• 3-chizma. Metodik ishlarning shakllari.
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet64/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    O’qituvchining metodik ishlari
    Metodik ishlarning shakllari xilma-xil ekanligi sababli, ular mazmuni va o`tkazilish muddatiga ko`ra aniq rejalashtirilishi kerak.
    O`tkaziladigan tadbirlarni rejalashtirish ayrim metodik ishlarning takrorlanishini istesno qiladi, ishning reja asosida olib borilishini, pedagoglar jamoasida ishning barobar taqsimlanishini ta'minlaydi.
    Metodik ishlarni o`tkazish uchun haftaning ma'lum bir kunini ajratish kerak.
    Aytaylik, agar bu maqsad uchun seshanba kuni ajratilsa, shu kuni jamoa ravishdagi metodik ishlarning bir firmasi o`tkaziladi: masalan, har oyning birinchi seshanba kuni pedagoglar kengash majlisiga, ikkinchi seshanba-metodik komissiyalar majlisiga, uchinchisi-metodik kengashlar uchun, to`rtinchisi-pedagogik xodimlarning malakasini oshirish uchun ajratiladi.
    Xuddi shu kunlari seminarlar, amaliyotlar, metodik materiallarni o`rganish ishlari va hokazolar o`tkaziladi. Ulubiy ishlar uchun ajratilagan kunda boshqa hech qanday tadbir o`tkazilmasligi lozim.

    Kasb-hunar kollejlarida metodik ishlarni ikki turga ajratish mumkin (3-chizma).








    3-chizma. Metodik ishlarning shakllari.
    Barcha pedagog xodimlar yoki muhandis-pedagoglari va o`qituvchilar bilan o`tkaziladigan jamoa va ayrim muhandis-pedagoglari va o`qituvchilar bilan o`tkaziladigan shaxsiy shakllar.





    Pedagogik kengash- Kasb-hunar kollej direktori pedagogik kengashning doimiy raisi hisoblanadi. U bo`lmagan vaqtlarda pedagog kengashning majlislarida direktorning o`quv ishlab-chiqarish bo`yicha o`rinbosari tashkil qiladi.
    Kengash 2-oyda 1-marta chaqiriladi.
    Pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish kengash raisiga yuklanadi. U bor ishni shaxsan o`zi bajaradi yoki kengash a'zolaridan biriga topshiradi.
    Kasb-hunar kollejning pedagogik kengashlari bo`lg`usi kichik mutaxassislarni tayyorlash va ularni tarbiyalash bilan bog`liq bo`lgan juda ko`p xilma-xil masalalarni ko`rib chiqadilar.
    Pedagogik kengash-bu kasb-hunar kollejlarida o`quv-tarbiyaviy va metodik ishlar bo`yicha jamoa bulimi xisoblanadi. Kasb-hunar kollej hayotida o`quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish; pedagogik faoliyatida fan yutuqlari va ilg`or pedagogik tajribani jariy qilish; o`quv va tarbiyaviy ishlar darajasiga muhandis-pedagog jamoaning mas'uliyatini oshirish; pedagogik jamoaning o’quvchilarini o`qitish va tarbiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan nuqtai nazar va talablarini bir yunalishga solish kabi qator masalalar borki, ularni jamoa bo`lib ko`rib chiqish, muhokama qilish talab etiladi.Bu esa pedagogik kengash tuzishni taqoza etadi.
    Pedagogik kengash tarkibiga barcha o`qituvchilar va muhandis-pedagoglar doimiy a'zo qilib kiritiladi. Bundan tashqari , unda qaysi korxona korxona, zavod va fabrikalar bilan shartnomalari bo`lsa, usha tashkilotning vakillari ham kiritiladi. Ularning hammasi kengash ishida faol ishtirok etadilar.
    Vaqti-vaqti bilan o`qituvchilarning o`qitishning yangi metod va shakllarini joriy qilish, o`quv jarayoniga o`qitishning texnik vositalarini joriy qilinganligi haqida, eng yaxshi o`qituvchi va muhandis-pedagoglar hisobatlarini eshitish, va muhokama qilish hamda boshqa ta'lim muassasalari ish tajribalarini o`rganish kabi va boshqa ishlar amalga oshiriladi.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.