Ta’lim oluvchilarni o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi.
Suhbat metodi. Og‘zaki bayon. Umumtexnika va kasbiy fanlarni o‘rganish jarayonida o‘quv materialini og‘zaki bayonini gapirib berish va tushuntirish orqali amalga oshiriladi, bunda mavzu to‘liq taqqoslanadi, isbotlanib, misollar bilan tushuntiriladi.
Bayon qilinayotgan material ta’lim oluvchilarning tushunishi uchun qiyin bo‘lgan, yangi ma’lumotlar xabar qilingan, mehnat usullarini bajarish yo‘llarini tushuntirib berish talab qilingan hollarda og‘zaki bayon qilish metodidan foydalaniladi.
Umumiy talablardan quyidagilarni ajratib olamiz:
ilmiy-texnik aniq mazmun;
mantiqiy tuzilishi va ketma-ketligi;
ta’lim oluvchilarga tushunarli va oson yetib boradigan;
har bir bosqichda fikrni aniq va ravshanligi;
ta’lim oluvchilarning e’tiborligini, faolligini oshirish.
Suhbat – bu kasb ta’limining shunday usulidirki, unda o‘qituvchi to‘g‘ri qo‘yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar hosil qilib esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.
Ta’lim oluvchilarni o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilishi va boshqarish savol-javob metodi orqali amalga oshiriladi. Bunday suhbat evristik suhbat deyiladi.
Umumiy o‘tkazilgan suhbatlar ta’lim oluvchilarni qiziqishini, diqqatini oshirishga, bilimlarni yaxshi egallashga olib keladi. Lekin suhbat metodi og‘zaki bayon metodidan ko‘ra murakkabroqdir, ya’ni o‘qituvchidan darsga puxta tayyorlanishni talab qiladi.
Umumtexnik va kasb fanlarini o‘rganishda evristik suhbatning quyidagi shartlarini ko‘rsatish mumkin:
o‘quv materialining mazmuni mantiqiy to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi shart;
yangi o‘quv materialini o‘rganishda ko‘proq texnik va texnologik hujjatlarni muhokama qilishga qaratish kerak;
suhbatni boshqa metodlar va o‘quv ishlari turlari bilan birga o‘tkazish kerak (tushuntirish, kitob bilan ishlash, kuzatuv).
Evristik suhbatda savollar keng qamrovli tuzilgan bo‘lishi lozim. Quyidagi savollarni ko‘rsatish mumkin:
Fanlarni qarama-qarshi qo‘yish, uning ko‘rinishini, jarayonini, dalillarini va boshqalarni;
Har xil holatga tushib qolganda ham bilimlaridan foydalana olishni aniqlash;
Sababini tashxisli tushuntirish;
Isbotlash «ha» yoki «qarshi» ga dalil keltirish;
Fanlararo bog‘liqlikni o‘rnatish.
Suhbat o‘tkazishda uning mantiqiy rejasiga qat’iy rioya qilish kerak, savol-javoblarning ketma-ketligi shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, unda mavzu murakkablashib, rivojlanib borishini ta’lim oluvchi sezishi lozim. O‘qituvchi suhbatni xulosa qilib tugatishi kerak.
Kitob bilan ishlash: tez o‘qitish, konspekt olish, reja tuzish, misollar muhokamasi, nazorat savollariga javob berish va hokazolar.
2. Ko‘rgazmali metod.
Insonning tashqi olamni sezishining eng muhim organi – ko‘zdir. Olimlarning fikricha, 80% informatsiya ko‘z orqali tushadi, 80% ish operatsiyalari ko‘z orqali qilinadi. Mana shulardan ko‘rishimiz mumkinki, ta’lim jarayonida ko‘rgazmali metod katta ahamiyatga ega.
