Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi abdullayev o




Download 326,56 Kb.
bet7/75
Sana22.12.2023
Hajmi326,56 Kb.
#126532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi t-fayllar.org
2-topshiriq, Yo\'dosheva Sevinchoy, Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni, Laboratoriya ishi 1
Daryolar va ko'llar. Materikning turli to'yinish manbaiga ega bo'lgan rejimi
murakkab va xalq xo'jaligida eng katta ahamiyatga molik katta daryolari maxsus
ta'riflanishini taqazo etadi. Dunay xorijiy Yevropaning eng katta daryosidir. Uning
uzunligi 2850 km havzasining maydoni 817 ming km2 qo'shilishi qismidagi yillik
o'rtacha suv sarfi 6430 m3 sek. Dunay daryosi shvarsvald massividan 1000 m
balandlikdagi ikki irmoqdan boshlanadi. Dunay daryosi vena shaxriga qadar
balandligi 200 m dan ortiq bo'lgan sertepa qirlar hamda platolardan oqadi. Daryo
oqimining Vana shahrigacha bo'lgan qismi Dunayning yuqori oqimi deb ataladi.
Dunayning o'rta oqimi Vena shaxridan boshlanadi Dunay daryosi o'rta dunay past
tekisligini avval geografik kenglgi bo'ylab so'ngra esa meridional yo'nalishda kesib



12
o'tadi. Past tekislik qismida havo sovuq bo'lib turadi va qor yog'adi yoz ayniqsa


uning ikkinchi yarmi issiq keladi. Dunay har yili qisqa vaqt bo'lsada har holda
qish oylarida muzlaydi bahorda qorlar erigach suv sathi eng baland ko'tariladi
dunayning past tekislikdagi Bolta deb ataluvchi qayr juda kengdir. Daryoning
asosiy o'zanida ko'plab tarmoqlar va o'zanlar bor. Dunay Qora dengizga
qo'yilaverishda uning o'zani delta bir qancha o'zaklarga bo'linib ketadi. Bu
o'zaklar girlo deb ataladi faqat o'rta o'zak ya'ni sulin girlosidagina kema qatnay
oladi. Qolgan ikkitasida ko'plab sayozlik va qum markazlar borligidan kema
qatnay olmaydi. Dunay suvi yo'lida o'zanini o'zgartirish to'g'irlash tozalash va
farvaterni chuqurlashtirish yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda .

Reyn xorijiy Yevropaning eng yirik daryolardan biridir uning uzunligi bosh
irmog'ining qo'shilishidan boshlab hisoblanganda 1320 km maydoni Mars
daryosining havzasi bilan birga 251 800 km2 . O'rtacha yillik oqimi quyi
oqimlarda 2500 m3 sekga teng. Reyn Alp tog'larda 2000 m balandlikda ikkita tog'
daryosining qo'shilishidan boshlanadi. Reyniga yirik irmoqdar yuqori oqimida Ara
o'rta oqimida Nekkar Mayn, Lan, Zig, Rur, Mozel kelib quyiladi. Reyinda suv
satxi o'zgarib tursada umuman olganda barcha fasllarda sersuv bo'lib undan kema
qatnovida butun yil bo'yi foydalanish mumkin. Reyn xorijiy Yevropaning ichki
rayonlarni Atlantika okeani bilan bog'lovchi kema qaynaydigan muhim daryosidir.
Rona Yevropaning o'rta dengiziga quyiluvchi eng katta daryosidir uning
uzunligi 812 km havzasining maydoni 9800 km2 . Ronaning bosh irmoqlari Alp
tog'larida boshlanuvchi reyning bosh irmoqlari yaqinida joylashgan biroq u
keyinchalik qarama-qarshi tomonga oqib Jeneva ko'liga borib quyiladi. Rona Lion
haxri yaqinida tik janubga buriladi va unga eng yirik irmog'i Sona so'ngra esa Izer
Dyurans hamda markaziy massividan oqib turuvchi irmoqlari quyiladi. Rona
daryosi o'rta dengizga quyilishida delta hosil qiladi. Asosiy daryoning rejimiga
Sona juda katta ta'sir ko'rsatadi. U yil bo'yi ayniqsa qishqi mo'l-ko'l yog'inlar
davrida to'lib oqadi. Yozgi va qishki maksimumning bir-biriga qo'shilib ketishi
shuningdek markaziy massividagi yomg'irlar tufayli kuzgi suv ko'payishi
Ronaning o'rta va quyi oqimida yil bo'yi daryo sersuv bo'ladigan sharoit yaratadi.
Rona daryosi yuqori oqimda kanal orqali reyn daryosi bilan tutashtirilgan bo'lib bu
hol uning kema qatnovidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Yanszi Osiyo daryolari orasida eng kattasi va dunyodagi eng azim
daryolardan biridir. Uning uzunligi 5530 km havzasi maydoni 1726 ming km2
o'rtacha suv sarfi 22000 m2 sek Yanszi Tibet tog'ining markaziy qismida
muzliklardan boshlanuvchi ko'pdan ko'p daryolarning o'zaro quyilishidan hosil
bo'ladi. Daryo to'lib oqqanda ba'zi ko'llar juda qattalashib ketib eng past joylarni
suv bosadi. Yanszi daryosi sharqiy Xitoy dengiziga quyilishida taxminan 40 yilda 1
km ga o'suvchi delta hosil qiladi. Yansziva uning irmoqlari suvidan dalalarni
sug'orishda keng foydalanishadi. Ko'llar Yevrosiyoda ko'llar ko'p ular paydo
bo'lishi katta-kichikligi va suv rejimiga ko'ra xilma-xildir. Bir tipdagi ko'llar
geologik tuzilishi Relyefi va iqlimning ma'lum sharoiti bilan belgilanuvchi ko'lli
oblastlarga gruppalashtiriladi. Yevrosiyoning ko'plab tog' sistemalari uchun
muzlik tepalik va muzlik ko'llar harakterlidir bu jihatdan Alp tog'lari alohida
ajralib turadi. Alp tog'laridagi dunyoga mashhur ko'llarning o'rnida chuqurligi
neogen davrida tektonik vodiylar hosil bo'lgan so'ngra esa tog'lar yonbag'ridan



13
tushib kelgan katta-katta muzliklar bu chuqurlikni o'zgartirgan. Alp tog'laridagi


ko'llardan Jeneva Boden Syurix majore Komo Gardo eng mashhurdir. Yevropadagi
eng katta va eng yosh tektonik ko'l muzlanish davridan keyin sayozroq grabenda
hosil bo'lgan Balaton (Vengriya) ko'lidir. Yevrosiyoning ko'pgina yirik ko'llarida
kema qatnaydi Umuman olganda materikning daryo va ko'llari bir tekisda
tarqalmagan. Bundan tashqari ichki suvlar materikdagi mavjud davlatlarning
iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishda aloxida ahamiyatga egadir. Lekin bu daryo va
ko'llar yuqori darajada ifloslanib borilmoqda.
Savol:
1.
Materik iqlimini shakllanishda nimalar asosiy omillar hisoblanadi?
2.
Ichki suvlarga nimalar kiritiladi va ularga ta'rif bering?

Download 326,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Download 326,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi abdullayev o

Download 326,56 Kb.