• Yevrosiyo iqlimi.
  • MAVZU: YEVROSIYO MATERIGI IQLIMI ICHKI SUVLARI




    Download 326,56 Kb.
    bet6/75
    Sana22.12.2023
    Hajmi326,56 Kb.
    #126532
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi t-fayllar.org
    2-topshiriq, Yo\'dosheva Sevinchoy, Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni, Laboratoriya ishi 1
    MAVZU: YEVROSIYO MATERIGI IQLIMI ICHKI SUVLARI
    REJA: 

    1.
    Materik iqlimiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.


    2.
    materik iqlim mintaqa va oblastlari.
    3.
    Materik ichki suvlariga ta'rif.

    Adabiyotlar: 
    1.
    T.V.Vlasova «materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti
    1981 y 41-78 betlar.
    2.
    T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god.
    3.
    A.Qozoqov, H.Ma'sudov «Materiklar va okeanlar tabiy geografiyasi kursidan
    amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992 y.

    Yevrosiyo iqlimi. 
    Yevrosiyo iqlimida materik maydonining juda kattaligi bilan bog'liq
    hususiyatlar yaqqol aks etgan materik asosiy qismining ekvator bilan shimoliy qutbiy
    doira oralig'ida joylashganlishg'gi sharqiy va markaziy qismlarining esa
    parchalanganligi okean xavzalarining ta'siri orografiyasining murakkabligi Yevrosiyo
    iqlimi sharoitning hilma-hil bo'lishiga olib kelgan. Materikda yillik yalpi radiasiya
    quyidagi miqdorda o'zgarib boradi. U Artika orollarida 60 kal ga Yevropaning
    janubi qismida 70-140 k kal ga Osiyoning janubi va janubi sharqida 120-180 kkal
    ga teng, Arabiston yarim orolida yer yuzasidagi eng katta miqdor 200-220 kkal ga
    teng. Yevrosiyoda yillik radiasiya balansi 10 kkal dan 80 kkal gacha o'zgaradi.
    Materikning katta qismdagi asosiy atmosfera jaryoni havo masallarining g'arbdan
    sharqqa tomon harakat qilishi va u bilan bog'liq bo'lgan siklonlar faoliyati bilan
    bog'liqdir. G'arbdan materikka yil bo'yi sharqiy chekkalariga yetib boradi. Atlantika
    havosi sharqqa tomon harakat qilarkan nomini yo'qotadi qishda sovub yozda isib
    kontinental havoga aylanadi Materikning g'arbiy qismi kuchli parchalanganligi va
    keskin transformasiyasi sust bo'ladi, iqlim sharoiti asta-sekin o'zgara boradi. Osiyoda
    Ural orti qismida yil bo'yi kontinental havo massalari ustun turadi.
    Materik o'rtacha kengliklari dengiz havosidan so'ng Arktika havosi kirib
    keladi va haroratning keskin pasayishiga hamda yog'inlarning kamayishiga sabab
    bo'ladi. Arktika havosi janubga yoyiladi biroq Yevropaning janubiy qismiga kamroq
    kirib keladi chunki uni kenglik yo'nalishidagi tog' tizmalari to'sib qoladi. Materikka



    9
    sharqiga tomon bu havo massasi ichkariroq kirib keladi va uzoq vaqt saqlanib


