Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/50
Sana07.09.2024
Hajmi1,73 Mb.
#270563
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
majmua 2

4.3.
 
Akslanishni kamaytiruvchi qatlamlar olish usullari. 
Bunday qatlamlar olish usullari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan asosan 
quyida keltirilgan uch xil usul asosiy bo‘lib hisoblanadi. Bunga sabab ularning 
imkonliligi va nisbatan qoniqarligidadir.
Vakuumda uchirish usuli bilan akslanishni kamaytiradigan qatlamlar olish. 
Bu usul bilan deyarli turli xil qatlamlar olish mumkin. Buni biz kremniy 
monooksidi olish misolida ko‘rib o‘tamiz. Umuman kremniy oksidlari (SiO va 
SiO
2
lar) mikroelektronikada qo‘llaniladigan asosiy materiallardan hisoblanadi va 
ularni olish 
Rasm 
texnologiyasi ko‘pchilikka ma’lum. Fotoelektrik tizimlarda ular 
optik parametrlarining to‘g‘ri kelishi nuqtai nazaridan ishlatiladi. Kremniyli QE 
lari ishlaydigan optik diapazon Er sharoiti uchun bu 0,4-1,1 mkm dir. SHuning 
uchun antirefleksion qatlam shu diapazonda tushayotgan nurni maksimal o‘tkazish 
xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Kremniy oksidi aralashmasi SiO

ning sindirish 
ko‘rsatkichi 1,6-1,8 ga tengdir. Optika qonunlariga asosan uning qoplamadagi 
qalinligi 950-1100 
o
A bo‘lishi kerak. Bu monooksidni vakuumda uchirish usuli 
bilan olish uchun uning maydalangan (0,5-1mm) fraksiyasi olinadi. Akslantirishni 
kamaytiruvchi qatlam qalinligini nazorat qilish uchun asosiy namunalar bilan 
birga «yo‘ldosh» namuna ham olinadi va nazorat ishlari «yo‘ldosh» namunada olib 
boriladi. «Yo‘ldosh» namuna sifatida shaffof materiallar, masalan shisha olinadi. 
Akslanishni kamaytiruvchi qatlam qalinligi interferensiya hodisasiga asoslanib
interferometri bor bo‘lgan mikroskoplar yordamida aniqlanadi. Bundan tashqari 
ma’lumotnomalardan olingan jadvallar yordamida olingan oksidning rangiga qarab 
qalinlikni ma’lum aniqlikda topish mumkin. 25-Rasmda har xil materialdan 
tayyorlangan akslanishni kamaytiruvchi optik


Rasm. 4.
Har xil birikmalar asosidagi qatlamlar olingan kremniydan tayyorlangan 
quyosh elementlari qaytarish koeffitsientining spektral o‘zgarishi. 1- qatlamsiz; 2 
– SiO ( d = 0,15 mkm); 3 – ZnS ( d = 0,15 mkm) + kremniy organik lak (ℓ = 50 
mkm); 4 - ZnS ( d = 0,15 mkm) + kremniy organikli kauchuk + shisha plastina (ℓ 
= 0,5 mm); 5 – ideal sovutilgan hol.qoplamalarning akslanish koeffitsientining 
tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligiga qarab o‘zgarishi keltirilgan. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish