishlatiladigan dorilardan xoxlagan bir guruxidan bitta dori yozish (NYaKV, xondroprotektorlar) natijalar talabar bilan =isoblanadi va muxokama kilinadi.
№
|
Baholash
|
A’lo
|
O‘rtacha
|
Qoniqarli
|
Qoniqarsiz
|
Yomon
|
|
O‘zlashtirish %
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va past
|
1
|
Nazariy qism
|
20-17,2
Ball
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
4.2 Taxliliy qism
4.2.1. Vaziyatli masalalar:
Vazifa
KVP ga uydan chakirik tushdi. Erkak kishi 58 yoshda, yurak soxasidagi xurujsimon ogrik bezovta kiladi, davomiyligi 30 dakika, chap yelka va kulga irradiatsiya kiladi, ulimdan kurkish.
Anamnezidan: xurujlar xaftasiga 2-4 marta kuzatilgan, ichgan dorilari samarasiz bulgan. Tibbiy tez yordam shifokori narkotik analgetik yuborgandan keyingina ogriklar kolgan. Xuruj kuzatilmaganda uzini yaxshi xis kiladi. Ukituvchi bulib ishlaydi, kuniga 5-6 ta sigaret chekadi. Otasi YuIK bilan xastalangan.
Ob’ektiv tekshirilganda: ChSS 76 zarba dakikasiga, aritmik, yurak tonlari bugiklashgan. AB 120/70 mm sm.us..
1
|
ShAM kunikmalari asosida bemorni kabul kildi
|
Salomlashdi, uz karshisiga utkazdi, pasport kismini qbulb? Bemorga ismi bilan murojaat kildi, bemor tushinadigan sodda tilda va oddiy suzlar ishlatdi.
|
2
|
Asosiy va ikkilamchi shikoyatlarini anikladi
|
Asosiy shikoyatlari: yurak soxasida xurujsimon ogriklar, davomiyligi 30 dakika, chap yelka va kulga irrodiatsiya kiladi. Ikkilamchi shikoyatlari: ulimdan kurkish
|
3
|
Anamnesis morbi
|
Xurujlar xaftasiga 2-4 marta kuzatilgan, ichgan dorilari samarasiz bulgan. Tibbiy tez yordam shifokori narkotik analgetik yuborgandan keyingina ogriklar kolgan. Xuruj kuzatilmaganda uzini yaxshi xis kiladi
|
4
|
Anamnesis vitae
|
Ukituvchi bulib ishlaydi, kuniga 5-6 ta sigaret chekadi. Otasi YuIK bilan xastalangan.
|
5
|
Xavf omillarini anikladi
|
Boshkarilmaydigan: jinsi, yoshi, nasli (Otasi YuIK bilan xastalangan.).
Boshkariladigan: yomon odatlari kasbi ukituvchi
|
6
|
Bemor muammolarini anikladi
|
Asosiy: yurak soxasidagi ogrik Yondosh: yomon odatlari
|
7
|
Ob’ektiv kurik utkazdi
|
Teri va kurinarli shillik kavatlari och pushti rangda. Kalkonsimon bez paypaslanganda kattalashmagan. Upkada vezikulyar nafas. Yurak tonlari bugiklashgan, aritmik. AB 120/70 mm.sm.us. ChSS 76 zarba dakikasiga. Jigar va talok kattalashmagan. Najas va peshob kelishi erkin.
|
8
|
Taxminiy tashxis kuydi va toifa xizmatini belgiladi
|
Asos.: UKS, korinchalar ekstrosistoliya tipli ritm buzilishi Laun buyicha 1 sinf.
Kategoriya 2
|
9
|
Toifa xizmatiga xos tekshiruv rejalarini anikladi.
|
3.1.: UKT, UST, EKG, kondagi kand, VSK.
3.2.: BAK (AST, KFK-MV, troponin, LDG, mioglobin), lipid spektr, koagulogramma
EXOKS, Angiokoronarografiya, Xolterovskiy monitoring.
|
10
|
Mustakil amaliy kunikmalarni bajardi
|
EKG
|
11
|
laborator-instrumental tekshiruvlar taxlili interpretatsiyasini utkazdi
|
OAK: Nv-120, er-3,5, leyk.-6,2, EChT-8 mm/ch
BAK: mochevina-7.3, kreatinin- 0.08, um oksil-74g/l, glyukoza-5.4 mmol/l, AST-0,2, Umum. xolesterin- 7,0 mmol/l,
Koagulogramma: PTI-100 %
UST: tinik. Sol ogr.- 1018, oksil -abs., epit.-0-1/1 , leyk.-0-1/1, er-0-1/1, shillik abs.
