|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 65/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgMetodik kengash- kasb-hunar kollejda 5 yoki undan ko`p muhandis-pedagog hamda bir yoki bir nechta o`xshash mutaxassisliklar bo`yicha Mutaxassislik fan o`qituvchilari bo`lsa metodik komissiyalar tuziladi.
Agar o`xshash fan o`qituvchilari kam bo`lib, kasb-hunar kollej fanlarga oid metodik komissiya tuzish imkoniyati bo`lsa, kasb-hunar kollej direktori bu o`qituvchilarni yaqin orada joylashgan (qo`shni) kasb-hunar kollejlardagi o`quv-metodik kabinetidagi tegishli metodik komissiyalarning ishida qatnashishiga jalb qilishi, shuningdek ular bilan individual metodik ishlarni o`tkazishi kerak.
Pedagog kengashning tavsiyasiga binoan shu buyruq bilan har bir komissiyaning raisi tayyorlanadi, raislar odatda Mutaxassislik oliy ma'lumotli, pedagogik ish tajribasiga ega bo`lgan ancha tajribali o`qituvchilar yoki ishlab chiqarish ta'limi muhandis-pedagoglardan tanlanadi.
Metodik kengash raisi ishning tashkil etilishiga va uning mazmuniga javob beradi. U kengashning ish rejasini tuzadi, reja asosida rahbarlik qiladi, metodik kengash majlislarini, tayyorlaydi va o`tkazadi uning qarorlarining bajarilishini ta'minlaydi, kengash a'zolariga metodik yordam ko`rsatadi, ochiq darslar, seminarlar va praktikalar tashkil etadi va o`tkazadi, ishlarni hisobga oladi va hisobot ishlarini yo`lga qo`yyadi.
Metodik kengashlarda ta'lim tarbiyaviy ishlar saviyasini oshirish uchun ahamiyatga ega bulgan pedagogik va metodik xarakterdagi ayrim muommalar,kollejda o`tkaziladigan ochiq darslar,tadbirlar, o`qituvchilar darslarida qatnashish,o`qituvchilarni attestatsiyadan o`tkazish,malaka oshirishga yuborish kabi jadvallarni kurib chiqish alohida e'tibor talab qiladi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyalar- ta'lim tarbiya jariyoni,metodik ishlarni tashkil etishda ko`pgina yangi masalalar paydo bo`ldiki ,ularni o`rganish,tizimlashtirish va umumlashtirish talab etiladi.
Ilmiy-amaliy konferentsiya pedagogika va metodika sohasidagi ilg`or tajribalarni ommalashtirish va bilim darajasini oshirishning ta'sirchan vositasi sifatida rpofessional texnika ta'limi tizimidagi har bir kasb-hunar kollejda an'anaga aylanishi kerak.
|
| |