|
Uch tarkibli term in-birikm alarBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasiUch tarkibli term in-birikm alar:
global kompyuter tarmog'i, internet
xizmati turlari, xalqaro soliq konvensiyasi, yalpi ichki mahsulot, aviatsi-
yani boshqarish markazi, erkin uchish hududi, taktik jangovar mashg ‘ulot,
chim ustida xokkey va sh.k.
To‘rt tarkibli termin-birikmalar;
axborot muhofazasini sug'urta qil
ish, qarzni bo ‘lib to ‘lash muddati, raketa eltuvchi dengiz aviatsiyasi, ju ft
konturli turboreaktiv dvigatel, fiskal xotirali nazorat mashinasi va sh.k.
Besh va undan ortiq tarkibli term in-birikm alar:
p ul birligi rasmiy
darajasiningpasayishi.qattiqyoqilg4 bilan ishlaydigan to 'g 'ri oqimli ha-
vo-reaktiv dvigatel,suvosti kemasiga qarshi boshqariladigan reaktiv qurol
, talabning oshib ketishi bilan bog'liq inflyatsiya, moliyaviy va iqtisodiy
hisob-kitoblarda qo ‘llanuvchi vaqt birligi va sh.k.
0 ‘zbek tili terminologiyasi tizimada semantik y o i bilan yasalgan ter
minlar ham ko‘zga tashlanadi . Terminlar sistemasida metaforaning o‘mi
va rolini o ‘rganish XX asming 60-yillaridan boshlangan edi. M. Pavlovan-
ing ta’kidlashicha, termin-metaforaning yuzaga kelishi har doim aniq in-
dividning ijodiy akti bilan boshlanadi. Metaforik ijod aktida albatta ikkita
shaxs, ya’ni metaforani yasovchi va ushbu metaforaning mazmun-ma’nos-
ini idrok etuvchi qatnashishi shart. Aks holda obraz, o‘xshatish, analogiya
tom m a’nodagi metafora b o ‘lmaydi. Zotan, uning asosiy, ya’ni m a’lumot
(informatsiya) uzatish va muloqot vositasi sifatida xizmat qilish vazifasi
yo'qolishi mumkin (Pavlova, 1998).
Semantik kalka (metaforalashish)da kelib chiqishi jihatidan chet tiliga
xos b o‘lgan yangi m a’noni o ‘zbek tili lug‘at tarkibida ishlatilib kelayotgan
so‘z o ‘zlashtiradi. Globallashuv, internet va kompyuterlashtirish zamoni-
da o ‘zbek tili tomonidan o ‘zlashtirilayotgan ruscha-baynalmilal terminlar,
xalq turmush tarzining turfa jabhalarini qamrab olgan holda, o ‘zbek adabiy
tili lug‘at tarkibidan mustahkam o ‘rin egallamoqda.
0 ‘zbek tili terminologiyasi, xususan, ilmiy-texnikaviy terminologiya
ham semantik kalkalash yordamida muttasil boyib bormoqda. M a’noviy
kalkalash jarayonida muayyan ruscha-baynalmilal ilmiy-texnikaviy ter
minning m a’nosini ifodalash o ‘zlashtiruvchi, ya’ni o ‘zbek tilidagi muta-
nosib, mos leksik birlikka yuklatiladi. Ruscha-baynalmilal ilmiy-texnika-
viy terminlami semantik kalkalash oqibatida yangi m a’no kasb etgan asl
o ‘zbekcha so‘zlar til terminologiyasi tizimining taraqqiyotida munosib
ulushga ega.
Quyida misol tariqasida keltirilgan terminlar bevosita semantik (meta-
forik) kalkaning mahsuli hisoblanadi: barmoq (tex.palets), oziqlash//
oziqlantirish (tex. pitaniye), quloq ( tex. uxo), ko'ylak (tex. rubashka),
yeng (tex. rukav), yostiq (tex. podushka), belbog' (tex. poyas), cho'ntak
(tex. karman), qalpoq (bot. shlyapka), qalpoqcha (tex.golovkaA tish (tex.
zub, zubets), tirsakli ( tex. kolenchatiy), jism (mat.;fiz.telo), tuxumhujayra
( biol. yaytsekletka) va sh.k.
Terminlaming meforalashishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
tashqi yoki shakliy o'xshashlik asosida: barmoq halqasi, yashil kompy-
uter, turnshuq (kema tumshug‘i), tuynuk, quti (harb. magazin qutisi), zam-
burug' (tib.), saraton (tib.) va sh.k.;
vazifalaming o ‘xshashligi asosida: elektron hamyon, elektron armiya,
manzil niqobi, qalpoq qurilmasi va sh.k.;
harakat tarzi o ‘xshashligi asosida: s u n ’iy tafakkur, sukut (internet),
boshi berk holat, та ’lumotlar bo ‘lagi va sh .k .;
rang-tusdagi o‘xshashlik asosida: yolg'on simvol, avvalgi iz, qaynoq
almashtirish, davriy halqa va sh.k.;
amaldagi terminni yangi tushunchani ifodalash maqsadida qo‘llash
asosida: tezkor xotira (main memory), ко ‘zgu (mirror), tarmoq choki (net
work wearing), elektron aravacha (shopping cart program) singari termin
lar intement terminologiyasida keng qoilanm oqda (Saidqodirova, 2018,
21 ).
|
| |