kon bermaydi. Biroq, an tik davrda ilm iy bilim larning shun-
dan keyingi taraqqiyotiga k atta ta ’sir ko‘rsatgan fanlarni klas
sifikatsiyalash tizim ining ishlab chiqilishi (qadimgi zam onda
Platon, A ristotel va boshqa faylasuflar tuzgan sistem alar) o‘sha
vaqtlardagi kutubxona klassifikatsiyalari
ham antik davrdagi
fanning yuqori darajasini aks ettirgan, deb tax m in qilishga im
kon beradi. Bu taxm in haqiqatga ancha yaqin, chunki G retsiya
va R im kutubxonalari ilm iy tafakkur m arkazlaridan b o ‘lgan bu
kutubxonalarda yirik olim lar,
faylasuflar, shoirlar faoliyat yurit-
ganlar.
Ilk o ‘rta asrlar davrida cherkov hukm ronligi fan va m adaniyat-
ni inqirozga olib borgan bir vaqtda m onastirlar va soborlar huzu-
rida ishlab turgan kutubxonalardan kishilarning juda cheklangan
doirasigina bahram and bo‘lish
imkoniga ega edi, xolos. Bu k u
tubxonalar fondlarining asosini ilohiyotga oid kitoblar, «cherkov
otaxonlari»ning ijodlari tashkil etar edi. Bu kutubxonalarda qa
dimgi dunyo m utafakkirlarining saqlanib qolgan asarlari va o ‘sha
vaqtlardagi m aktablarda o ‘qitiladigan fanlarga doir dunyoviy
xarakterdagi kitoblar nihoyatda oz edi. K itoblar javonlarda yirik
bo‘lim lar bo‘yicha uncha detallashtirm asdan guruhlarga ajratilar,
kataloglar esa, kitoblarning tokchalardagi o‘rn i ko‘rsatilgan javon
ro‘yxatlaridangina iborat bo‘lar edi.
0 ‘sha davrdagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalariga o 'rta
asrlarda rasm bo‘lib, m aktab ta ’lim iga asos qilib olingan «yetti
erkin san’at» sistemasi bir qadar ta ’sir ko‘rsatgan edi.
Bu sistema
fanlarning ikki kompleksini: «trivium» (uch fandan iborat kom-
pleks) va «kvadrivium» (to‘rt fandan iborat kompleks)ni o ‘z ichiga
oladi. B irinchi kompleksga — gram m atika, dialektika va rito-
rika, ikkinchi kompleksga —
arifm etika, geometriya, musiqa va
astronom iya kirar edi. Bu fanlarning m azm unini o ‘sha davrdagi
o‘qim ishli kishi uchun zaru r deb hisoblanadigan oddiy amaliy
bilim lar tashkil qilardi.
M asalan, gram m atika, asosan katoliklar
cherkovining rasmiy tili bo‘lgan lotin tilini o ‘rgatish bilan tugar,
dialektika deganda ilohiyot mavzularida uzoq sxolastik bahs olib
borish m ahorati tushunilar edi.