EKG: ritm sinusoli, ChSS 76 zarb. YuEU siljimagan. III va AVF tarmoklarida ST tishlari kutarilgan, yagona korinchali ekstrasistoliya kuzatiladi.
EXOKS: ChK orka devori gipokineziyasi.
|
12
|
Takkosiy tashxis
|
Stabil stenokardiya, miokard infarkti, nostabil stenokardiyaning boshka turlari
|
13
|
Yakuniy tashxis kuydi va toifa xizmatini belgiladi
|
Asos.: YuIK. Vazospastik stenokardiya, korinchalar ekstrosistoliya tipli ritm buzilishi Laun buyicha 1 sinf.
Kategoriya 2
|
14
|
Bemorga talukli profilaktika guruxini anikladi
|
Ikkilamchi b – samarali isbotlangan dorilar bilan davolash
Uchlamchi – asoratlar oldini olish va davolash, reabilitatsiya, dispanserizatsiya
|
15
|
Nomedikamentoz davo
|
Soglom turmush tarzi, ratsional ovkatlanish, parxez stol № 10, mexnat va dam olish tartibiga rioya kilish, bemor sogligi stabillashganda sanator-kurort davo, fizioterapiya (tinchlantiruvchi muolajalar). Tinchlantiruvchi fitoterapiya.
|
16
|
Medikamentoz davo
|
Ogrikni tuxtatish: Nitroglitserin til ostiga, nitrosprey, samara bulmasa neyroleptanalgeziya (fentonil + droperidol)
Miokard ishimiyasini oldini olish: Nitratlar, kalsiy.antagonistlari
Antikoagulyantlar, antiagregantlar.
Gipolipidemik vositalar.
Miokarddagi metobolik jarayonni yaxshilaydigan vositalar.
Jarroxlik davo: AKSh, balonli koronar angioplastika.
|
17
|
Bemordan tushunganligini tekshirib kurdi
|
Zudlik bilan shifoxonaga yuborish, davodan sung UAIII kaytib kelish. Bemordan xammasi tushunarligini, davolash buyicha savollari bor yoki yukligini, nomedikamentoz va medikamentoz davo buyicha savollari borligini surash. Kayta kurik vaktini belgilash.
|
18
|
«D» dispanser nazorat guruxi anikladi
|
D3 – surunkali kasalliklari bor bemorlar davolashga muxtoj
a. – kompensatsiya (kasallik kam kuzgalishi, ishga layokatligi saklangan)
b. – subkompensatsiya (kasallik tez-tez kaytalanib turadi, ishga layokatligi pasaygan)
v. – dekompensatsiya (ishga layokatsiz)
|
19
|
Profilaktika turlarining amaliy boskichlari va nazariy bilimi.
|
1-chi prof-ka: Soglom turmush tarzi, ratsional ovkatlanish, mexnat va dam olish tartibiga rioya kilish, sogligi stabillashganda sung sanator-kurort davolanish. Autotrening.
2-chi prof-ka: kasallikni erta davrida erta aniklash (profosmotrlar, skrining). Nomedikamentoz va samarali isbotlangan dorilar bilan medikamentoz davolash.
3-chi prof-ka: uz vaktida bemorlarni nazorat kilish, utki rva surunkali kasalliklarini profilaktika kilish, laborator instrumental tekshiruvlar molnitoringi, bor asoratlarga sifatli reabilitatsiya ishlari olib borish.
|
20
|
Dispanserizatsiya utkazishning amaliy boskichlari va nazariy bilimi.
|
1-kasallikni nozologik shaklini asosladi va «D» nazorat guruxini anikladi (D3)
2- yil davomida katnovlar sonini anikladi (yiliga 4 marta)
3- zaruriyat buyicha mutaxassislar kurigini asosladi(yiliga 2 marta kardiolog kurigi, kursatmaga asoslanib kardioxirurg)
4-yil davomida laborator instrumental tekshiruvlar nomi va tekshiruvlar sonini anikladi (yiliga 4 marta EKG, yiliga 2 marta UKT, UST, BAK )
5-soglomlashtirish davolash chora tadbirlar rejalarini yil davomida utkazilish rejalarini tuzdi.
6-D-nazoratni kasallikka mos nozologiyani belgiladi va nazorat tamoyillarini keyingi uzgarishini anikladi.
|
|