|
Translation forum – 2022 форум переводоведов– 2022 tarjimashunoslar forumiBog'liq 1 Akmal SAIDOV 7-17TRANSLATION FORUM – 2022
ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022
TARJIMASHUNOSLAR FORUMI
– 2022
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
12
w
www.oriens.uz
December
2022
Bugungi kunda badiiy tarjima mustaqil fan sifatida o‘zining alohida
nazariya va amaliyotiga ega ekaniga qaramay, badiiy tarjima sohasiga
taalluqli muammolar ayni paytda qiyosiy adabiyotshunoslik uchun ham
keng tadqiqot maydoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Binobarin, adabiyotlararo va madaniyatlararo o‘zaro hamjihatlik
munosabatlarini o‘rnatish hamda mustahkamlash – badiiy tarjima va
qiyosiy adabiyotshunoslik sohalari oldidagi eng asosiy vazifadir. Ularning
o‘zaro yaqinligi ham aynan shu vazifaning amalga oshirilishi jarayonida
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shu ma’noda, yurtimizdagi ko‘pchilik jurnalist va tarjimonlar, olim va
adiblarning ustozi – atoqli olim hamda hassos publitsist G‘aybulla
Salomovning bu sohadagi ilmiy-amaliy faoliyati ulkan ahamiyatga egaligi
xususida so‘z yuritish ayni muddaodir. Kamina ilmiy-ijodiy tadqiqotlarni
keyinchalik G‘aybulloh as-Salom taxallusi bilan e’lon qilgan ushbu atoqli
olim bilan XX asrning 80-yillari oxirida, til muammolarini o‘rganish va
xalq bayramlari hamda marosimlarini tiklash yuzasidan tuzilgan komissiya
tarkibida birga faoliyat yuritgan davrimizda bevosita tanishish imkoniga
ega bo‘lganman.
G‘aybulla Salomov o‘sha vaqtlarda, yanada aniq qilib aytganda, 1982
yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1984 yilda professor ilmiy
unvoniga sazovor bo‘lgan. Domla 1993 yili yuksak davlat mukofoti –
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni bilan
taqdirlangan.
“Yaxshidan bog‘ qoladi”, deydi xalqimiz. Yaxshi olimdan-chi?
Albatta, avvalambor, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, aqlu zakovatini, ta’bir joiz
bo‘lsa, butun umrini sarflab yaratgan o‘ziga xos ilmiy maktabi qoladi.
Ustoz G‘aybulla Salomov o‘zidan ayni shunday maktab qoldirgan
mavlono zotlardandir[11].
O‘tgan davrda fidoyi shogirdlar professor G‘aybulla Salomov ilmiy
maktabiga xos asosiy prinsiplarni chuqur o‘rgandilar. Bular quyidagilardan
iborat:
|
| |