• Konsultatsiyalar
  • Ochiq darslar
  • G’oyaviy – nazariy saviyani oshirish”
  • Muntazam ravishda pedagogik mahoratni yaxshilash”
  • Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети




    Download 0,77 Mb.
    bet66/146
    Sana21.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #142672
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org

    Ilg`or tajriba maktablari-ilg`or pedagogik tajribalarni va ishlab chiqarish tajribalarni joriy qilish hamda kasb-hunar kollejlari xodimlarining pedagogik maxoratini oshirishning eng muhim shaklidir.
    Ilg`or tajriba maktabining eng asosiy maqsadi-kasb-xunar kollejlari xodimlariga o`z faoliyatlarida ta'lim tarbiyaviy ishlarning hozirgi zamon talablariga mos bo`lgan darajada va natijalarga erishishga yordam berishdir..


    Seminarlar-jadval bo`yicha kamida oyda bir marta o`tkaziladi. Seminarga barcha muhandis-pedagog va o`qituvchilar qatnashishlari kerak. Seminarlar mazmuniga ko`ra xar xil bulishi mumkin:2-soatlik seminar,1-kunlik seminar ,3-kunlik seminar va hokazo.

    Konsul'tatsiyalar - shaxsiy va guruxli bulishi mumkin. Shaxsiy konsul'tatsiyalar muhandis-pedagog va o`qituvchilarning mustaqil ishlash soatlarida muntazam o`tkaziladi. Kasb-xunar kollej rahbarlari ,tajribali muhandis-pedagog va o`qituvchilar konsul'tant bo`lishlari mumkin.
    Guruxli konsul'tatsiyalar ma'lum bir mavzular bo`yicha vaqti vaqti bilan tashkil etiladi. Konsul'tatsiya o`tkazish uchun korxonalarning mutaxassislari, ishlab chiqarish ilg`orlari, ilmiy xodimlar, malakali metodistlar taklif qilinadi.


    Ochiq darslarni metodik kengash rejalashtiradi va tashkil etadi. Ochiq dars o`tkazadigan o`qituvchiga tashkiliy va metodik yordam ko`rsatish zarur.

    O chiq darsdan maqsad ish yuzasidan tajriba almashish, dars berishning ilg`or metodlarini yoyish, ta'lim berish metodika-siiidagi kamchiliklarni bataraf etib, uni tuzatishga yordam berish. Ochiq dars o’tishdan avval kengaytirilgan reja tuzib, unda darsdan ko`zda tutilgan o`quv tarbiyaviy ishlar maqsadi, uni amalga oshirish bosqichlari ko`rsatiladi. Bunday dars rejasi metodik kengash tomonidan tasdiqlanib, barcha o`qituvchilarga tarqatiladi.


    O`qituvchilar ishini rejalashtirishda metodik ishlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq buladi.
    Individual metodik ish butun o’quv yiliga tuzilgan reja boyicha olib boriladi. Unda o’qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi beruvchi ustozlarning o’z pedagogik mahoratlarini va o’z bilimlarini chuqurlatish maqsadida individual metodik topshiriqlar nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: fan boyich ma’ruza matnlarini takomillashtirib birish, pedagogik mavzular boyicha ma'ruzalar tayyorlash; o’quv dasturining eng qiyin mavzulari boyicha metodik ko’rsatmalar tuzish; o’quv-metodik qo’llanmalar ishlab chiqish; maqolalar tayyorlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. Bu topshiriqlar har bir pedagog uchun majburiy minimum hisoblanadi.
    Har bir o’qituvchining ish rejasi to’rtta bo’limdan tashkil topishi kerak:
    1. G’oyaviy-nazariy saviyani oshirish.
    2. O’z ish malakasini takomillashtirish.
    3. Muntazam ravishda pedagogik mahoratni oshirish.
    4. Dars berish metodikasini takomillashtirish.
    Bu reja metodik komissiya majlisida ko’rib chiqilib, tasdiqlanadi. Bu rejaning bajarilishi haqida o’qituvchilarning hisobotlari eshitib turiladi.
    Eng muhimi, har bir rejalashtiriladigan ish ma'ruzada, metodik ko’rsatmada, metodik tavsiyalarda, referatda, konspektda, fanlarga doir jadval va kartochka-topshiriqlarda, individual kompleks topshiriqlarda, seminar yoki konferentsiyaga tayyorlanadigan materialda o’z amaliy tatbig’ini topishi kerak. Rejaning har bir bo’limiga yuqorida ta'kidlanganlardan bitta-ikkitasini kiritib, aniq bajarilish muddatini ko’rsatib qoyish zarur. Shuni aytib o’tish kerakki, o’z bilimini mustaqil oshirish rejai boyicha yuqoridagi ishlarning hajmini oldindan belgilab qoyib bo’lmaydi. U bajariladigan ishning xarakteriga, ijodiy izlanishning maqsadiga, o’qituvchi qobiliyati va imkoniyatlariga, uning mehnat staji va mahoratiga bog’liq bo’ladi.
    G’oyaviy – nazariy saviyani oshirish” bo’limiga doir materiallar ishlab chiqilayotganda hozirgi zamon hayoti va turmushini nazarda tutish lozim.
    Ish malakasini takomillashtirish” bo’limining asosiy yo’nalishi fan va texnika yutuqlari doimo mukammallashib borishini nazarda tutadi.
    Muntazam ravishda pedagogik mahoratni yaxshilash” bo’limi boyicha tayyorlanadigan ma'ruzalar, ko’rsatmalar, tavsiyalarda o’quvchilar bilan bo’ladigan o’quv va tarbiya ishlari shaklini mukammallashtirib borish nazarda tutiladi.
    Dars berish metodikasini takomillashtirish” bo’limida pedagogik kollektiv shug’ullanayotgan metodik muammo bilan har bir o’qituvchi shug’ullanadigan muammo bir biri bilan bog’lanadi. Bu yerda yangi metodik ko’rsatmalar tayyorlash, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalasini yechish, ilg’or pedagogik tajribaga ijodiy baho berish, uni amalda joriy etish yo’llarini qidirib topish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
    O’qituvchiga metodik jihatdan yordam berish nuqtai nazardan nazariy va amaliy mashg’ulotlarga boshqa o’qituvchilarning kirishini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday darsga kirishlar natijasida hamkasblar dars o’tishdagi kamchiliklarni aniqlab, uni bartaraf etishda yordam beradilar, ilg’or tajribalarni esa boshqa o’qituvchilar orasida yoyilishiga ko’maklashadilar.


    Download 0,77 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




    Download 0,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети

    Download 0,77 Mb.