    qoladi. Osiyoning janubiy qismi qishda passat sirkuliyasiyasi ta'sirida bo'ladi
    Arabiston yarim oroli quruq shimoliy shamollar ta'sirida bo'ladi. Atlantika okeani
    havosi quruqlikka kup miqdoda yog'in keltiradi bu yog'in g'arbda yomg'ir yoki xo'l
    bir iqlim mintaqaga xos barcha iqlim oblastlari mavjud. Yevrosiyoning eng shimoliy
    orollari sharqda esa materikning shimoliy muz okeaniga tutash kabar qismi Artika
    iqlim mintaqasi doirasiga kiradi. Materik shimoldagi Shpisbergen orollari va
    shimoliy muz okeanining g'arbidagi mayda orollar uchun ham bu iqlim mintaqasi
    harakterlidir. Islandiya Skandinaviyani qutbiy doiradan shimoldagi qismini o'z
    ichiga oluvchi va sharqda birmuncha kengayuvchi subartika mintaqasi Yevrosiyoni
    kambar polosa hosil qilib kesib o'tadi. Bu mintaqada qishda sovuq Artika
    shamollarining ko'p esishi xarakterlidir subartika rayonlarida qishning nisbatan
    yumshoq yozning salqin kelishi va yong'inlar yilning barcha fasli yomg'ir yoki qor
    tarzida tushishi ahamiyatlidir. Yevrosiyoning eng keng va yaxlit qismi mu'tadil
    iqlim mintaqasida bo'lib u Biskay qo'ltig'ining janubiy qirg'og'idan boshlanib Kora
    va Kaspiy dengizlarining o'rta qismi orqali Koreya yarim orolining shimoliy qismi
    bilan Xonsyu orolining o'rta qismiga tomon o'tadi. Mintaqa havo massalari yil
    davomida g'arbdan-sharqqa tomon esadi va turli iqlim oblastlarini vujudga
    keltiradi. Dengiz tipidagi mo''tadil iqlim oblasti Islandiyaning janubi Skandinaviya
    yarim orolining g'arbiy chekkasi Britaniya orollari va materikning chekka g'arbi
    Yutlandiya yarim oroli Fransiyaning g'arbi va shimolini o'z ichiga oladi. Bu yerda
    yil bo'yi Atlantika havosi ustun turadi yozning o'rtacha harorati Q100 Q 180 bo'lsa
    eng sovuq oyning harorati Q10 Q60 ni tashkil etadi. YOg'in miqdori 1000 mm
    dan ortadi. Yevropa mo''tadil mintaqaning boshqa barcha qismi iqlimi to Ural
    tog'lariga qadar okean qismidan kontinental iqlimga o'tuvchi oraliq iqlim
    hisoblanadi. Bu hudud iqlimida Atlantika havo massalarining transformasiyasi va
    materik ustida qaror topuvchi kontinental havo massalari ta'sirining kuchaya borishi
    eng muhim rol o'ynaydi. Osiyoning sobiq ittifoq doirasidagi katta qismi
    Mongoliya va shimoliy g'arbiy Xitoy mintaqaning kontinental iqlimi oblastida
    joylashgan. Bu oblast g'arbdan keladigan quruq havo massalari ta'sirida bo'ladi. Bu
    iqlim oblasti iqlim Osiyo maksimum ta'sirida qishning sovuqligi va qish
    haroratining bir joydan ikkinchi joyga tomon keskin o'zgarib turishi bilan
    harakterlanadi. Katta Xingan tog' tizmasidan sharqdagi shimoliy sharqiy Xitoy
    Koreya yarim orolining shimoliy Xokaydo va Xonsyu orolining shimoli musson
    iqlim oblastiga xosdir. Bu oblastning hammas qismida harorat yomg'irlar va
    namlanishlarning yoz va qishda bir-biridan farq qilishi bilan harakterlanadi. Qishda
    quruq sovuq ob-havo ustun turadi Osiyo antisokloni tomonidan kuchli shamollar
    esadi.
    Subtropik iqlim mintaqasiham Yevrosiyoni Atlantika okeanidan to Tinch
    okeaniga kesib o'tadi bu mintaqa doirasidan g'arbdan sharqqa toomn harakat qiluvchi
    havo massalari yozda tropik sirkulyasiyasi bilan almashinadi. Iqlida baland Osiyo
    tog'lari sistemasi katta ahamiyatga ega bu tog'lar qishda g'arbdan keluvchi havo
    massalari ikki tarmoqqa shimoliy va janubiy tarmoqqa bo'lib yuboradi.
    Yevrosiyoning subtropik mintaqasida bir necha iqlim oblastlari mavjud Priney va
    Apenin yarim orollari Bolqon yarim oroli janubi va g'arbi kichik Osiyoning
    janubi va g'arbi o'rta dengizini sharqiy sohili o'rta dengizdagi orollar va



