• Kimyo hayotimizda qanday o‘rin tutadi
  • Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865–925)




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/43
    Sana26.11.2022
    Hajmi70.56 Mb.
    #31890
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53
    taqdimot, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish, 1 sharh ishi kiber
    Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865–925) Yevropa-
    da Razes nomi bilan mashhur. Kimyo tarixida birinchi marta ar-Roziy 
    moddalarni uch qismga bo‘ladi: mineral moddalar, o‘simlik moddalari,
    hayvonot moddalari. Ar-Roziy tabobatga oid 56 ta, tabiiyotga oid 93 ta, 
    kimyoga oid 22 ta, falsafaga oid 17 ta, matematika va astronomiyaga 
    oid 10 ta, mantiqqa oid 7 ta, asarlarning sharhi va qisqartmasiga oid
    7 ta, ilohiyotga oid 14 ta, metafizikaga oid 6 ta, boshqa fanlarga oid
    10 ta – hammasi bo‘lib 182 ta asar yozib qoldirgan.
    9
    @edurtm_uz


    10
    Kimyo hayotimizda qanday o‘rin tutadi? 
    Agar atrofni diqqat bilan kuzatsa-
    ngiz, hamma joyda kimyoviy jarayon-
    lar va ularning natijasini ko‘rishingiz 
    mumkin.
    Kimyoviy jarayonlar faqat mushak 
    otilgandagina sodir bo‘lmaydi, siz his 
    qi ladigan baxt hissi ham tanangizdagi 
    kimyoviy jarayonlarga asoslanadi.
    O‘simliklar atrof-muhitdan suv, kar-
    bonat angidridni o‘zlashtiradi va ulardan 
    o‘sishi uchun foydalanadi.
    Kundalik hayotni kiyim-kechak, shax-
    siy parvarishlash vositalari, farmatsevti-
    ka, plastmassa, bo‘yoqlar, qurilish ma-
    teriallari, shisha, metall va yoqilg‘isiz 
    tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu mahsu-
    lotlar kimyo sanoati korxonalarida ishlab 
    chiqariladi.
    Dorilar foydali, lekin mas’uliyat bilan 
    o‘z o‘rnida foydalanilganda. Ular kasal-
    liklarni yengillashtirishga va epidemi-
    yalarni yengishga yordam beradi.
    Yashayotgan hududingizda qanday ishlab 
    chiqarish korxonalari bor? Bu korxonalarda 
    qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishini bila-
    sizmi?
    Zamonaviy mahsulotlardan qaysilarini 
    bila siz va ular qanday maqsadlarda ishlati-
    ladi?
    Zamonaviy mahsulotlar (masalan, yopishti-
    ruvchi moddalar) yangi texnik imkoniyatlarni 
    ochadi.
    O‘simliklar uchun kimyo qanday 
    ahamiyatga ega?
    @edurtm_uz


    11
    Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, 
    xossa lari va o‘zgarishlarini, shuningdek, bu 
    o‘zga rishlar jarayonlarini o‘rganadi.
    Modda – aniq kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan zarrachalar uyushmasi. Modda gaz, suyuq, 
    qattiq holda bo‘lishi mumkin. 
    Fizika darslarida moddalar molekula yoki atomlardan tuzilganini o‘rgangansiz. Atomlar 
    shu darajada kichikki, igna uchida bir necha milliard atom joylashishi mumkin. Shunga qa-
    ramasdan, 118 tagina atom turi farqlanadi.
    Kimyoning ikkita asosiy vazifasi bor: 
    – fоydаli хоssаlаrgа egа bo‘lgan mоddа 
    yoki mаtеriаllаrni оlish;
    – kimyoviy mоddаlаr saqlagan vа kimyoviy 
    o‘zgarishlаr jаrаyonidа аjrаlib chiqadigаn 
    enеrgiyadаn fоydаlаnishni.
    Kimyo fani ahamiyatli ekanini shundan ham 
    ko‘rinib turibdi. Bu fanning bir qator yo‘nalish-
    lari ham mavjud bo‘lib, ularning ham alohida 
    maqsad va vazifalari bor. 
    1. Kimyo bizning hayotimizda qanday o‘rin tutadi?
    2. Sizning hududingizda kimyogar olimlar yoki kimyo korxonalari bormi? Agar mavjud boʻlsa ular 
    haqida nimalar bilasiz?

    Download 70.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865–925)

    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish