|
-MAVZU. KASBIY PEDAGOGIKADA QO’LLANILADIGAN ILMIY TADQIQOT METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI
|
bet | 60/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.org14-MAVZU. KASBIY PEDAGOGIKADA QO’LLANILADIGAN ILMIY TADQIQOT METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI
Reja:
Kasbiy pedagogikada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari
Kasb-hunar ta`limini tashkil qilish shakllari va vositalari.
Kasbiy pedagogikada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari
Kasb ta’limi metodlari deganda - o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikda bajaradigan faoliyat usullari tushuniladi va bu usullar ta’lim oluvchilarning texnik-texnologik bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga, mustaqil ravishda bilim olish va bu bilimlardan amalda foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
Pedagogik amaliyotda quyidagi metodlar – og‘zaki metod (og‘zaki bayon, tushuntirish, suhbat), kitob bilan ishlash (instruktiv materiallar), ko‘rgazmali metod (ko‘rgazmalar, kino, videofilm, kuzatuv), amaliy metod (mashqlar, laboratoriya, amaliy ishlar) lardan keng foydalaniladi.
Didaktik vazifalarga bog‘liq holda quyidagi metodlar qo‘llaniladi – bilimlarni hosil qilish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni qo‘llash, mustahkamlash, bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish.
Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatiga mos ravishda ikki metod ajratiladi va ular 2 guruhga birlashtiriladi: reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
O‘qitishning reproduktiv va muammoli-izlanish metodlari eng avvalo, o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi.
Reproduktiv metodlar birinchi navbatda, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi.
Hikoya qilish usuli reproduktiv tuzilganda o‘qituvchi qoidalarni, dalillarni, tushunchalarning ta’rifini tayyor holda beradi, u asosiy e’tiborini mustahkam o‘zlashtirib olinishi zarur bo‘lgan asosiy tomonlarga qaratadi.
Ma’ruza ham xuddi shunday tarzda tuziladi: o‘qituvchi muayyan ilmiy ma’lumotlarni bayon qiladi, doskaga tegishli yozuvlarni bitadi, tinglovchilar esa ularni qisqacha yozib oladilar.
Muammoli ta’lim deyilganda, o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. O‘quvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. Paydo bo‘layotgan muammoni hal qilish uchun, u o‘rganilayotgan qoidalarni to‘g‘ri tushunib olishga intiladi.
Ta’lim metodini 3 ta asosiy guruhga bo‘lishimiz mumkin:
O‘quv bilish va o‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodi.
O‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodi.
Ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyati samaradorligini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi.
Metodlarning har bir turi guruhlarga bo‘linadi va ularning alohida metodlari bor, bular esa ta’lim jarayonining quroli hisoblanadi.
O‘quv bilish va o‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodiga quyidagilar – suhbat, ko‘rgazmali va amaliy metod, o‘qituvchi boshchiligida induktiv yoki deduktiv, reproduktiv yoki produktiv yo‘nalishlardagi metodlar kiradi.
O‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodiga – o‘quv bilish va o‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish hamda o‘qish faoliyatiga qiziqtirish metodlari kiritilgan.
Har bir metod boshqa bir metod yordami bilan qo‘llaniladi. Masalan, reproduktiv va muammoli izlanish metodi suhbat, ko‘rgazmalar, amaliy faoliyat yordamida qo‘llaniladi. Shu navbatda suhbat, ko‘rgazmali va amaliy faoliyat metodlari ham reproduktiv yoki izlanish metodlari orqali qo‘llanilishi mumkin.
Hayotiy o‘quv jarayonida esa eng muhimi bu metodlarni turlarga bo‘lish emas, balki o‘qituvchining chuqur bilimga ega bo‘lishi, metodlardan unumli foydalana olishi, ta’lim oluvchilarga o‘quv ishlab chiqarish, o‘quv faoliyatida metodlarni to‘g‘ri qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
|
| |