|
Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumiBog'liq 1 Akmal SAIDOV 7-17TRANSLATION FORUM – 2022
ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
– 2022
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
9
w
www.oriens.uz
December
2022
V.Friderix va R.Uellek, Germaniyadan – K.Vays shunday olimlar sirasiga
kiradi.
Qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi jahon adabiyoti xari-
tasining rang-barang milliy manzaralarini ilmiy-ijodiy talqin etishdan ibo-
rat. Milliy adabiyotlarni o‘zaro qiyosiy o‘rganish asosidagina jahon
adabiyoti rivojining asosiy mezonlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniq-
lash mumkin. Shu nuqtai nazardan, qiyosiy adabiyotshunoslik bizga ham
o‘zbek adabiyotini, ham jahon adabiyotini o‘rganish uchun nihoyatda
zarur [2, 772].
“Jahon adabiyoti” degan ibora ilk bor ulug‘ nemis shoiri va mutafak-
kiri Iogann Volfgang Gyote tomonidan 1827 yili istifodaga kiritilgan.
Gyote qo‘llagan “
Weltliteratur
” tushunchasi keyinchalik “jahon ada-
biyoti”, “umum adabiyoti”, “umumjahon adabiyoti” kabi turli shakllarda
ishlatila boshlandi.
Ma’no jihatidan, “jahon adabiyoti” tushunchasi – sayyoramizning bar-
cha qit’alarida insoniyatning butun tarixi davomida yaratilgan milliy ada-
biyotlarga mansub jamiki badiiy matnlarni to‘laligicha o‘zida qamraydi.
Hayotiy qamroviga ko‘ra, “jahon adabiyoti” – adabiyot tarixida sezilarli iz
qoldirgan va adabiyotshunoslar e’tirofiga sazovor bo‘lgan adabiy-badiiy
yodgorliklarning jamlanmasidir.
Jahon adabiyoti ba’zi o‘rinlarda “umumjahon adabiyoti” deya atalishi
bejiz emas. Chunki har qanday yetuk adabiy asar o‘zi yaratilgan mamlakat
va mintaqa sarhadlarini oshib o‘tib, albatta, umumjahon adabiyoti
mulkiga, umumbashariy qadriyatlarga aylanadi. Buning natijasida G‘arb
va Sharq, Shimol va Janub mamlakatlarida adabiy jarayonning tom
ma’nodagi birligi va birdamligi yuzaga keladi.
Gyote “jahon adabiyoti” tushunchasi haqida so‘z yuritganda, xuddi
shu fikrni nazarda tutgan va bu umumjahoniy adabiyot endi shakllana
boshlaganini qayd etgan. XIX–XX asrlar oralig‘ida ushbu tendensiya ye-
takchi o‘ringa ko‘tarildi. Ma’naviy hayotning baynalmilallashuvi global
ahamiyatga ega omilga aylandi. XX asr boshida “jahon adabiyoti”
tushunchasining uchta asosiy talqini qaror topdi.
Birinchi talqin: ibtidoiy urug‘-qabilalarning sodda-jo‘n qo‘shiqlaridan
tortib, hozirgi davrning yuksak darajada rivojlangan xalqlari adabiy-badiiy
|
| |