O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
Kasb ta’limi metodlariga nimalar kiradi?
Ishlab chiqarish jarayonida faollik metodini izohlang?
Nazariy ta’lim metodi – bu nima?
Ko‘rgazmali va amaliy metodlarni tushuntirib bering?
Nima uchun ishlab chiqarishda yozma yo‘riqnomadan foydalaniladi?
Bilim, ko‘nikma va malakaga ta’rif bering?
Mehnat faoliyatining harakatlarini ko‘rsatish metodiga nimalar kiradi?
Ta’lim jarayonida nazorat qilishning necha turi mavjud?
Testning afzallik tomonlari nimada?
Suhbat metodiga nimalar kiradi?
Tavsiya etilayotgsan adabiyotlar:
1. Boravskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: «Piter», 2004.
2. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.: Pedagogika, 2002.
3. Galaktinov V.V. Chernova M.V. Mejdunarodnaya praktika vzaimnogo priznaniya dokumentov ob obrazovaniya i professionalno‘x kvalifikatsiy. - M.: 2003.
4. Pedagogika. Pedagogicheskiye teorii sistemi, texnologii. Pod.redaksiyey. S.A.Smirnova v kachestve uchebnika.- M.: Akademia, 2004.
5. I.Y.Tursunov., U.N.Nishonaliyev. Pedagogika kursi. – T.: «Shiituvchi», 1997.
6. Tolipov O‘., Barakayev M., Sharipov SH. Kasbiy pedagogika. – T.:TDIU, 2001 yil.
7. www.inter-pedagogika.ru.
15-MAVZU. KASB-HUNAR TA`LIMINI TASHKIL QILISHDA O’QITUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
O’qituvchining lavozim vazifalari.
O’qituvchining metodik ishlari.
O’qituvchining lavozim vazifalari
Kasb-hunar ta'limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko`p jihatdan Mutaxassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglarning layoqatlariga bog`liqdir. Ishlab -chiqarish ta'limi jarayonida kasbiy- pedagogik ko`nikma va malakalar tizimi yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab iqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun kasb-hunar kollejlari Mutaxassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish jarayonining va o`z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etishi lozim.
Hozirda kasb-hunar ta'limi tizimiga har yili Mutaxassislik pedagogika ma'lumotiga va ta'lim-tarbiya ish tajribasiga ega bo`lmagan yangi muhandis-pedagoglar, ya'ni korxonalarning malakali ishchilari, oliy va o`rta Mutaxassislik kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilari kelib qo`shilmoqda. Kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik malakasiga hamda pedagogik malakaga ega bo`lishi lozim (1-chizma).
|