Bug‟doyning namunaviy tarkibi.
Bug‟doyni turlarga bo‟lishda quyidagi belgilarga
asoslaniladi: rang (qizg‟ish don yoki oq don), botanik turi (qattiq yoki yumshoq) va biologik
shakllari (qishki yoki bahorikor). Barcha qayd etilgan belgilar ma‟lum darajada bug‟doy
donining texnologik va oziq-ovqat afzalliklari bilan bog‟langan. Ushbu belgilar asosida
bug‟doyning 5 turi aniqlangan O‟z yo‟lida turlar kenja turlarga bo‟linadi. Bug‟doyning kenja
turga bo‟linishi asosida rang tusi (to‟q qizil, qizil,
och qizil, sariq va qizil-sariq) va
endosperm tuzilishiga (oynasimon va unsimon) qarab kenja turlarga ham bo‟linadi (24-
jadval).
11-jadval
Namunada begona va don aralashmalari hamda emirilgan va ezilgan donlar olib
tashlangandan so‟ng bug‟doyning namunaviy tarkibini aniqlash uchun 20 g namuna
ajratiladi. Namuna tekshi-rish taxtachasiga joylanadi, qo‟lda tekshirish bilan undagi boshqa
har xil turlarga
mansub yumshoq va qattiq, qizg‟ish va oq donli bug‟doylar miqdori
aniqlanadi.
Yumshoq va qattiq bug‟doy donlarini ajratishda quyidagi bel-gilami inobatga olgan