    10
    Messopatamiyaning shimoli va yozi quruq keladigan o'rta dengiz tipli oblastiga


    kiritiladi. Materik ichkarisida Eron tog'ligidan to Xuanxe daryosi havzasining o'rta
    qismigacha kontinental iqlim oblastiga ega. Bu oblast yozning issiqligi va qishning
    sovuqligi bilan harakterlanadi baland Osiyo uchun baland tog' kontinental iqlimi
    mosdir.
    Subtropik mintaqa sharqiy sektorning iqlimi ham mo''tadil iqlim
    mintaqasidagi kabi musson tiplidir. Bu oblastga Yanszi daryosi havzasi va
    Yaponiya orollarining janubiga kiradi. Bu oblastning qishda o'rtacha haroratning
    bir muncha yuqoriligi va yilning yalpi yog'inlar miqdorining kattaligi bilan
    farqlanadi. Tropik mintaqa materikda Arabiston yarim oroli mesapatamiyaning
    janubi va Eron tog'ligi hamda Xind daryosining shimoliy qismini o'z ichiga oladi.
    Bu rayonda yil bo'yi quruq kontinental tropik havo ustun turadi. YOg'in miqdori
    hamma joyda 100 mm dan kam bug'lanish esa 10 barobar yuqoridir. Subekvatorial
    mintaqa Filipin orollari Xindiston va Xindixitoy yarim orollari hamda ularga
    shimoldan tutashgan Xind Gang past tekisligi bilan janubiy sharqiy Xitoyni o'z
    ichiga oladi. Ximolay tog'lari bu mintaqaning aniq chegarasini hosil qiladi. Xind
    okeanidan esuvchi mussonlar Ximolay tog'larining qirralarigacha yetib keladi.
    Butun subekvatorial mintaqaning umumiy hususiyati yozda Hind okeani
    mussonlari olib keladigan nam ekvatorial havo ustun turadi. Malaka yarim orolining
    janubiy qismi Zont orollari va Moluk orollari ekvatorial mintaqasida joylashgan.
    Bu mintaqa ekvatorial bosim depressiyasiga to'g'ri keladi va bu yerda ham ikkala
    yarim shardagi passatlar o'zaro to'qnashadi. Yevrosiyoning ekvatorial mintaqasida
    iqlim hususiyatlari atmosferaning umumiy sirkulyasiyasigigagina bog'liq bo'lgan, bu
    mintaqaga orollar va ularni bir biridan ajratib turuvchi suv havzalari kirishiga ham
    bog'liq. Bu mintaqa uchun yil bo'yi ekvatorial havo massalarining ustun turishi
    haroratning bir miyorda va yuqorligi, namlikning ko'pligi hamda kuchsiz shamollari
    bilan harakatlanadi. Butun Yava va kichik Zont orollari janubiy yarim sharning
    subekvatorial mintaqasida joylashgan. Yevrosiyoning ichki suvlari, orollarni qo'shib
    hisoblaganda Yevrosiyo teritoriyasida hosil bo'ladigan yillik oqim 16 ming km2 ga
    yaqin, ya'ni butun yer sharida daryolar yillik yalpi oqimning yarimidan salgina ham
    halos. Oqim qalinligi bo'yicha olingan o'rtacha raqamdan yuqori, oqim qatlamining
    o'rtacha qalinligiga ko'ra faqat janubiy Amerikadan Yevrosiyodan oldinda turadi.
    Eng ko'p oqim (1,500 mm dan ortiq) subekvatorial va ekvatorial mintaqalar,
    ayniqsa Zont arxipalagi orollar so'ngra Xindixitoy bilan Xindistonning g'arbi va
    Ximolay tog'ining markaziy qismi uchun harakterlidir. Boshqa mintaqadagi bunday
    yuqori harakterlidir. Boshqa mintaqalardan yalpi oqimning bunday yuqori
    ko'rsatkichlari Yaponiya orollari Alp tog'lari va skandivaniya tog'ligining ayrim
    rayonlarigina hosdir. Huddi shu regionlardagina katta maydonlarda yillik oqim
    1500 mm dan kam biroq 600 mm dan ortiqdir. Yevropaning katta qismidan
    shimoliy va sharqiy Osiyoda yillik oqim 200 mm dan 600 mm yetadi. Pireney
    yarim oroli Dunay tekisliklari sharqiy Yevropa tekisligi o'rta qismining uncha katta
    bo'lmagan maydonlarning yillik oqimi 200 dan kam ya'ni butun quruqlikdagi
    o'rtacha miqdoridan bir oz kam. O'rta Osiyo va markaziy Osiyo quyi Xind havzasi
    Eron tog'ligi hamda Arabiston yarim orolining juda katta territoriyasida yillik
    oqimning qalinligi 50 mm dan kam buning ustiga ko'pgina rayonlarda oqimning
    qalinligi 15 mm dan ortmaydi. Yevrosiyoning daryolari Atlantika shimoliy muz