Umumtexnik va kasb ta’limi fanlari bo‘yicha ko‘rgazmali metodlar, tabiiy (asbob, dastgoh, detall, jihoz, material namunalari) va tasviriy (plakatlar, model, maket, sxema, kino-videofilm, kino proyeksiya, kompyuter, multimedia). O‘qituvchi mavzuni tushuntirishda ko‘rgazma sifatida, yoki bir xil hollarda o‘rganilayotgan fan bo‘yicha aniq ko‘rgazma sifatida, yangi axborotlarni berishda ko‘rgazmali metodlar juda qulaydir.
3. Amaliy metod.
Mashq amaliy metodning asosi hisoblanadi. Mashq o‘tkazishning asosiy maqsadi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar texnika va kasbiy fanlar bo‘yicha egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishni o‘rgatishdir. Ta’lim oluvchilarning bilimlarni mustahkamlashda ham mashqlarning o‘rni kattadir. Hamma mashqlarni 3 ta asosiy tipga keltirish mumkin: reproduktiv, badiiy, izlanuvchanlik.
Reproduktiv mashq - bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarni o‘rganishadi. Reproduktiv mashqda chizmalar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar muhokama qilinadi va ta’lim oluvchilar ularni bajarishadi. Kasbiy fanlar bo‘yicha esa texnik hujjatlar, stanok pasportlarining texnologik kartalari o‘rganilishi mumkin.
Badiiy mashq - bu turdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar egallagan bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, ya’ni oldiga qo‘yilgan vazifalarning mustaqil original javoblarini topishadi. Badiiy mashq turlaridan biri produktiv masalalarni hal qilish: tanlash (asbob, ishlov berish turi, sozlovchi mexanizm), taqqoslash va baholash (ishni bajarish yo‘li, asboblarning qo‘llanilishi) aniqlashga bog‘liq bo‘lgan (texnik talab, aloqadorlik), turli xil texnik jarayonlarni tushuntirishdan iborat. Bu turdagi mashqlar orqali o‘rganilayotgan mashina, mexanizm, qurilmalarning sxemalari tuziladi.
Izlanish mashqi – bu ham egallangan bilimlarni mashqlarda badiiy qo‘llash bo‘lib, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
Ta’limda faollik metodi.
Hozirgi kunda ilmiy va amaliy pedagogikada ta’lim metodlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim oluvchilarning ichki va tashqi faolligini oshirish uchun turli xil o‘yinlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani – didaktik o‘yinlardir.
Kasb ta’limidagi didaktik o‘yinlar: «texnik diktant», kichik konkurslar, «kim epchil-u, kim chaqqon», «texnik kurashlar», «savollar», «texnik loto», «texnik domino» va hokazolar.
Ta’limning faollik metodiga seminar darslari ham kiradi. U uch bosqichdan iborat: seminar bo‘yicha o‘qituvchining ma’ruzasi, ta’lim oluvchilar seminar bo‘yicha mustaqil uy vazifalarini tayyorlab kelishi va seminarlarni o‘tkazishi, bunda ta’lim oluvchi tayyorlab kelgan matnlari va ko‘rgazmali qurollardan, asboblardan, jihozlardan foydalanib tushuntirib beradi.
Kasbiy ta’lim muassasalarida amaliy ishlarda interaktiv darslar ham keng qo‘llanilmoqda. Bu darslarda ikki yoki bir necha fanlarning mavzulari o‘rtasidagi aloqadorlik o‘rganiladi. M: matematika va informatika, fizika va ximiya, kasbiy texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi va boshqalar.
Ta’lim oluvchilarning o‘quv bilish faoliyati faolligi darsdan tashqari ishlarda texnik kashfiyotchiligini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Darsdan tashqari ishlar – kasbiy ta’lim ustasi tanlovlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ratsionalizatorlar va kashfiyotchilar bilan uchrashuv, ilm-fan, texnik olimlar bilan uchrashuvlar, namunali ishlar ko‘rgazmasi, texnik to‘garaklar orqali amalga oshiriladi.
|