• Shahsiy layoqat Ijtimoiy layoqat 2-chizma. Mutaxassislik fan o`qituvchisining layoqatlari.
  • Mutaxassislik fan o`qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat
  • Bilishi zarur
  • Malaka talablari
  • Rejalashtirish bo`yicha vazifalar
  • Amalga oshirish bo`yicha vazifalar
  • Baholash va tahlil qilish bo`yicha vazifalar
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet63/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    Mutaxassislik malakasi

    Pedagogik malakai

    1-chizma. Mutaxassislik fan o`qituvchisining malakasi.
    Mutaxassislik malakasi deb, Mutaxassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning Mutaxassislik soha bo`yicha ko`nikma va malakalari nazarda tutiladi. Ularning malakalarining ikkinchi qismi «Kasbiy pedagogika» bilim sohasiga tegishli bo`lib, pedagogik malakalarini o`z ichiga oladi. Chunki o`quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta'lim va tarbiya psixologiyasi bilan uzviy bog`langan.
    Bu esa ulardan psixologiya, mehnat pedagogikasi, kasbiy pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo`yicha ham malakalarga ega bo`lishini talab etadi. Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan bir qatorda Mutaxassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglarda shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo`lishi talab etiladi (2-chizma).



    Shahsiy layoqat

    Ijtimoiy layoqat

    2-chizma. Mutaxassislik fan o`qituvchisining layoqatlari.
    Shaxsiy layoqatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: o`zini tutishi, shaxsiy ijodkorlik, mas'uliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o`quvchilar bilan munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi. Bundan tashqari o`qituvchi va muhandis- pedagoglar rahbarlik qobiliyatlariga ham ega bo`lishlari lozim. Chunki Mutaxassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglar faqat o`quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.
    Oliy va o`rta Mutaxassislik ta'lim Vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda tasdiqlangan «O`rta Mutaxassislik, kasb-hunar ta'limi muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog xodimlariga qo`yiladigan malaka talablari to`g`risida»gi Nizomda o`qituvchining va kasbiy ta'lim o`qituvchisining lavozim majburiyatlari aniq bayon qilingan.

    Mutaxassislik fan o`qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
    • o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;


    • tanlangan kasb va ixtisosligi o`quv fanlari bo`yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;


    • ta'lim jarayonida o`qitishning samarali usulllari, vositalari va shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo`llash;


    • o`qitadigan fani bo`yicha darsdan tashqari ishlarni, tugarak mashg`ulotlarini tashkil qilish;


    • o`quvchilarni bilim sifati, o`zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;


    • o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;


    • o`quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;


    • o`quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish;


    • ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va qo`llash;


    • muntazam ravishda malakasini oshirish.




    Bilishi zarur:
    • O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to`g`risidagi qonunlarni;


    • o`qitadigan fanning o`quv reja, dastur va darsliklarining mazmunini;


    • davlatning ichki va tashqi siyosatini, ta'lim va yoshlar to`g`risida hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni;


    • mustaqil O`zbekiston ramzlarining mazmun va mohiyatini;


    • o`smirlarning yosh va Mutaxassislik psixologiyasini, pedagogikani, o`smirlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini;


    • pedagogik, ilmiy-metodik va tashkiliy boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun zarur bo`lgan hajmda umumnazariy fanlar asoslarini;


    • pedagogik sikl fanlarini;


    • yosh fiziologiyasi, o`quvchilar gigiyenasini;


    • informatika va elektron hisoblash texnikasi asoslarini;


    • o`quvchilarning turli xil jamoalarini shakllantirish va boshqarish yo`llarini;


    • o`quv kabinetlar va yordamchi xonalarni jihozlashga bo`lgan talablarni;


    • ta'lim vositalarini va ularning didaktik imkoniyatlarini;


    • ta'limni va pedagogik fan taraqqiyotining asosiy yo`nalishlarini va istiqbolini;


    • mehnatni ilmiy ravishda tashkil etish va huquq asoslarini.


    Mutaxassislik fanlar o`qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi


    bo`yicha ishlab chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish asoslarini bilishi kerak.


    Malaka talablari
    Oliy toifali o`qituvchi - fan doktori, nomzodi ish stajiga talab qo`yilmaydi, pedagog (muhandis-pedagog) ixtisosligi bo`yicha magistr; pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis va tegishli fandan 1-toifali o`qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo`lishi lozim;
    1-toifali o`qituvchi-pedagog (muhandis-pedagog) ixtisosligi bo`yicha magistr,pedagog(muhandis-pedagog) yo`na-lishi bo`yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis va tegishli fandan 2-toifali o`qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo`lishi lozim;
    2-toifali o`qituvchi-pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis o`qituvchi sifatida kamida 3 yil ish stajiga (ixtisosligi bo`yicha magistr ish stajiga talab qo`yilmaydi) ega bo`lishi lozim;
    o`qituvchi - pedagog (muhandis-pedagog) yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis, ish stajiga talab qo`yilmaydi.
    O`qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarilish ketma-ketligiga qarab
    3 bosqichga bo`lish mumkin:
    • Rejalashtirish bo`yicha vazifalar


    • Amalga oshirish bo`yicha vazifalar


    • Baholash va tahlil qilish bo`yicha vazifalar




    Rejalashtirish bo`yicha vazifalar
    • davlat ta'lim standartlari, o`quv reja va dasturlar asosida ta'limning maqsad va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish;


    • o`quv reja va dasturlar asosida dars rejasini ishlab chiqish;


    • ta'limni tashkillashtirish va o`tkazish bo`yicha hujjatlarni tayyorlash;


    • o`quvchilarning qobiliyatlarini va bilimlarini baholash bo`yicha hujjatlarni tayyorlash;


    • korxonaning turli bo`limlarida o`quvchilarni o`qitish joylarini rejalashtirish;


    • qo`yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni tayyorlash;


    • amaliy mashqlar hamda loyihalarni o`tkazish uchun xomashyo va chiqim materiallarni rejalashtirish;


    • ustaxonada o`qitish uchun kerakli sharoitlarni tayyorlash;


    • o`quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish.




    Amalga oshirish bo`yicha vazifalar
    • o`quvchilarni o`quv amaliyoti xonalari bilan tanishtirish;


    • o`quvchilarni amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishga jalb etish;


    • texnika xavfsizligi bo`yicha va amaliy topshiriqlar, mashqlarga taalluqli yo`l-yo`riqlar hamda ish o`rnida o`quv suxbatlar o`tkazish;


    • uskunalar bilan ishlash yoki ishlab chiqarish va ta'mirlash ishlariga taalluqli namoyishlarni o`tkazish;


    • an'anaviy 4 pog`ona usuliga yoki ta'limning boshqa usullariga asoslangan amaliy mashqlarni o`tkazish.




    Baholash va tahlil qilish bo`yicha vazifalar
    • o`quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, taxlil qilish va baholash;


    • o`quvchilarning o`zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;


    • o`quvchilarning xulqini baholash;


    • ta'limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash;


    • rejalashtirish va tashkillashtirish bo`yicha hujjatlarning sifatini baholash;


    • o`quv-didaktik materiallarning sifatini baholash;


    • o`zi bergan yo`l-yo`riq va namoyishlarni o`zi baholash;


    • berilgan topshiriqlarning sifatini o`zi baholash.






    Download 0,77 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.