    11
    okeani Tinch va Xind okeanlari havzasiga kiradi. Materikning chekka qismlari


    ayniqsa g'arbiy sharqiy qismlarida suv tarmoqlari zich bo'lib ularga eng yirik
    daryo sistemalari kiradi.
    Materikning ichki va janubi g'arbiy rayonlarida yer usti suvlari deyarli yo'q
    binobarin ularning suvi okeanga oqib bormaydi. Yevrosiyo umumiy maydonining
    30 % dan ortig'ini ichki oqim territoriyalari tashkil etadi. (Orol Kaspiy berk havzasi
    ham shu jumlaga kiradi).
    Iqlim kontinentalning g'arbdan sharqqa tomon orta borishi daryolar rejimida ham
    aks etadi. Daryolarning hammasi qishda 2-3 haftadan to uch oygacha muzlab
    qoladi. Suv sarfi eng ko'payib daryolarning to'lib oqishi bahorga to'g'ri keladi
    chunki ular tog'lardagi qorning erishiga bog'liqdir. Yozning oxiriga borib kuchli
    bug'lanishi sababli daryolarning suv satxi ancha pasayadi biroq daryo suvlarini
    ko'llar tarkibiga solib turishi tufayli daryolar juda sayozlanib qolmaydi. Xindixitoy
    va Xindiston yarim orollari daryolari sernam fasl bilan quruq fasl o'rtasidagi keskin
    tofovut hamda yilning quruq faslidagi kuchli bug'lanish sabab ekvatorial mussonlar
    esadigan davrda to'lib toshib okean va ba'zan qurg'oqchil davrda deyarli qurib
    qoladi. Musson iqlimli ayniqsa Xindiston daryolari Saluin Irovadi va boshqalar
    baland tog'lardan boshlanadi va ularda garchi yozi maksimum aniq aks etsada har
    holga nisbatan bir miyordagi oqimga ega. Qutbiy orollar qoplami muzlanish tipi va
    qor chizig'ining pastda o'tishi bilan harakterlanadi. Shpisbergen orolida qor chizig'i
    o'rta hisobda dengiz sathidan 300 m balanddan o'tadi. Bu yerdagi muzlanish
    qalqonsimon muzliklardan iborat bo'lib ulardan dengizga katta muz tillari surilib
    tushib sinadi.Qor chizig'i 700 m dan 1000 m gacha balanddan o'tuvchi Islandiya
    orolida katta muzlanish markazi bor. Bundan yuqorida tog' massivlari firn
    maydonlari bilan qoplangan bo'lib ulardan ko'pdan ko'p daryolarga suv beruvchi
    muzliklar har tomnga tarqalgan.
    Qor chizig'i 700 m dan 1900 m gacha bo'lgan Skandinaviya tog'laridan
    kattagina muzlanish mavjud va zich daryo tarmoqlarini to'yintiradi. Alp tog'larida
    qor chizig'i 2500-3200 m gacha ko'tariladi ular Yevropadagi vodiy tipidagi eng katta
    tog' muzlanishi markazidir. Yevropadagi vodiy tipidagi eng katta tog' muzlanish
    markazidir. Yevropadagi yirik daryolar (Reyn, Rona, PO, Dunayning irmoqlari) shu
    vodiy muzliklardan boshlanadi qor chizig'i balandligi Qoraqurum va kunlunda
    5000-5500 m Ximolay tog'larida 4500-5000 m. Muzlar 400 m dan pastga
    tushmaydi. Qoraqurumga ba'zi muzliklarning maksimal uzunligi 26 km sharqiy
    Tyanshanda qor chizig'ining balandligi 3700 m va eng katta muzlikning uzunligi
    40 km hisoblanadi.


    Download 326,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 326,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: YEVROSIYO MATERIGI IQLIMI ICHKI SUVLARI

    Download 326,56 Kb.