• Abu Muso Jobir ibn Hayyon
  • Abu Ali ibn Sino
  • Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
  • Abu Mansur Muvaffaq al-Haraviy




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/43
    Sana26.11.2022
    Hajmi70.56 Mb.
    #31890
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53
    taqdimot, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish, 1 sharh ishi kiber
    Abu Mansur Muvaffaq al-Haraviy X asrda 
    yashagan nufuzli farmatsevt va kimyogar edi. Abu Man sur 
    Muvaffaq “Davolarning asl xossalari asoslari” nomli asarida
    585 ta dorini tasvirlab bergan. Yaqin hududlarda suv tanqis-
    ligi tufayli suvning xususiyatlarini o‘rgangan va dengiz suvi-
    ni ichish uchun distillash usullarini ta’riflab bergan. Xorazm, 
    Kaspiy va Orolboʻyiga sayohat qilgan. U, ayniqsa, farmakologiya va kimyoga oid boblari 
    bilan Abu Rayhon Beruniyning ustozlari va asarlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan va ularni il-
    homlantirgan. Uning qo‘lyozmalari alohida qimmatga ega va fors tilida saqlanib qolgan 
    eng qadimgi qo‘lyozma hisoblanadi. Qo‘lyozmalarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlar 
    yo‘q. U 1820-yilgacha Venadagi Imperator kutubxonasi(hozirgi Avstriya milliy kutubxonasi)
    da saqlangan.
    8
    @edurtm_uz


    Abu Muso Jobir ibn Hayyon (721–815) Tus shahrida yasha-
    gan, arab alkimyogari, matematika, tabobat, kimyo bilan ham 
    shug‘ullangan. Bu alloma Yevropada Geber nomi bilan mash-
    hur bo‘lib, Aristotelning to‘rt unsur – stixiyalar haqidagi ta’limotiga 
    asoslangan holda simob-oltingugurt barcha elementlar asosi de-
    gan “nazariya”ni yaratdi.
    Abu Ali ibn Sino (980–1037) dorilar tayyorlashda o‘simlik va 
    hayvonot dunyosi bilan bir qatorda juda ko‘p anorganik moddalar-
    dan ham foydalangan. Bunga misol qilib quyidagi metall, mineral 
    va kimyoviy birikmalarni ko‘rsatish mumkin: oltin, kumush, mis, 
    qalay, qo‘rg‘oshin, temir, po‘lat, isfidoj (qo‘rg‘oshin bo‘yog‘i), kibrit 
    (oltingugurt), zarnix (auripigment), buroq (bura va soda), magnit-
    siy (marganes ma’dani), to‘tiyo (galmey), za’faron, zanjar, zodi, 
    natrun, novshadil. 
    Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973–1048) 
    O‘rta Osiyoda birinchi globusni yaratdi. Ma’mun akademiyasida 
    1017-yilgacha o‘z faoliyatini davom ettirdi. Beruniyning muhim asar-
    laridan biri “Qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid ma’lumotlar ki-
    tobi” (“Kitobul-jamoxir fi ma’rifatul-javohir”), ya’ni G‘arbda mashhur 
    “Mineralogiya” asaridir. Bu kitob 1048-yili G‘aznada yozilgan bo‘lib, 
    olim bu kitobda birinchi marta qimmatbaho toshlarning so lishtirma 
    og‘irligini aniqlagan. Buning uchun etalon (ya’ni “qutb”) sifatida oltin 
    tanlab olingan. 

    Download 70.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish