• Kimyoning vazifalari
  • Sharq allomalari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz
  • Abdurahmon Xaziniyning
  • Kimyo fanining rivojlanish bosqichlari




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/43
    Sana26.11.2022
    Hajmi70.56 Mb.
    #31890
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53
    taqdimot, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish, 1 sharh ishi kiber
    Kimyo fanining rivojlanish bosqichlari 
    O‘rganiladigan tushunchalar
    • Kimyo fani tarixi 
    • Kimyo fanining vazifalari 
    • Sharq allomalarining ilmiy merosi
    Asosiy tushunchalar 
    Kimyo fani moddalar-
    ning tarkibi, tuzilishi, xos-
    salari va o‘zgarishlarini, 
    shuningdek, bu o‘zga-
    rishlarda sodir bo‘ladi-
    gan hodisa-jarayonlarni 
    o‘rganadi.
    Kimyoning vazifalari – 
    fоydаli хоssаlаrgа egа 
    bo‘lgan mоddа yoki mаtе-
    riаllаrni оlish, – kimyoviy
    mоddаlаr saqlagan vа 
    kimyoviy oʻzgarishlаr jа-
    rа yonidа аjrаlib chiqa-
    digаn enеrgiyadаn fоy-
    dаlаnishdir.
    Modda – aniq kimyoviy 
    tarkibga ega bo‘lgan 
    zarrachalar uyushmasi.
    Fors temir erituvchilari
    Misr shisha puflovchilari 
    @edurtm_uz


    Sharq allomalari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
    Sharq allomalari va Ma’mun akademiyasining kimyo fani rivojidagi 
    ilmiy ishlari hozirgi davrda ham muhim ahamiyatga ega. 
    Abu Yusuf ibn Is’hoq al-Kindiy (800–870) – mashhur arab fay-
    lasufi, matematigi, astronomi va tabibi, u Basrada tug‘ilib, Bag‘dod 
    shahrida vafot etgan. Al-Kindiy birinchi arab aristotelchilaridan bo‘lib, 
    Sharq aristotelizmi asoschisi hisoblanadi. Aristotel, Yevklid, Ptolomey 
    kabi qadimgi yunon faylasuflarining asarlariga 40 dan ortiq risola va 
    sharhlar yozgan. Alkimyoni tanqid qilgan olimlarning eng birinchisi 
    ham al-Kindiy hisoblanadi. Uning asarlari o‘rta asrlarda G‘arbiy Yev-
    ropada tarjima qilingan va shuhrat qozongan. “Har xil turdagi qilichlar 
    va nomdor temir pichoqlar haqida”, “Farmakopeya haqida”, “Tutatqi 
    va distillash kimyosi haqida” nomli asarlarida kimyoga oid ma’lumotlar 
    keltirilgan.
    Abdurahmon Xaziniyning 1121-yilda yozilgan “Donishmand-
    lik tarozilari haqida” nomli risolasida har xil tarozilarning (hat-
    to gidrostatik tarozilar ham tavsiflangan) konstruksion tuzilishi va 
    o‘lchash usullari batafsil yoritilgan, ikki elementdan tarkib topgan 
    har xil metall qotishmalarining tarkibini aniqlash usullari ko‘rsa-
    tib o‘tilgan. Bunda olim qotishmani suyuqlashtirish va ajratishdan 
    tashqari ularning solishtirma og‘irligini aniqlash orqali ham bu nati-
    jalarga erishish mumkinligini batafsil izohlaydi.
    IX asrning mashhur astronom-olimi, matematigi, mexanigi va 
    shifokori Sobit ibn Qurrah “Qarastun haqidagi kitob” risolasida qaras-
    tun – rimliklar tarozisi haqida ma’lumot bergan.
    Hirotlik 

    Download 70.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish